1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. E’lonlar

Diqqat, e’lon!

102

“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Yuridik bo‘limiga ekspert talab etiladi

“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Yuridik bo‘limiga fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma asosida yurist lavozimiga nomzodlarni taklif etadi.


Asosiy vazifalar:

  • “Buyurtmachi” tomonidan tayyorlanadigan loyihalarning amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligini ekspert sifatida baholash.

  • Amalga oshirilayotgan islohotlar hamda qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning amalda ijro etilish mexanizmlarini hayotga tatbiq etishda amaliy ko‘mak ko‘rsatish.

  • “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishini tizimli tahlil qilish, ularning samarali amalga oshirilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan muammo va kamchiliklarni aniqlash hamda takliflar ishlab chiqish.

  • Belgilangan tartibda xorijiy davlatlarning tegishli organlari faoliyati tajribasini o‘rganish maqsadida xizmat safarlarida Jamiyat delegatsiyasi tarkibida ishtirok etish.

  • Xalqaro tajriba va xorijiy qonunchilikni tahlil qilish, ularni O‘zbekiston Respublikasi sharoitida joriy etish imkoniyatlari yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

  • “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ faoliyati sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida seminarlar, davra suhbatlari, konferensiyalar, simpoziumlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish hamda o‘tkazishda ishtirok etish.


Ish shakli:

  • Fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma asosida.


Bog‘lanish uchun: +998 99 386 17 27

Bo‘lishish

Foydali havolalar