1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Bilim, zakovat va jamoaviy ruh bir maydonda

14

Toshkent markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi bo‘limlari o‘rtasida xodimlarning intellektual salohiyati, mantiqiy fikrlashi va jamoaviy hamjihatligini yanada mustahkamlash maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda ishtirok etgan jamoalar turli mavzularga oid mantiqiy, tarixiy, ilmiy va umumiy bilimlarni talab qiluvchi savollarga javob berish orqali o‘z bilim va zukkoliklarini namoyon etdilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra, yuqori o‘rinlarni egallagan jamoalar munosib taqdirlandi. G‘olib va sovrindor jamoalarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bunday intellektual bellashuvlar jamoada sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ular o‘rtasida do‘stona muhit va hamjihatlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.



“Zakovat” — nafaqat bilim musobaqasi, balki birdamlik, zukkolik va yangi g‘oyalar maydonidir.

Bo‘lishish

Foydali havolalar