1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Zarmitan maʼdanli maydonida geologiya qidiruv ishlari belgilangan reja asosida olib borilmoqda

28

Samarqand markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi tarkibidagi Zarmitan dala ekspeditsiyasi tomonidan Zarmitan maʼdanli maydonidagi Charmitan konining Janubiy - Sharqiy qanotida 15-26-sonli maʼdan tuzilmalarini chuqur sathlarida dastlabki va batafsil baholash ishlari olib borilmoqda. Loyiha doirasida 2025-yilgi rejalashtirilgan 5000 p.m. yer osti kolonkali burgʻilash ishlari muddatidan oldin bajarildi. 

Bundan tashqari yer ustida chuqur quduqlarda olib borilayotgan kolonkali burgʻilash ishlarini ham mufaqiyyatli va oʻz vaqtida tugatish maqsadida markaziy ekspeditsiyaning eng ilgʻor brigadalari jalb etilib, zamonaviy usullar asosida burgʻilash ishlari olib borilmoqda.

Bo‘lishish

Foydali havolalar