- Asosiy
- Matbuot markazi
- E’lonlar
Diqqat, e’lon!
"O‘zbek geologiya qidiruv" AJ fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida Ekspertni ishga taklif etadi
Asosiy vazifalar:
-
"O‘zbek geologiya qidiruv" AJ faoliyatini 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari hamda O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy islohotlar konsepsiyasini amalga oshirish doirasida axborot-tahliliy va ekspert-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash;
-
Amalga oshirilayotgan islohotlar va qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning amalda ijro etilish mexanizmlarini joriy etishda amaliy ko‘mak ko‘rsatish;
-
Jamiyat zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishini tizimli tahlil qilish, ularning samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan muammo va kamchiliklarni aniqlash hamda takliflar ishlab chiqish;
-
Xalqaro tajriba va xorijiy qonunchilikni o‘rganish, ularni O‘zbekiston sharoitida joriy etish bo‘yicha ekspert xulosalari va takliflarini tayyorlash;
-
Belgilangan tartibda xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganish maqsadida xizmat safarlarida Jamiyat delegatsiyasi tarkibida ishtirok etish;
-
Jamiyat faoliyati doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida seminarlar, davra suhbatlari, konferensiyalar, simpoziumlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish hamda o‘tkazishda ishtirok etish.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
-
Oliy ma’lumot (huquq, davlat boshqaruvi, iqtisodiyot, siyosatshunoslik yoki boshqa tegishli yo‘nalishlar);
-
Normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash va tahliliy materiallar tayyorlash ko‘nikmasi;
-
Davlat boshqaruvi, ma’muriy islohotlar va strategik rivojlanish yo‘nalishlarida bilim va tajribaga ega bo‘lish;
-
Xalqaro tajribani o‘rganish va tahlil qilish ko‘nikmasi;
-
Analitik fikrlash, mas’uliyatlilik va jamoada ishlash qobiliyati;
-
O‘zbek tilini mukammal bilish, rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi.
Ish sharoiti:
-
Fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida ishga jalb etiladi;
-
Mehnatga haq to‘lash shartnoma shartlariga muvofiq belgilanadi;
-
Professional rivojlanish va yirik loyihalarda ishtirok etish imkoniyati.
Bog'lanish uchun: +998 99 386 17 27
