- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
“Dolzarb 30 kun” tadbiri doirasida profilaktik tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda
351
Yurtimizda yong‘in xavfsizligini taʼminlash maqsadida 10-iyuldan 10-avgustga qadar “Dolzarb 30 kun” tadbiri o‘tkazilmoqda. Shu munosabat bilan 25-iyul kuni “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ ga qarashli “Zarmitan” dala gekologiya qidiruv ekspeditsiyasida FVV tuman bo‘limi xodimlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazilib, ko‘rgazmali chiqishlar tashkil qilindi.
Uchrashuv davomida yong‘inni keltirib chiqaruvchi holatlardan ehtiyot bo‘lishlarini, nosoz elektr moslamalaridan foydalanmasliklarini targ‘ib qiluvchi eslatmalar tarqatilib, tushuntirish ishlari olib borildi hamda tadbir ishtirokchilariga birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish tartiblari o‘rgatildi.


