- Asosiy
- Matbuot markazi
- E’lonlar
Diqqat, e’lon!
61
BO‘SH ISH O‘RNI
Yurist (fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida)
"O‘zbek geologiya qidiruv" AJ malakali Yuristni fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida hamkorlikka taklif etadi.
Asosiy vazifalar:
Buyruqlar, farmoyishlar, shartnomalar va boshqa yuridik hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish hamda vizalash.
Jamiyat qarorlari yuzasidan huquqiy xulosalar tayyorlash va yuridik hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish.
Shartnomalarni tayyorlash, ularning amaldagi qonunchilikka muvofiqligini tekshirish va huquqiy jihatdan rasmiylashtirish.
Xaridlar boshqarmasi faoliyatida yuzaga keladigan huquqiy masalalar bo‘yicha yechimlar ishlab chiqish.
Zarurat tug‘ilganda sudlarga da’vo arizalari tayyorlash, Jamiyat manfaatlarini sudlarda himoya qilish hamda sud majlislarida ishtirok etish.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
- Oliy yuridik ma’lumot;
- Yurisprudensiya sohasida amaliy ish tajribasi;
- Fuqarolik, mehnat, korporativ va xaridlar qonunchiligini yaxshi bilish;
- Shartnomalar bilan ishlash va huquqiy hujjatlar tayyorlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
- Mas’uliyatli, halol va analitik fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lish.
Taklif etiladi:
- Fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida hamkorlik;
- Professional jamoada faoliyat yuritish;
- Raqobatbardosh xizmat haqi (suhbat asosida kelishiladi).
Bog‘lanish:+998 99 306 98 40
