«O‘zbek geologiya qidiruv» aksiyadorlik jamiyati

Biz haqimizda
“Yoshlar bilan bir kun” aksiyasi doirasida “Ustoz-shogird” an’anasi
Hisor markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida “Yoshlar bilan bir kun” aksiyasi doirasida yosh xodimlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda tajribali mutaxassislarning ko‘p yillik ish tajribasini yosh avlodga yetkazish maqsadida “Ustoz-shogird” an’anaviy uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuv davomida tajribali mutaxassislar tomonidan yosh xodimlarga kasbiy faoliyat, mehnat intizomi, mas’uliyat va ish jarayonida orttirilgan amaliy tajriba yuzasidan qimmatli tavsiyalar berildi.Shuningdek, yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashish hamda “Ustoz-shogird” tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha fikr almashildi. Ustozning tajribasi — shogirdning kelajakdagi muvaffaqiyati!

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga, korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–1155-son Qonuni talablarini Qizilqum markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi faoliyatiga o‘z vaqtida va samarali joriy etish, korrupsiyaning oldini olish mexanizmlarini yanada takomillashtirish hamda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi samaradorligini oshirish maqsadida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida mazkur Qonunning mazmun-mohiyati va unda belgilangan yangi talablar xodimlarga batafsil tushuntirildi. Shuningdek, qonun hujjatlari talablariga qat’iy rioya etish, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali mexanizmlarini amaliyotga tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Tadbirda Jamiyatning Inson resurslarini boshqarish bo‘limi boshlig‘i F. Umarov hamda Yuridik bo‘limi boshlig‘i G‘.Cho‘ponov tomonidan xodimlarga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik talablari, xodimlarning huquq va majburiyatlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Tadbir yakunida xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish, qonuniylik va halollik tamoyillariga qat’iy amal qilishi, korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olishda mas’uliyatni yanada oshirish muhimligi ta’kidlandi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
Toshkent markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ–1155-son Qonuni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda Toshkent markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiya boshlig‘i Sh.E. Sirajov tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, ichki nazorat tizimini kuchaytirish hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shuningdek, xodimlarga halollik, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy rioya qilish, xizmat vazifalarini vijdonan bajarish hamda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish zarurligi ta’kidlandi. Yig‘ilish yakunida xodimlar bilan savol-javob va fikr almashildi.

Regional markaziy geologiya tasvirlash ekspeditsiyasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Tadbir davomida mas’ul hamda yuridik xodimlar ishtirokida korrupsiyaning oldini olish mexanizmlari, ichki nazorat tizimi va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari yuzasidan xodimlarga batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, xodimlarga korrupsiyaga qarshi kurashishda qonuniylik, halollik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy rioya qilish, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish hamda ularga murosasiz munosabatda bo‘lish muhimligi ta’kidlandi.

SAMARQAND MARKAZIY GEOLOGIYA QIDIRUV EKSPEDITSIYASIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
Samarqand Markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish hamda xodimlarning huquqiy bilim va xabardorligini oshirishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbir davomida korrupsiyaga qarshi kurashishning ahamiyati, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, qonuniylik va halollik tamoyillariga rioya etish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, xodimlarga korrupsion holatlarga duch kelganda befarq bo‘lmaslik, qonunbuzarliklarning oldini olishda faol ishtirok etish zarurligi tushuntirildi.

“RAHBAR VA YOSHLAR” — OCHIQ MULOQOT
Analitik laboratoriyalar majmuasida yosh xodimlar bilan ochiq muloqotga asoslangan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida yoshlarning mehnat faoliyati, jamoada tutgan o‘rni, kelgusidagi maqsad va intilishlari haqida fikr almashildi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr-mulohaza va takliflarini bildirdilar.Muloqot davomida yoshlarning takliflari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda samarali mehnat faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni yanada yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Samimiy va ochiq ruhda o‘tgan uchrashuv yoshlar va rahbariyat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, mavjud masalalarni o‘rganish hamda istiqboldagi vazifalarni belgilashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Soha faxriylari e’tirof etildi
Hisor markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida geologiya sohasi rivojiga uzoq yillar davomida munosib hissa qo‘shgan xodimlarni nafaqaga kuzatish marosimi o‘tkazildi. Tadbir davomida ularning fidokorona mehnati e’tirof etilib, ko‘p yillik samarali faoliyati uchun minnatdorlik bildirildi.

MARKAZIY LABORATORIYADA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH BO‘YICHA TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
2026-yil 12-avgust kuni “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Markaziy laboratoriyasida O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi O‘RQ–1155-son Qonuni mazmun-mohiyatini xodimlarga yetkazishga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.Tadbirda Markaziy laboratoriyaning 22 nafar xodimi ishtirok etdi. Ichki nazorat bo‘yicha mas’ul xodim G.A. Mirtalipova tomonidan qonunning asosiy mazmuni va talablari yuzasidan ma’ruza qilindi.📌 Tadbir davomida: — korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish;— korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning oldini olish;— javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash;— manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik;— korrupsiyaga qarshi ichki nazorat mexanizmlarini takomillashtirish masalalari tushuntirildi. Shuningdek, xodimlarga xizmat faoliyatida halollik, xolislik, shaffoflik va qonuniylik tamoyillariga qat’iy rioya qilish, korrupsiyaviy xavf-xatarlarga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish hamda aniqlangan holatlar haqida belgilangan tartibda xabar berish zarurligi ta’kidlandi.Tadbir yakunida Markaziy laboratoriyada korrupsiyaga qarshi profilaktik va targ‘ibot-tushuntirish ishlarini muntazam davom ettirish belgilandi.Korrupsiyaga qarshi kurash — barchamizning umumiy mas’uliyatimiz!

