1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Bayramingiz muborak boʻlsin Aziz vatandoshlar!

240

Ayni lahzalarda diyorimizga mehr-oqibat, halollik, poklik va soflik ramzi, yosharish, yangilanish ayyomi Navroʻzi olam yurtimiz bo'ylab keng nishonlanmoqda.

Mana shu ulugʻ ayyom, sharqona yangi yil bilan siz azizlarni — Muhtaram otaxon va onaxonlarni, munis va mehribon opa-singillarimizni, jondan aziz suyukli farzandlarimizni, kattayu-kichik yurtdoshlarimizni va butun Oʻzbekiston ahlini chin yurakdan samimiy muborakbod etamiz.

Navroʻz yurtimizga tinchlik, osoyishtalik, xalqimizga sogʻlik-omonlik, xonadonlaringizga fayzi-baraka, qalbingizga quvonch olib kelsin.

Bayramingiz muborak boʻlsin!

Bo‘lishish

Foydali havolalar