1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. E’lonlar

E’lonlar

Diqqat, e’lon!
"O‘zbek geologiya qidiruv" AJ fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida Ekspertni ishga taklif etadi Asosiy vazifalar: "O‘zbek geologiya qidiruv" AJ faoliyatini 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari hamda O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy islohotlar konsepsiyasini amalga oshirish doirasida axborot-tahliliy va ekspert-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash; Amalga oshirilayotgan islohotlar va qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning amalda ijro etilish mexanizmlarini joriy etishda amaliy ko‘mak ko‘rsatish; Jamiyat zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishini tizimli tahlil qilish, ularning samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan muammo va kamchiliklarni aniqlash hamda takliflar ishlab chiqish; Xalqaro tajriba va xorijiy qonunchilikni o‘rganish, ularni O‘zbekiston sharoitida joriy etish bo‘yicha ekspert xulosalari va takliflarini tayyorlash; Belgilangan tartibda xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganish maqsadida xizmat safarlarida Jamiyat delegatsiyasi tarkibida ishtirok etish; Jamiyat faoliyati doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida seminarlar, davra suhbatlari, konferensiyalar, simpoziumlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish hamda o‘tkazishda ishtirok etish. Nomzodga qo‘yiladigan talablar: Oliy ma’lumot (huquq, davlat boshqaruvi, iqtisodiyot, siyosatshunoslik yoki boshqa tegishli yo‘nalishlar); Normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash va tahliliy materiallar tayyorlash ko‘nikmasi; Davlat boshqaruvi, ma’muriy islohotlar va strategik rivojlanish yo‘nalishlarida bilim va tajribaga ega bo‘lish; Xalqaro tajribani o‘rganish va tahlil qilish ko‘nikmasi; Analitik fikrlash, mas’uliyatlilik va jamoada ishlash qobiliyati; O‘zbek tilini mukammal bilish, rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi. Ish sharoiti: Fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida ishga jalb etiladi; Mehnatga haq to‘lash shartnoma shartlariga muvofiq belgilanadi; Professional rivojlanish va yirik loyihalarda ishtirok etish imkoniyati.Bog'lanish uchun: +998 99 386 17 27

55

Diqqat, e’lon!
“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Yuridik bo‘limiga ekspert talab etiladi “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Yuridik bo‘limiga fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma asosida yurist lavozimiga nomzodlarni taklif etadi. Asosiy vazifalar: “Buyurtmachi” tomonidan tayyorlanadigan loyihalarning amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligini ekspert sifatida baholash. Amalga oshirilayotgan islohotlar hamda qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning amalda ijro etilish mexanizmlarini hayotga tatbiq etishda amaliy ko‘mak ko‘rsatish. “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishini tizimli tahlil qilish, ularning samarali amalga oshirilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan muammo va kamchiliklarni aniqlash hamda takliflar ishlab chiqish. Belgilangan tartibda xorijiy davlatlarning tegishli organlari faoliyati tajribasini o‘rganish maqsadida xizmat safarlarida Jamiyat delegatsiyasi tarkibida ishtirok etish. Xalqaro tajriba va xorijiy qonunchilikni tahlil qilish, ularni O‘zbekiston Respublikasi sharoitida joriy etish imkoniyatlari yuzasidan takliflar ishlab chiqish. “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ faoliyati sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida seminarlar, davra suhbatlari, konferensiyalar, simpoziumlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish hamda o‘tkazishda ishtirok etish. Ish shakli: Fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma asosida. Bog‘lanish uchun: +998 99 386 17 27

