1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Press-konferensiyalar

“Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da jamiyat tomonidan yoshlar yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar

365

2024 yil “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da O‘zbek geologiya qidiruv aksiyadorlik jamiyati tomonidan yoshlar yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar xususida maʼlumot

— “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ tomonidan 2024 yil “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da yoshlar qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy salohiyatini rivojlantirish, sportga jalb etish kabi yo‘nalishlarda bir qator ishlar amalga oshirildi. Bugungi kunda aksiyadorlik jamiyatida 4000 dan ortiq hodimlar faoliyat olib borayotgan bo‘lsa, shundan 1300 dan ziyod qismini yoshlar tashkil qiladi. Sohada yoshlarni bilim, malaka va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida o‘rta maxsus maʼlumotga ega bo‘lgan 77 nafar yoshlar jamiyat hisobidan oliy taʼlim muassalarida tahsil olishmoqda. Ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish, mehnatga haq to‘lash, mehnat muhofazasi, mehnatkashlar va ularning oila aʼzolarini sog‘lomlashtirish, ishchi-xizmatchilarning oylik maoshlarini o‘z vaqtida to‘lanishini nazorat qilish, madaniy-maʼrifiy va sport-sog‘lomlashtirish ishlari borasida 2024 yilda ham bir qator ishlar qilindi.

“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ tizimida mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar hamda ularning oila aʼzolari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, maʼnaviy va jismoniy kamolotiga yordam berish, yosh avlodning jismoniy baquvvat va maʼnaviy ruxda tarbiyalash, sport turlari bilan shug‘ullanishlarini keng yo‘lga qo‘yish, sportning ommaviyligini taʼminlash borasida bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirildi. Jumladan “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ barcha tizim osti korxona va tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” degan bosh g‘oya asosida “Sport-salomatlik garovi” shiori ostidagi “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ va birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi kubogi sport musoboqalari tashkil etilib, 400 ga yaqin yoshlar qamrab olindi. Xotin-qizlarni sport turlari bilan muntazam shug‘ullanishlarini taʼminlash maqsadida sport to‘garaklariga yo‘llanma olib berildi.

Shu bilan birga Kasaba uyushmasi tashkiloti tashabbusi bilan sohada faoliyat olib borayotgan yoshlarning bilimi, isteʼdodi va ijodiy qobiliyatini namoyon qilish, o‘zlarining ixtisosliklarini chuqur o‘rganish, shu orqali o‘z ustida ishlashni tashkil qilish, kasb mahoratini yuksaltirish, ilg‘or texnologiyalarni amaliyotda qo‘llash hamda sog‘lom raqobat muhitini yaratish va sohada xizmat ko‘rsatayotgan yosh mutaxassislarni har tomonlama moddiy va maʼnaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Yilning eng faol yosh mutaxassisi ko‘rik tanlovi tashkil etildi. Tanlov ikki yo‘nalishda “Yilning eng faol yosh muhandis texnik xodimi” va “Yilning eng faol yosh geologi” yo‘nalishlarida tashkil qilinib, jami 300 dan ziyod yoshlar qamrab olindi.

2024 yilda aksiyadorlik jamiyati tomonidan kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarni salomatligini tiklash, xonadonini taʼmirlash va boshqa maqsadlarda jami 2 mlrd (1 983 687 638) so‘m miqdorda moddiy yordam asosida qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rildi.

Bundan tashqari sohada faoliyat olib borayotgan yoshlarni yana-da qo‘llab-quvvatlash ularni qiynayotgan masalalarni bartaraf etish maqsadida aksiyadorlik jamiyati va tarkibiy bo‘linmalarida rahbar va yoshlar uchrashuvlari tashkil etildi. Ushbu uchrashuvlarda yoshlar o‘zini qiziqtirgan mavzulardagi savollarga rahbarlardan kerakli javoblarni olishdi. Bu kabi muloqotlar yil davomida uzluksiz tashkil etib kelinadi. Shuni alohida taʼkidlab o‘tish kerakki, jamiyat tomonidan faol va tirishqoq yoshlar doim rag‘batlantirilib yuqori lavozimlarga ko‘tarilib kelinmoqda. Zero, har bir xodim o‘zining eʼtibor markazida ekanligini his qilsa, faoliyat yuritayotgan korxonasiga, jamoasiga ko‘proq naf keltiradi, o‘z vazifasini chin dildan bajaradi.

Aksiyadorlik jamiyati tarkibiy bo‘linmalarida har oyda yoshlar bilan uchrashib, ularning muammolarini hal qilish va salohiyatini yuzaga chiqarish, ularni bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirish orqali bandligini taʼminlash, hayotda o‘z o‘rnini topishi, shuningdek, huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga har tomonlama ko‘maklashib kelmoqda.

Shuni taʼkidlash joizki, yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoya qilish ularning mehnatini alohida eʼtirof etish, moddiy va maʼnaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, madaniy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etish kabi masalalar tashkilotning birinchi galdagi vazifasidir.

 

“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ

Yoshlar yetakchisi - ACHILOV Akbar

Bo‘lishish

Foydali havolalar