1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

BRIFING

229

 “Oʻzbek geologiya qidiruv” AJ Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati tomonidan 2025-yil yakuni boʻyicha korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan

MAʼLUMOT

Aksiyadorlik jamiyatning 2025-yil 17-yanvardagi 6-sonli buyrugʻi bilan “Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi amalga oshiriladigan yillik chora-tadbirlar Dasturi” tasdiqlangan bo‘lib, dasturda 14 ta maqsad va vazifalar hamda bu maqsadlarni amalga oshirishda 55 ta mexanizm belgilab olingan.

Ushbu dasturga muvofiq:

  - Aksiyadorlik jamiyatining barcha boshqarma va boʻlinmalarning faoliyatini tartibga soluvchi meʼyoriy hujjatlari korrupsiyaga qarshi auditdan oʻtkazildi.

  - aksiyadorlik jamiyati muhiti (Kontekst), manfaatdor tomonlarning talablari, xavflar va imkoniyatlar tahlili oʻtkazildi.

  - Manfaatdor tomonlarning aksiyadorlik jamiyati korrupsiyaga qarshi menejment tizimiga taʼsirini aniqlandi. Manfaatdor tomonlarning talablari, xavflar va imkoniyatlar belgilandi.

  - Jamiyat funksiyalari doirasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash amalga oshirildi.   

  - 4648 nafar xodimlardan manfaatlar toʻqnashuvi mavjud/mavjud emasligi toʻgʻrisida yillik deklaratsiya arizalar olindi.

  - Aloqa kanallariga kelib tushgan murojaatlar tegishlilig doirasida oʻrganildi va xizmat tekshiruvlar oʻtkazildi.

  - Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish boʻlimi tomonidan har oyning
5 sanasiga qadar boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisida maʼlumotlar joylashtirilib kelindi.

  - “E-Anticor.uz” elektron platformasining 5 ta yoʻnalish va 29 ta indikatori talablari hamda vazifalari bajarildi.

  - ISO 37001:2016 xalqaro standarti boʻyicha Korrupsiyaga qarshi menejment tizimini ichki va tashqi auditdan muvafaqqiyatli oʻtkazildi.

  - Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ishlar rasmiy veb-saytlar va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritildi.

 13 ta ichki normativ huquqiy hujjatlarga amaldagi Qonunchilikga muvofiq oʻzgartirishlar kiritildi.

 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “Davlat boshqaruv sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
PQ-240-son qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2024-yil 20-fevraldagi 04-07/1139-sonli topshiriq xatiga muvofiq “Oʻzbek geologiya qidiruv” AJning Korrupsion xavf-xatarlar xaritasi 2025-yil 2-may sanasida tasdiqlandi. Unga koʻra Jamiyatning baholangan 15 ta funksiyasidan 2 tasi “Yuqori”, 6 tasi “Oʻrta” va 7 tasi “Past” darajani tashkil etdi. Ushbu baholash natijalaridan kelib chiqqan holda 8 ta banddan iborat korrupsiyaga qarshi kurashish dasturi boshqaruv raisi tomonidan tasdiqlandi.

 Korrupsion xavf-xatarlar xaritasi, dasturi va xavf-xatarlar yuqori lavozimlar doirasida 24 nafar xavf-xatari “yuqori” va “oʻrta” boʻlgan lavozimda faoliyat olib borayotgan xodimlar Proacademy.uz virtual platformasida maxsus oʻquv kurslarida oʻqitildi.

  4648 nafar mehnat faoliyatini olib borayotgan xodimlardan manfaatlar toʻqnashuvi mavjud/mavjud emasligi toʻgʻrisidagi yillik deklaratsiya arizalar toʻldirildi. Toʻldirilgan deklaratsiyalar tahliliga koʻra Axloq komissiyasi tomonidan 361 ta ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi, 1 ta haqiqiy manfaatlar toʻqnashuvi aniqlanib, haqiqiy manfaatlar toʻqnashuvi bartaraf etilib ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi holatlari boʻyicha nazorat oʻrnatildi.

 Aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2025-yil davomida xaridlar sohasida jami 2042 ta shartnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, ulardan:

- elektron doʻkon – 773 ta;

- koorporatsion birja – 867 ta;

- auksion – 306 ta;

- spot – 3 ta;

- ECO platforma (Milliy ishlab chiqarish) – 25 ta;

- tanlov – 56 ta;

- toʻgʻridan-toʻgʻri – 12 ta;

- tender-1 ta rasmiylashtirilgan.

Barcha tuzilgan shartnomalarga korrupsiyaga qarshi bandlar kiritilgan.

Aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2025-yilda 38 ta kontragentlar tekshirishdan oʻtkazilib, ularda korrupsiyaviy holatlar (manfaatlar toʻqnashuvi) aniqlanmagan.

Hisobot davrida, xodimlarning korrupsiyaviy xatti-harakatlari, manfaatlar toʻqnashuvi, korrupsiyaga qarshi boshqa qonunbuzarliklar bilan bogʻliq murojaat va xabarlarni qabul qilishga moʻljallangan aloqa kanallariga tarkibiy boʻlinmalar kesimida
4 ta murojaat kelib tushgan 3 ta murojaat boʻyicha xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Oʻtkazilgan xizmat tekshiruvi natijalariga koʻra 1,2 mln. soʻmlik kamomad aniqlangan. Kamomadlar kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan masʼul xodimlar tomonidan bartaraf etilgan va ularga nisbatan Axloq komissiyasi qaroriga koʻra hayfsan va taʼsir choralari qoʻllanilgan.

Aksiyadorlik jamiyatining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat ishonch telefoni orqali fuqarodan 2024-yil 4 oy davomida ishlagan ish haqi toʻlab berilmaganligi maʼlum qilgan murojaati kelib tushgan, tekshiruv davomida murojaatda koʻrsatilgan holatlar qisman oʻz tasdigʻini topgan, toʻlanmagan 25 212 988 soʻmlik ish haqi toʻlab berilishi taʼminlangan.

Joriy yil davomida Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlimi xodimlari va joylardagi masʼullar tomonidan:

11 ta maxsus oʻqitishda 130 ta xodim oʻqitildi;

65 ta targʻibot tadbiri va davra suhbatlari oʻtkazilib;

25 ta boshqaruv raisining murojaatnomasi boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi;

8 ta profilaktik tadbir tashkil etildi;

90 ta oʻqitishlar tashkil etilidi;

819 ta yangidan ishga qabul qilingan xodimlar bilim koʻnikmalari oshirildi.

Oʻquv seminarlari, targʻibot tadbirlari hamda davra suhbatlarida jami 5448 nafar rahbar va ishchi-xodimlar qamrab olindi.

“9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bagʻishlangan “aksilkorrupsiya” oyligi doirasida Boshqaruv apparati va tarkibiy boʻlinmalarda 20 dan ortiq oʻquv seminar, targʻibot tadbirlar, profilaktika tadbirlar, radio va televidiniyada chiqishlar amalga oshirildi. Shuningdek “Korrupsiyasiz jamiyatni birga quramiz” mavzusida “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi.

Bo‘lishish

Foydali havolalar