1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Geologlar” bog‘i tashkil qilinmoqda

148

Ma‘lumki, Prezidentimiz tashabbusi bilan har yili bahor-kuz mavsumida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilib kelinmoqda. Yurtimizga kirib kelgan bahor faslining ilk kunlaridan boshlab barcha hududlarda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari boshlab yuborildi.

Shu maqsadda bugun, 5-aprel kuni Toshkent viloyati Angren tumanida “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ tashabbusi bilan “Geologlar bog‘i”ni tashkil etish tadbiri ko‘tarinki ruhda boshlab yuborildi. Hasharda barcha xodimlar faol ishtirok etib bog‘ga ko‘chatlar ekishdi. Bog‘ni obod qilish ishlari davom etmoqda.

 

 

Bo‘lishish

Foydali havolalar