1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Press-konferensiyalar

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot

376

Assalomu alaykum!

“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi tomonidan 2024-yilda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot.

Aksiyadorlik jamiyatning 2024-yil 29-yanvardagi 09-sonli buyrug‘i bilan “Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi amalga oshiriladigan chora-tadbirlar Dasturi” tasdiqlangan. Ushbu dasturga muvofiq 17 tadbir belgilab olinib 75 foizi belgilangan vaqtlarda 20 foizi ma’lum sabablarga ko’ra muddatidan kechiktirib bajarildi.

         Jamiyatning boshqaruv apparatida 30 dan ortiq boshqarma va bo‘limlarda hamda mustaqil bo‘lmagan 7 ta hududiy tarkibiy bo‘linmalar kesimida korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlari amalga oshirildi.

         Jamiyatda 20 dan ortiq korrupsiyaga qarshi va tartibga soluvchi ichki me’yoriy hujjatlar bo‘lib, barcha xodim va rahbar ushbu hujjatlar doirasida ish yuritadilar.

         Tashkilotlarning korrupsiyaga qarshi samaradorlik reytingi E-antikor.uz platformasi orqali Korrupsiyaga qarshi menejment tizimida olib borilgan ishlar bo‘yicha baholash joriy etilishi sabab 2024 yil 19 fevraldagi 17-son buyruq bilan “Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uslubiyoti” yangi tahrirda tasdiqlandi.

            e-antikor.uz platformasi orqali aksiyadorlik jamiyatining funksiyalar doirasida ma’lumotlar to‘ldirildi. Natijada 30 ta funksiyalar xavf-xatarlar baholanish jarayonida 7 ta “Yuqori”, 9 ta “O‘rta” va 14 ta “Past” darajada qayd etildi. 2024 yil 17 may kuni mazkur xavf-xatarlarni bartaraf etish bo‘yicha 16 banddan iborat chora-tadbirlar Dasturi tasdiqlangan. Joriy yilning 25 dekabr kuniga dasturda belgilangan tadbirlar mezonlar doirasida bajarildi. Hamda bu mezonlar xavf-xatarlarning Yuqoridan-o‘rtaga, o‘rtadan-past darajaga tushishiga asos bo‘lishi mumkin.

Manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish borasida 3940 nafar xodim tomonidan deklaratsiyalar to‘ldirildi. Jumladan, Markaziy apparatda 142 nafar, “Qizilqum” MGQEda 878 nafar, Markaziy laboratoriyada 82 nafar, “Samarqand” MGQEda 852 nafar, “Toshkent” MGQEda 620 nafar, “Xisor” MGQE 474 nafar “Regional” MGTE 856 naqar xodimlar deklaratsiyalarni to‘ldirdi. Hozirgi kunga kelib to‘ldirilgan deklaratsiyalarda yuzasidan 42 ta ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi mavjud bo‘lishi mumkinligi aniqlangan.

         Kon-geologiya vazirligi tomonidan 2024-yil 12-sentyabrda 36-3403-sonli xat asosida taqdim etilgan ma’lumotlar asosida Jamiyatning 16 nafar xodimlari (shundan 3 nafari “Regionalgeologiya” DM xodimi) 17 ta tadbirkorlik sub’ektlarida rahbar yoki o‘z ulushiga ega ekanligi natijasida manfaatlar to‘qnashuvini keltirib chiqaruvchi vaziyat yuzaga kelgan. Ushbu holat yuzasidan 16 nafar xodimlarga bir oylik muddatda yuqoridagi holatlarni bartaraf etish yuzasidan ogohlantirish xatlari berildi ham 11 ta holat bartaraf etilib qolgan qismi bartaraf etish jarayonida.

Joriy yil aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2024-yil davomida xaridlar sohasida jami 1854 ta shartnomalar rasmiylashtirilgan. Shulardan:

- elektron do‘kon orqali – 1155;

- koorporatsion birja orqali – 382;

- auksion orqali – 255;

- spot orqali – 9;

- tanlov orqali – 39;

- to‘g‘ridan-to‘g‘ri – 14.

Barcha tuzilgan shartnomalarga korrupsiyaga qarshi bandlar kiritilgan. Korrupsiyaga qarshi bandlarni kiritishni rad etish holatlari mavjud emas.

Kontragentlarni tekshirish borasida aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2024-yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-sentabrdagi PQ-3953-sonli qarori talablari asosida shartnoma imzolangan 14 ta yonilg‘i mahsulotlari bo‘yicha jami 86 308 727 600 so‘mlik, 39 ta eng yaxshi tanlov orqali 62 953 632 596,12 so‘mlik tuzilgan shartnoma yuzasidan 31 ta kontragentlarni tekshirish o‘tkazilib korrupsiyaviy holatlar (manfaatlar to‘qnashuvi) aniqlanmadi. To‘g‘ridan to‘g‘ri yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalarga hamda eng yaxshi tanlov bo‘yicha shartnomalarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qo‘shimcha bandlari kiritilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Hisobot davrida 57 ta ish o‘rniga jami 161 nafar nomzod tanlovdan o‘tkazildi. Shundan 57 nafari ishga qabul qilinib, nomzodlar kompeks tekshiruvdan o‘tkazildi.

Shuningdek, aksiyadorlik jamiyatning 2024-yil 29-yanvardagi 09-sonli buyrug‘i bilan “Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi amalga oshiriladigan chora-tadbirlar Dasturi” ining 9-bandiga muvofiq Aksiyadorlik jamiyatining boshqarma, bo‘lim hamda tarkibiy bo‘linmalarda o‘qitish rejasi ishlab chiqilgan.

