- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Matonat va mehnat namunasi: Nodira Nurbekovaning mehnat yo‘li qadrlanadi
28
Toshkent markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida uzoq yillar davomida binolarga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash yo‘nalishida samarali faoliyat yuritib kelgan Nurbekova Nodira Yo‘ldoshevnani nafaqaga kuzatish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Nodira Nurbekova uzoq yillar davomida fidoyilik, halollik va yuksak mas’uliyat bilan mehnat qilib, ayol bo‘lishiga qaramay, og‘ir ishlarni ham matonat bilan bajarib kelganligi alohida e’tiborga loyiqdir.


Mehnat faoliyati davomida namoyon etgan sadoqati, intizomi va ishga bo‘lgan mas’uliyati bilan jamoaga munosib o‘rnak bo‘lib qoladi. Jamoa tomonidan uning uzoq yillik mehnati munosib qadrlanib, samimiy tilaklar bilan nafaqaga kuzatildi.
