1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Rahbar va yoshlar ish jarayonida uchrashdi

84

Markaziy geologiya geofizika ekspeditsiyasida olib borilayotgan dala ishlari bilan hamohang tarzda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi Sugrali maydonida tashkil etildi. Tadbir davomida 2025-yil yakunlari sarhisob qilinib, 2026-yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar va ish rejalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda yosh mutaxassislarning fikr-mulohazalari, takliflari va dolzarb savollari tinglandi. Rahbariyat tomonidan bildirilgan masalalar yuzasidan atroflicha izohlar berilib, ilgari surilgan takliflarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Mazkur dala sharoitida tashkil qilingan uchrashuv yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni faoliyatga yanada keng jalb etish hamda kelgusidagi ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qildi.

Bo‘lishish

Foydali havolalar