2024-yilning davomida 22 ta o‘quv seminarlari, 21 ta huquqiy targ‘ibot, profilaktik tadbirlar o‘tkazildi. Hamda tadbirlar doirasida 1120 rahbar va xodimlar qamrab olindi.

Hisobot davrida xodimlarning korrupsiyaviy xatti-harakatlari, manfaatlar toʻqnashuvi, korrupsiyaga qarshi boshqa qonunbuzarliklar bilan bog‘liq masalalar to‘g‘risidagi aloqa kanallari orqali tarkibiy bo‘linmalar kesimida 2 ta bir turdagi, ya’ni Tarkibiy bo‘linmalar xodim va ishchilaridan qora va rangli metall parchalarini yig‘ishga yoki o‘rniga pul yig‘ish holati bo‘yicha anonim xabar kelib tushgan.

Xabarlar bo‘yicha Aksiyadorlik jamiyati va uning tarkibiy bo‘linmalaridagi korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish masalasini ko‘rib chiquvchi Ishchi guruh tomonidan holatlar mingdan ortiq ishchi-xodim a’zo bo‘lgan telegram kanalida anonim so‘rovnoma o‘tkazildi.

Xabarning anonimligi va tegishli dalil, hujjatlar mavjud bo‘lmaganligi sababli Ishchi guruh tomonidan tarkibiy bo‘linmalarning rahbariga qora va rangli metall parchalarini yig‘ib topshirish rejalarini topshirish bo‘yicha qat’iy topshiriqlar berildi, xodimlardan bu bo‘yicha majburlov va pul yig‘ishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tushuntirildi. Tarkibiy bo‘linmalar rahbarlariga ogohlantirishlar berilib Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi tomonidan yillik dastur doirasida tarkibiy bo‘linmalarga uyushtirilgan xizmat safarlari davomida ishchi-xodimlar ishtirokida takroriy anonim so‘rovnomalar olish orqali monitoringni olib borish, monitoring natijalariga ko‘ra tarkibiy bo‘linmalar rahbarlariga jiddiy choralar ko‘rilishi belgilab olindi.

Monitoring va nazorat tadbirlari doirasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi amalga oshiriladigan chora-tadbirlar Dasturi”ga muvofiq yanvar-fevral oylarida Aksiyadorlik jamiyatining barcha tarkibiy bo‘linmalarini korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash yuzasidan auditdan o‘tkazilib, ayrim buyruqlarni Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi bilan kelishmaslik, ishga qabul qilingan xodimlarni Aksiyadorlik jamiyati ichki me’yoriy hujjatlari bilan to‘liq tanishtirilmaganligi, Xaridlarni muvofiqlashtirish va tahlil qilish boshqarmasi, Monitoring bo‘limi, Moddiy texnik-ta’minot bo‘limi, Xaridlar boshqarmasi, Marketing bo‘limi, Xaridlar bo‘limi va Innovatsion texnologiyalarni joriy etish va mineral xom ashyo bazasini rivojlantirish bo‘limlarning yillik ish rejasi ishlab chiqilmaganligi aniqlandi.

Yuqoridagi holatlarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqilib birinchi chorak yakuniga qadar yakunlash belgilab yillik ish rejalari ishlab chiqildi.

Ushbu dasturga muvofiq rag‘batlantirish va mukofotlar monitoringi o‘tkazilib, asossiz rag‘batlantirish va mukofot pullari to‘lanmagan.

Har chorak yakunida Yoqilg‘i moylash maxsulotlari, to‘lovlar, rahbatlantirishlar, ishga qabul jarayonlari, Xaridlar sohalari monitoring tadbirlari o‘tkazilib, aniqlangan nomuvofiqliklar bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Jumladan:

-ishga qabul qilish jarayonlarida tartibda ko‘zda tutilmagan taklif xati bilan ishga qabul qilishga chek qo‘yish;

- xarid jarayonlarida shartnomalarni kelishish tartibiga rioya qilinishi;

-tasdiqlangan hujjat va ichki me’yoriy hujjatlarning tasdiqlanish sanalaridagi nomuvofiqliklarini bartaraf etish.

Shu bilan birga aniqlangan qoidabuzarliklar bo’yicha  O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining 12.12.2023-yildagi 17/53-sonli qarori bilan aniqlangan kamchiliklar yuzasidan Aksiyadorlik jamiyatining 18.01.2024-yil 3-sonli buyrug‘i bilan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 3 nafar Aksiyadorlik jamiyati xodimlariga nisbatan o‘rtacha oylik ish haqining o‘ttiz foizi intizomiy jazosi qo‘llanildi.

- Aksiyadorlik jamiyati yuristi G‘.Chuponovning da’vo ariza kiritish uchun asos bo‘lgan ma’lumotlar noto‘g‘ri berilganligi sababli 18,8 mln. so‘m ortiqcha to‘lovlar amalga oshirilganligi yuzasidan bildirgisi hamda Aksiyadorlik jamiyatining 06.02.2024-yildagi 14-sonli buyrug‘i asosida xizmat tekshiruvi o‘tkazilib 1 nafar xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan xodimga nisbatan hayfsan intizomiy jazosi qo‘llanilgan.

- Aksiyadorlik jamiyatining Xisor MGQE haydovchisi F. Norovning
Kon-geologiya vazirligi “ishonch telefoni” orqali yo‘llagan murojaati yuzasidan 15.03.2024-yildagi 31-sonli buyrug‘i asosida xizmat tekshiruvi o‘tkazilib 6 nafar xato va kamchiliklarga yo‘l xodimga nisbatan o‘rtacha oylik ish haqining o‘ttiz foizi miqdorida hamda hayfsan intizomiy jazolari qo‘llanilgan.

Bo‘lishish

Foydali havolalar