- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Rahbar va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi
Yoshlar — jamiyatning ertasi. Barchamizga ma’lumki, mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab quvvatlash, qiziqish va takliflarini tinglash maqsadida uchrashuvlar o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan. Ayni shu maqsadda joriy yilning 8-oktyabr kuni “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ ijro apparatida jamiyat boshqaruv raisi Shamsiddin Alimov tizimdagi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Ushbu uchrashuvning asosiy maqsadi – yoshlar bilan tizimli ishlash, ularning muammolarini eshitish, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lib, yurtimizda amalga oshirilayotgan yoshlar borasidagi islohotlarning amaliy ifodasi hisoblanadi. Uchrashuv ochiq muloqot shaklida bo‘lib o‘tdi. Tizimda faoliyat olib borayotgan yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan taklif va tashabbuslarini bildirishdi. Shuningdek, rahbar tomonidan kelib tushgan taklif va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlab, amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha mas’ul rahbarlarga topshiriq berildi.
Tadbir so‘ngida, bu kabi uchrashuvlar sohaning yo‘nalish rahbarlari ishtirokida tizim osti tashkilotlarda ham muntazam o‘tkazilishi belgilab olindi.