101

Diqqat, e’lon!
“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ burg‘ilash texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha ekspert-konsultant xizmatlarini ko‘rsatish uchun tanlov e’lon qiladiFuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma asosida geologiya-qidiruv quduqlarini burg‘ilash texnologiyalarini diagnostika qilish, xavflarni baholash, texnik tavsiyalar, reglamentlar va texnologik kartalarni ishlab chiqish hamda tanlangan obyektlarda tajriba-sinov tariqasida joriy etishni ekspert-konsultatsion kuzatib borish xizmatlari. Xizmatlarning asosiy yo‘nalishlari burg‘ilash xodimlarining malaka darajasini ekspert baholash; amaldagi dala ishlarini tashkil etish holatini tahlil qilish; amaldagi burg‘ilash texnologiyasini texnik ekspertizadan o‘tkazish; chuqur quduqlarni burg‘ilashda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar va xavflar matritsasini ishlab chiqish; aniqlangan xavflarni hisobga olgan holda quduq konstruksiyasi bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash; samarali burg‘ilash texnologiyasi, ish rejimlari va nazorat ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish; burg‘ilash unumdorligini oshirish bo‘yicha reglament tayyorlash hamda tajriba-sinov joriy etilishini kuzatib borish; burg‘ilash asbob-uskunalari va instrumentlari resursini oshirish bo‘yicha reglament ishlab chiqish; qiya va yo‘naltirilgan burg‘ilash, ko‘p stvolli burg‘ilash, sun’iy zaboy o‘rnatish, og‘diruvchi klinlarni o‘rnatish va yo‘naltirish, vintli zaboy dvigateli (VZD/PDM), Casing Advancer tizimi hamda kernni orientatsiyalash texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha texnologik kartalar va protokollar tayyorlash. Kutilayotgan natijalar diagnostika hisobotlari; xodimlar malakasi bo‘yicha baholash varaqalari va kompetensiyalar matritsasi; xavflar reyestri va texnik tavsiyalar; burg‘ilash reglamentlari va texnologik kartalari; tajriba-sinov joriy etish bo‘yicha protokollar; burg‘ilash samaradorligi bo‘yicha “reja/fakt” tahlili; yakuniy hisobot va keyingi bosqichlar bo‘yicha tavsiyalar. Nomzodlarga qo‘yiladigan minimal talablar geologiya-qidiruv, konchilik yoki burg‘ilash yo‘nalishida oliy ma’lumot yoxud ushbu sohada tenglashtirilgan amaliy tajriba; chuqur geologiya-qidiruv quduqlari, kolonkali, qiya va yo‘naltirilgan burg‘ilash bo‘yicha kamida 10 yillik amaliy tajriba; burg‘ilash asoratlari, quduq konstruksiyasi, burg‘ilash rejimlari, burg‘ilash suyuqliklari, burg‘ilash instrumentlari resursi va avariyalarning oldini olish bo‘yicha amaliy bilim; VZD/PDM, Casing Advancer, kernni orientatsiyalash, og‘diruvchi klinlar, sun’iy zaboy (paker-probka) texnologiyalari bilan ishlash tajribasi; reglamentlar, texnologik kartalar, texnik hisobotlar va joriy etish dasturlarini tayyorlash tajribasi; sanoat xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish va dala ishlarida xavfsizlik talablariga rioya qilish majburiyati; rus tilida texnik hujjatlar tayyorlash ko‘nikmasi. O‘zbek va/yoki ingliz tillarini bilish qo‘shimcha ustunlik hisoblanadi. Taqdim etiladigan hujjatlar rezyume (CV); malaka, ta’lim va tajribani tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari; ilgari amalga oshirilgan o‘xshash loyihalar ro‘yxati yoki portfolio; xizmatlarni bajarish bo‘yicha qisqa texnik taklif; xizmatlar qiymati va bajarish muddatlari bo‘yicha tijorat taklifi; pasport nusxasi yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjat; xorijiy nomzodlar uchun — O‘zbekiston Respublikasi hududida xizmat ko‘rsatish imkoniyatini baholash uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumotlar va hujjatlar.Bog‘lanish uchun telefon: +998 93 724 85 85

121

DIQQAT, TANLOV!
Analitik laboratoriyalar majmuasi quyidagi vakant lavozim uchun tanlov e’lon qiladi: Metrologiya bo‘yicha yetakchi muhandis (10-razryad) Asosiy vazifalar: O‘lchash asboblari (tarozi, termometr, manometr, laboratoriya uskunalari va boshqalar)ning to‘g‘ri ishlashini nazorat qilish; O‘lchash vositalarini qiyoslash (poverka) va kalibrlash ishlarini tashkil etish; O‘lchash natijalarining aniqligi va ishonchliligini ta’minlash; Metrologik hujjatlarni yuritish va hisobini olib borish; Korxonada metrologik nazorat va ta’minot ishlarini tashkil qilish; O‘lchash usullarini ishlab chiqish va takomillashtirish; Davlat standartlari hamda metrologiya sohasidagi me’yoriy hujjatlarga rioya etilishini ta’minlash; Yangi o‘lchash vositalarining metrologik xususiyatlarini baholash; O‘lchash vositalarining qiyoslash muddatlarini nazorat qilish va o‘z vaqtida qiyoslashdan o‘tkazilishini ta’minlash. Nomzodga qo‘yiladigan talablar: Soha bo‘yicha kamida 3 yillik ish tajribasi; O‘z vazifalarini vijdonan va mas’uliyat bilan bajarish; Mehnat intizomi va ichki tartib-qoidalarga rioya qilish; Xavfsizlik texnikasi hamda mehnat muhofazasi talablarini bajarish; Jamoa bilan samarali ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish; O‘z sohasiga oid bilim va malakaga ega bo‘lish; Ish joyidagi jihoz va mulklardan oqilona foydalanish; Rahbariyatning qonuniy topshiriqlarini o‘z vaqtida bajarish; Xushmuomala va odob-axloq qoidalariga rioya qilish; Kasbiy mahoratini muntazam oshirib borish. Shaxsiy sifatlar: Tizimli va tahliliy fikrlash; Mustaqil qaror qabul qilish; Mas’uliyat va natijaga yo‘naltirilganlik; Turli darajadagi rahbarlar bilan samarali ishlash; O‘zgarishlarga moslashuvchanlik. Ish tartibi: To‘liq ish kuni; Haftasiga 5 kun; Ish vaqti: 09:00–18:00. 📅 Hujjatlar 2026-yil 22-iyundan 26-iyungacha qabul qilinadi. 📞 Murojaat uchun telefon: +998 93 955-45-59  

124

Foydali havolalar