- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Miskonda xalqaro standartlar asosida geologiya qidiruv ishlari olib borilmoqda
Toshkent markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi tarkibidagi Olmaliq dala ekspeditsiyasi tomonidan Olmaliq ma’danli maydonida joylashgan Miskon mis-porfir konida geologiya qidiruv ishlari jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda. Jumladan, Miskon va Yoshlik–II uchastkalarida xalqaro JORC (2012) standart talablari asosida zahiralarni hisoblash hamda investorlarni jalb qilish uchun keng ko‘lamli burg‘ilash va geologiya qidiruv ishlari tashkil etilgan.
Loyiha “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ va “O‘zbekiston TMK” AJ bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Qidiruv ishlarida zamonaviy texnologiyalar qo‘llanilib, olingan ma’lumotlar xalqaro talablar asosida tahlil qilinmoqda.
Ushbu ishlar mamlakatimizning mineral-xomashyo bazasini mustahkamlash, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish va konchilik sohasini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.





