- Asosiy
- Matbuot markazi
- E’lonlar
Diqqat, e’lon!
MUTAXASSISLARNI HAMKORLIKKA TAKLIF QILAMIZ
“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ analitik majmuasida qimmatbaho va platina guruhi (Ag, Au, Pt, Pd) elementlarini aniqlash bo‘yicha yangi metodikalarni ishlab chiqish hamda ularni ISO/IEC 17025 talablari doirasida akkreditatsiyadan o‘tkazishga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Shu munosabat bilan tegishli malaka va tajribaga ega quyidagi mutaxassislar fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida hamkorlikka taklif etiladi:
1. Guruh rahbari / yetakchi analitik kimyogar – 1 nafar
-
metodikalarni rejalashtirish va ekspertizadan o‘tkazish;
-
texnik qarorlarni qabul qilish;
-
ishlarni muvofiqlashtirish va yakuniy natijalarni baholash.
2. Metodika ishlab chiqish bo‘yicha analitik kimyogar – 1 nafar
-
namuna tayyorlash, eritish va parchalash sxemalarini ishlab chiqish;
-
reagent, harorat va vaqt parametrlarini tanlash;
-
analitik diapazon va hisoblash formulalarini belgilash.
3. Statistika mutaxassisi – 2 nafar
-
regressiya va dispersiyaviy tahlil;
-
chet qiymatlarni aniqlash;
-
takrorlanuvchanlik, aniqlik va o‘lchash noaniqligini hisoblash;
-
tasdiqlash natijalarini statistik tahlil qilish.
Hamkorlik shakli: fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida.
Jami: 4 nafar mutaxassis.
Hujjatlar 5 kun ichida qabul qilinadi.
Murojaat uchun: +998 93 612 30 89
Tegishli sohada bilim, malaka va amaliy tajribaga ega mutaxassislarni hamkorlikka taklif qilamiz.
