1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Qo‘rg‘ontosh istiqbolli maydonida kaliy tuziga geologiya qidiruv ishlari olib borilmoqda

133

“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ tarkibidagi Hisor Markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi tomonidan yillik reja asosida geologiya qidiruv ishlari jadal amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda Markaziy ekspeditsiya tarkibidagi Qashqadaryo dala ekspeditsiyasi tomonidan Tyubegatan kaliy tuz konining shimoliy-sharqiy qismida joylashgan Qurg‘ontosh istiqbolli maydonida kaliy tuzlarini baholash ishlari olib borilmoqda.

Mazkur loyiha Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2024-yilga mo‘ljallangan mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta to‘ldirish Davlat dasturi hamda “O‘zbek geologiya qidiruv” AJning 2024-yilga mo‘ljallangan geologik qidiruv rejasi asosida amalga oshirilmoqda. Loyiha asosida aniqlangan maʼdan tanalarida C1+C2 toifadagi kaliy tuzini sanoatbop zaxiralarini hisoblash ko‘zda tutilgan.

Qo‘rg‘ontosh maydonida 2024-2025-yillarda jami 12 ta umumiy chuqurligi 4750 p.m. bo‘lgan burg‘ilash quduqlarini o‘tish loyihalashtirilgan bo‘lib, shundan 1-2-burg‘ilash quduqlarida 389 va 370 p.m. uzunlikda burg‘ilash ishlari yakunlandi, hozirda 3-4-burg‘ilash quduqlarida burg‘ilash ishlari olib borilmoqda.

 

 “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ

Axborot xizmati

Bo‘lishish

Foydali havolalar