Yosh mutaxassislar bilan navbatdagi uchrashuv
Haftaning har payshanba kuni yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish an’anaga aylangan. Bugun ushbu tashabbus doirasida Toshkent markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasining Sharqiy-Qurama dala ekspeditsiyasi Laboratoriya kompleksida faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislar bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Uchrashuv davomida yosh mutaxassislarning ish faoliyati, ularni qiziqtirayotgan masalalar, mavjud muammo va takliflari tinglandi. Shuningdek, yoshlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirish hamda kelgusida malakali mutaxassis sifatida shakllanishi yuzasidan fikr almashildi.Samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish va korxona faoliyatida yosh mutaxassislarning faol ishtirokini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

“Yoshlar bilan bir kun” aksiyasi doirasida “Ustoz-shogird” an’anasi
Hisor markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida “Yoshlar bilan bir kun” aksiyasi doirasida yosh xodimlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda tajribali mutaxassislarning ko‘p yillik ish tajribasini yosh avlodga yetkazish maqsadida “Ustoz-shogird” an’anaviy uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuv davomida tajribali mutaxassislar tomonidan yosh xodimlarga kasbiy faoliyat, mehnat intizomi, mas’uliyat va ish jarayonida orttirilgan amaliy tajriba yuzasidan qimmatli tavsiyalar berildi.Shuningdek, yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashish hamda “Ustoz-shogird” tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha fikr almashildi. Ustozning tajribasi — shogirdning kelajakdagi muvaffaqiyati!

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga, korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–1155-son Qonuni talablarini Qizilqum markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi faoliyatiga o‘z vaqtida va samarali joriy etish, korrupsiyaning oldini olish mexanizmlarini yanada takomillashtirish hamda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi samaradorligini oshirish maqsadida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida mazkur Qonunning mazmun-mohiyati va unda belgilangan yangi talablar xodimlarga batafsil tushuntirildi. Shuningdek, qonun hujjatlari talablariga qat’iy rioya etish, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali mexanizmlarini amaliyotga tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Tadbirda Jamiyatning Inson resurslarini boshqarish bo‘limi boshlig‘i F. Umarov hamda Yuridik bo‘limi boshlig‘i G‘.Cho‘ponov tomonidan xodimlarga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik talablari, xodimlarning huquq va majburiyatlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Tadbir yakunida xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish, qonuniylik va halollik tamoyillariga qat’iy amal qilishi, korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olishda mas’uliyatni yanada oshirish muhimligi ta’kidlandi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
Toshkent markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ–1155-son Qonuni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda Toshkent markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiya boshlig‘i Sh.E. Sirajov tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, ichki nazorat tizimini kuchaytirish hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shuningdek, xodimlarga halollik, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy rioya qilish, xizmat vazifalarini vijdonan bajarish hamda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish zarurligi ta’kidlandi. Yig‘ilish yakunida xodimlar bilan savol-javob va fikr almashildi.

Regional markaziy geologiya tasvirlash ekspeditsiyasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Tadbir davomida mas’ul hamda yuridik xodimlar ishtirokida korrupsiyaning oldini olish mexanizmlari, ichki nazorat tizimi va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari yuzasidan xodimlarga batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, xodimlarga korrupsiyaga qarshi kurashishda qonuniylik, halollik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy rioya qilish, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish hamda ularga murosasiz munosabatda bo‘lish muhimligi ta’kidlandi.

Biz haqimizda

Batafsil

Geologiya sohasidagi ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga joriy etish, o‘qitishning zamonaviy uslublaridan keng foydalanish, geologiya sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, shuningdek, ta’lim jarayonining moddiy-texnika bazasini ilg‘or xorijiy texnologiyalar asosida mustahkamlaydi

0
Markaziy ekspeditsiyalar
0
Ishchilar
0
Laboratoriya
0
Burg'ilash uskunalari
0
Texnikalar

Ish faoliyatimiz

Birinchi ish

Birinchi ish

Istiqbolli maydonlarni o‘rganish va loyihalashtirish ishlari asosida dala ishlarini amalga oshirish

Ikkinchi ish

Ikkinchi ish

Yer usti geologik-geofizik o‘rganish ishlari, burg‘ilash, yer usti yer osti tog‘-kon o‘tish ishlarini amalga oshirish

Uchinchi ish

Uchinchi ish

Olingan dala materiallari asosida laboratoriya tahlilarini olib borish, laboratoriya tahlilar va dala kuzatuv materiallarini qayta ishlash jarayoni, barcha to‘plangan maʼlumotlar asosida maydonning geologik xususiyatlarini yoritib berish va shu asosida zaxira yoki bashorat resurslari haqida yakuniy geologik hisobot tuzish

Interaktiv xizmatlar

Foydali havolalar

Hamkorlarimiz