- Asosiy
- Matbuot markazi
- Press-konferensiyalar
Hisobot davrida zamonaviy burg‘ilash uskunalari orqali burg‘ilash ishlari bajarilishiga erishildi
Hisobot davrida zamonaviy burg‘ilash uskunalari orqali 1200 - 1800 metr chuqurlikgacha burg‘ilash ishlari bajarilishiga erishildi
Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Axborot xizmati rahbari Mirshod Qo‘ldoshev maʼlum qildi.
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ o‘tgan davrda yer qaʼrini geologik o‘rganish xususan rangli qimmatbaho metallar va boshqa foydali qazilma maydonlarida geologik-qidiruv ishlarini tashkil etish, rangli va qimmatbaho metallarning istiqbolli maydonlarini topish uchun ilmiy-tematik ishlar, bashoratli resurslar va mavjud maydonlarning mayda, o‘rta va yirik masshtabli geologik xaritalarini yaratish asosida respublika mineral-xom ashyo bazasini kengaytirish borasida qator ishlarni amalga oshirdi.
Xususan, 2024 yilda aksiyadorlik jamiyati geologiya-qidiruv ishlarini olib borish foydali qazilma konlarini izlash, baholash va laboratoriya tahlil jarayonlarini, topografik, geologik tasvirlash hamda xaritalash ishlarini amalga oshirdi. O‘zbekiston Respublikasi hududida davlat byudjeti, shartnoma asosida NKMK va OKMK mablag‘lari hisobidan 142 ta loyiha asosida oltin, kumush, mis, qurg‘oshin va rux, volfram, noyob metall va kamyob yer elementlar, ko‘mir va boshqa noruda foydali qazilmalarga geologik qidiruv ishlarini hamda laboratoriya tadqiqot ishlarini bajardi. Yil yakunida 20 ta loyiha bo‘yicha geologiya – qidiruv ishlari tugatilib, yakuniy geologik hisobot tuzildi, aniqlangan zaxira va bashorat resurslari Davlat balansiga qabul qilindi.
2024 yilda asosiy foydali qazilmalar bo‘yicha bajarilgan zaxira va bashorat resurslari ko‘rsatkichlari 100% bajarildi.
Geologiya-qidiruv ishlarining asosiy qismini burg‘ilash jarayonlari tashkil qiladi. 2024 yilda jami 746 918 p.m. burg‘ilash ishlari olib borildi. Jumladan shnekli burg‘ilash 107 662 p.m., xavo zarbali burg‘ilash 119 329 p.m., xaritali burg‘ilash 63 527 p.m., kolonkali burg‘ilash 456 399 p.m. hamda yer osti tog‘-kon ishlari 8 803 p.m. va yer usti tog‘-kon ishlari 259 820 m3 tashkil qildi.
Hisobot davrida zamonaviy burg‘ilash uskunalari orqali 1200 - 1800 metr chuqurlikgacha burg‘ilash ishlari bajarilishiga erishildi. Bu esa albatta, maʼdan tanalarining chuqurlikkacha o‘rganish, foydali qazilma resurslari va mineral xom ashyo bazasini kengaytirishda katta ahamiyatga ega.
Geologiya-qidiruv ishlarini yangi bosqichga olib chiqish, sohaga dunyoning zamonaviy texnika va tehnologiyalarni jalb qilish maqsadida aerogeofizika va dron uskunalaridan foydalanish yo‘lga qo‘yildi. Buning natijasida ish turining tannarxi kamaytirildi sarflanadigan vaqt tejaldi va ish samaradorligi bir necha barobarga oshirildi.
Geologiya-qidiruv ishlari natijasida olingan namunalarni aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi namuna maydalash sexlarida qayta ishlanib tahlil qilish uchun laboratoriyalarga yuboriladi. Laboratroiyalarda zamonaviy uskunalar yordamida tahlil ishlari amalga oshirilib xulosalar olinadi.
So‘ngi yillarda sifatni boshqarish masalalari nafaqat respublika korxonalari va tashkilotlari, balki umuman davlatning iqtisodiy manfaatlari diqqat markazida bo‘lib turibdi. Iqtisodiyotning barcha sohalaridagi tashkilotlarda xalqaro standartlarga mos sifatni boshqarish tizimini joriy etishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Sifatni boshqarishning yetakchi g‘oyalari va zamonaviy usullarini milliy korxonalar tomonidan amalga tatbiq etilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ayni shu maqsadda 2024 yil “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ ISO 9001:2015 standarti bo‘yicha sertifikatini qo‘lga kiritdi. Taʼkidlash kerakki, jamiyat faoliyatining barcha bosqichlarida baholash tizimi joriy etilib,
ISO 9001:2015 standarti talablariga muvofiq, kompaniyaning tashqi va ichki konteksti batafsil o‘rganib chiqildi va kompaniyani yana-da rivojlantirish imkoniyatlari belgilab olindi.