- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
TXIF-2023 doirasida Kuljuktov tog‘ massivini geologik o‘rganish bo‘yicha bitim imzolandi
366
Xabaringiz bor 27-28 aprel kunlari Toshkent xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tdi. Unda dunyoning 70 mamlakatidan kelgan 2,5 mingga yaqin ishbilarmon doiralar va bank-moliya sohasi vakillari ishtirok etdi.
Forumning ikkinchi kunida biznes va investitsiya sohasidagi dolzarb mavzular ko‘tarilib, bir qator sohalarda yirik investitsiya shartnomalari tuzildi. Xususan, “O‘zbek geologiya kidiruv” AJ hamda Rossiyaning “Oltin Kon” MCHJ QK o‘rtasida qiymati 18 mln dollarlik Kuljuktov tog‘ massivini geologik o‘rganish to‘g‘risida bitim imzolandi. Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida tuzilgan barcha kelishuvlar yurtimiz sanoati va iqtisodiyotini yanada rivojlantirishga katta hissa qo‘shadi.
