1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Geologiya sohasi xodimlari kuni arafasida tadbir o‘tkazildi

125

2024-yil 5-aprel kuni Geologiya fanlari universitetida Geologiya sohasi xodimlari kuni munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi. 

Unda geologiya sohasida uzoq yillar davomida ishlagan faxriylar, olimlar, ustoz-murabbiylar, vazirlik tasarrufidagi korxona hamda tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.

Tadbirni Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri B.Islamov kirish so‘zi bilan ochib berdi va geologiya sohasining asosiy yutuqlari, muammolari va istiqbollari to‘g‘risida maʼruza qildi. 

Soha rivojiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan yetakchi mutaxassislar va ustoz maqomidagi geologlarga vazirlikning “Faxriy yorliqlari” topshirildi.

Bo‘lishish

Foydali havolalar