- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Transchegaraviy suv qatlamlarini va yer osti suv resurslarini boshqarish loyiha ijrosi muhokama qilindi
271
"Transchegaraviy suv qatlamlarini va yer osti suv resurslarini boshqarish" (GGRETA) loyihasi mavzusida Davlat geologiya qo'mitasi, Qozog'iston Respublikasi ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vazirligi geologiya qo'mitasi, YUNESKOning Olmaota shahridagi klaster byurosi departamenti, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi YUNESKO ishlari komissiyasi hamda "GIDROINGEO instituti" DM mutasaddilari va loyihaga mas'ul mutaxassislar ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Hamkorlik uchrashuvida loyiha doirasida olib borilgan ishlar tahlil qilindi hamda kelgusida mazkur yo'nalish bo'yicha tadqiqotlarni davom ettirish yuzasidan tayyorlangan "Yo'l xaritasi" kelishib olindi.
