1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Press-konferensiyalar

“O‘zbek geologiya qidiruv” AJda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ishlar

321

Aksiyadorlik jamiyatida 2024 yil davomida 20 dan ortiq Korrupsiyaga qarshi ichki me’yoriy hujjatlar va ISO xalqaro standart talablari bo‘yicha ish olib borildi.

Aksiyadorlik jamiyatning 2024 yil 29 yanvardagi 09-sonli buyrug‘i bilan “Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi amalga oshiriladigan chora-tadbirlar Dasturi” tasdiqlangan. Ushbu dasturga muvofiq 17 tadbir belgilab olinib 75 foizi belgilangan vaqtlarda 20 foizi ma’lum sabablarga ko‘ra muddatidan kechiktirib bajarildi.

Jamiyatning boshqaruv apparatida 30 dan ortiq boshqarma va bo‘limlarda hamda mustaqil bo‘lmagan 7 ta hududiy tarkibiy bo‘linmalar kesimida korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlari amalga oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorlik reytingi E-antikor.uz platformasi baholash joriy etilishi sabab 2024 yil

19 fevraldagi 17-son buyruq bilan “Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uslubiyoti” yangi tahrirda tasdiqlandi.

e-antikor.uz platformasi orqali aksiyadorlik jamiyatining funksiyalar doirasida ma’lumotlar to‘ldirildi. Natijada 30 ta funksiyalar xavf-xatarlar baholanish jarayonida 7 ta “Yuqori”, 9 ta “O‘rta” va 14 ta “Past” darajada qayd etildi. 2024 yil 17 may kuni mazkur xavf-xatarlarni bartaraf etish bo‘yicha 16 banddan iborat chora-tadbirlar Dasturi tasdiqlangan. 2024 yil dasturda belgilangan tadbirlar mezonlar doirasida bajarildi. Hamda bu mezonlar xavf-xatarlarning Yuqoridan-o‘rtaga, o‘rtadan-past darajaga tushishiga asos bo‘lishi mumkin.

Manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish borasida 3762 nafar xodim tomonidan deklaratsiyalar to‘ldirildi. Jumladan, Markaziy apparatda

142 nafar, “Qizilqum” MGQEda 878 nafar, Markaziy laboratoriyada

82 nafar, “Samarqand” MGQEda 852 nafar, “Toshkent” MGQEda

620 nafar, “Xisor” MGQE 474 nafar “Regional” MGTE 678 nafar xodimlar deklaratsiyalarni to‘ldirdi. To‘ldirilgan deklaratsiyalarda yuzasidan 42 ta ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi Axloq komissiyasi tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi emas deb topildi.

Kon-geologiya vazirligi tomonidan 2024-yil 12-sentabrda

36-3403-sonli xat asosida taqdim etilgan ma’lumotlar asosida Jamiyatning 16 nafar xodimda (shundan 3 nafari “Regionalgeologiya” DM xodimi)

17 ta tadbirkorlik subyektlarida rahbar yoki o‘z ulushiga ega ekanligi natijasida manfaatlar to‘qnashuvini keltirib chiqaruvchi vaziyat yuzaga kelgan. Ushbu holat yuzasidan 16 nafar xodimlarga yuqoridagi holatlarni bartaraf etish yuzasidan ogohlantirish xatlari berildi ham 13 ta holat bartaraf etildi.

2024 yil aksiyadorlik jamiyati tomonidan xaridlar sohasida jami

1932 ta shartnomalar rasmiylashtirildi. Shulardan:

- elektron do‘kon orqali – 1194;

- koorporatsion birja orqali – 406;

- auksion orqali – 207;

- spot orqali – 9;

- tanlov orqali – 39;

- to‘g‘ridan-to‘g‘ri – 14.

Barcha tuzilgan shartnomalarga korrupsiyaga qarshi bandlar kiritildi. Korrupsiyaga qarshi bandlarni kiritishni rad etish holatlari mavjud emas.

Aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2024-yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-sentabrdagi PQ-3953-sonli qarori talablari asosida shartnoma imzolangan. Yil davomida 31 ta kontragentlarni tekshirishdan o‘tkazilib korrupsiyaviy holatlar (manfaatlar to‘qnashuvi) aniqlanmadi. To‘g‘ridan to‘g‘ri yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalarga hamda eng yaxshi tanlov bo‘yicha shartnomalarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qo‘shimcha bandlari kiritilishi yo‘lga qo‘yildi.

Hisobot davrida 57 ta ish o‘rniga jami 161 nafar nomzod tanlovdan o‘tkazildi. Shundan 57 nafari ishga qabul qilinib, nomzodlar kompleks tekshiruvdan o‘tkazildi.

Aksiyadorlik jamiyatining boshqarma, bo‘lim hamda tarkibiy bo‘linmalarda o‘qitish rejasiga muvofiq 2024-yilning davomida

151 ta o‘quv seminar, huquqiy targ‘ibot, profilaktik tadbir va davra suhbatlari o‘tkazildi. Hamda tadbirlar doirasida 1753 nafar rahbar va xodimlar qamrab olindi.

Hisobot davrida xodimlarning korrupsiyaviy xatti-harakatlari, manfaatlar toʻqnashuvi, korrupsiyaga qarshi boshqa qonunbuzarliklar bilan bog‘liq masalalar to‘g‘risidagi aloqa kanallari orqali tarkibiy bo‘linmalar kesimida 2 ta bir turdagi, ya’ni Tarkibiy bo‘linmalar xodim va ishchilaridan qora va rangli metall parchalarini yig‘ishga yoki o‘rniga pul yig‘ish holati bo‘yicha anonim xabar kelib tushgan.

Xabarlar bo‘yicha Aksiyadorlik jamiyati va uning tarkibiy bo‘linmalaridagi korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish masalasini ko‘rib chiquvchi Ishchi guruh tomonidan o‘rganildi. O‘rganish mingdan ortiq ishchi-xodim a’zo bo‘lgan telegram kanalida anonim so‘rovnoma o‘tkazish orqali amalga oshirildi.

Xabarning anonimligi va tegishli dalil, hujjatlar mavjud bo‘lmaganligi sababli Ishchi guruh tomonidan tarkibiy bo‘linmalarning rahbariga qora va rangli metall parchalarini yig‘ib topshirish rejalarini topshirish bo‘yicha qat’iy topshiriqlar berildi, xodimlardan bu bo‘yicha majburlov va pul yig‘ishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tushuntirildi. Tarkibiy bo‘linmalar rahbarlariga ogohlantirishlar berildi.

Monitoring va nazorat tadbirlari doirasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi amalga oshiriladigan chora-tadbirlar Dasturi”ga muvofiq yanvar-fevral oylarida Aksiyadorlik jamiyatining barcha tarkibiy bo‘linmalarini korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash yuzasidan auditdan o‘tkazilib, ayrim buyruqlarni Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi bilan kelishmaslik, ishga qabul qilingan xodimlarni Aksiyadorlik jamiyati ichki me’yoriy hujjatlari bilan to‘liq tanishtirilmaganligi, bir qator boshqarma va bo‘limlarning yillik ish rejasi ishlab chiqilmaganligi aniqlandi.

Yuqoridagi holatlarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqilib nomuvofiqliklar bartaraf etildi.

Jumladan:

-ishga qabul qilish tartibida ko‘zda tutilmagan taklif xati bilan ishga qabul qilishni chek qo‘yish;

- xarid jarayonlarida shartnomalarni kelishish tartibiga rioya qilinishi;

-tasdiqlangan hujjat va ichki me’yoriy hujjatlarning tasdiqlanish sanalaridagi nomuvofiqliklarini bartaraf etish.

Shu bilan birga yuqori turuvchi organ va tashkilotlar tomonidan kiritilgan taqdimnoma va ichki xizmat tekshiruvlariga asosan xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan jami 10 nafar Aksiyadorlik jamiyati xodimlariga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanildi.

Bo‘lishish

Foydali havolalar