1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

2023-yil yakunlari, erishilgan natijalar hamda 2024-yilda rejalashtirilgan loyihalar bo‘yicha Matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

159

Joriy yilning 25-aprel kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “O‘zbek geologiya qidiruv” AJda 2023-yil yakunlari, erishilgan natijalar hamda 2024-yilda rejalashtirilgan loyihalar bo‘yicha Matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda ommaviy axborot vositalari vakillari va jurnalistlar ishtirok etdilar.

Matbuot anjumanida “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ asosiy vazifalari xususida maʼlumot berildi. Xususan jamiyat yer qaʼrini geologik o‘rganish xususan rangli qimmatbaho metallar va boshqa foydali qazilma maydonlarda geologik-qidiruv ishlarini tashkil etish, rangli va qimmatbaho metallarning istiqbolli maydonlarini topish uchun ilmiy-tematik ishlar, bashoratli resurslar va mavjud maydonlarning mayda, o‘rta va yirik masshtabli geologik xaritalarini yaratish asosida respublika mineral-xom ashyo bazasini kengaytirishdan iborat.

2023-yilda aksiyadorlik jamiyati geologiya-qidiruv ishlarini olib borish foydali qazilma konlarni izlash, baholash va laboratoriya tahlil jarayonlarini, topografik, geologik tasvirlash hamda xaritalash ishlarini amalga oshirdi. O‘zbekiston Respublikasi hududida davlat byudjeti va maxsus mablag‘lar hisobidan 48 ta loyiha asosida 1430 km2 maydonda geologik-qidiruv ishlarini amalga oshirib, bu loyihalar asosida oltin, mis, qurg‘oshin va rux, volfram, noyob metall va kamyob yer elementlar, noruda foydali qazilmalarga geologik qidiruv ishlarini hamda laboratoriya tadqiqot ishlarini bajardi. Yil yakunida 10 ta loyiha tugatilib, aniqlangan zaxira va bashorat resurslari Davlat zaxiralari komissiyasiga topshirildi.

Geologik qidiruv ishlarining asosiy qismini burg‘ilash jarayoni tashkil qilib o‘tgan yilda jami 640 974 p.m. burg‘ilash ishlari olib borildi. Jumladan shnekli burg‘ilash 61 887 p.m., xavo zarbali burg‘ilash 86 915 p.m., xaritali burg‘ilash 71 074 p.m., kolonkali burg‘ilash 421 071 p.m. hamda yer osti tog‘-kon ishlari 4 334 p.m., va yer usti tog‘-kon ishlari 243 534 m3 ga ni tashkil qildi. O‘tgan davr mobaynida zamonaviy burg‘ilash uskunalari orqali 1000 - 1 200 metr chuqurlikgacha burg‘ilash ishlari bajarilishiga erishildi. Bu esa albatta, foydali qazilma resurslari va mineral xom ashyo bazasini kengaytirishda katta ahamiyatga ega.

Amalga oshirilgan geologik qidiruv ishlari respublikamizning Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax  va Toshkent viloyatlari hududiga to‘g‘ri keladi. Geologik qidiruv ishlari natijasida nafaqat davlat zaxiralarini rivojlantirish balkim Navoiy va Olmaliq KMKlarining xomashyo bazasi oshiriladi.

Geologik qidiruv ishlari natijasida olingan namunalarni aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi laboratoriyalarda tahlil qilinib yakuniy xulosa olinadi.

2023-yilda Markaziy laboratoriya namunalarni sifatli laboratoriya tadqiqot ishlarini tashkil qilish bo‘yicha qator muvffaqiyatga erishdi.

“O‘zbek geologiya qidiruv” aksiyadorlik jamiyatining operatsion samaradorlikni oshirish, o‘rta va uzoq muddatli rivojlanish strategiyasiga muvofiq Markaziy laboratoriya Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlarida o‘tkaziladigan qiyosiy sinovlarda faol qatnashib kelmoqda. 2023-yilda Rossiya federatsiyasidagi “Minstandart” MCHJning PK №RMO-2-2023 “Polimetall rudalar” va RO-1-2023 “Platinatarkibli rudalar” dasturlari bo‘yicha ikkita qiyosiy sinovlarda ishtirok etib, ikkala holatlarda ham laboratoriya o‘zining yuqori malakasini ko‘rsatdi va reytingda faxrli o‘rinlardan joy egalladi. Shuningdek, Markaziy laboratoriyada ishlab chiqilgan “Agilent 4200 MR-AES mikroto‘lqin plazmalik atom-emission spektrometridan foydalangan holda tog‘ jinslarida reniyning massaviy ulushini aniqlash” uslubi MDH davlatlari o‘rtasida tan olindi hamda N. Fedorovskiy nomidagi Butunrossiya mineral xomashyo ilmiy-tadqiqot institutining Analitik usullar bo‘yicha ilmiy kengashi tomonidan uslubni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlarida qattiq foydali qazilmalar bo‘yicha geologiya qidiruv ishlari bajarilganda qo‘llash mumkin bo‘lgan uslublar qatoriga kiritildi. Bu 40 yil ichida O‘zbekistondan geologiya qidiruv ishlari bajarilganda qo‘llash mumkin bo‘lgan uslublar kitobiga kiritilgan birinchi metod hisoblanadi.

Shu bilan bir qatorda 2024-yilning birichi choragida Markaziy laboratoriyaning analitik tadqiqotlar va laboratoriyalararo taqqoslash sohasidagi katta tajribasini inobatga olgan holda Texnik qo‘mita o‘z qarori bilan “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Markaziy laboratoriyasiga tabiiy obyektlarni: suv va qattiq jismlarni tahlil qilish sohasida tadqiqotlar olib boradigan laboratoriyalarning malakasini tekshirish (PPK) provayderi sifatida vakolat berdi.

Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasini tejash, muqobil energiya manbalaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yish maqsadida aksiyadorlik jamiyati tomonidan 500 kVt dan ziyod quyosh foto elektr stansiyalari o‘rnatilib foydalanishga topshirildi.

Bugungi kunda aksiyadorlik jamiyatida faoliyat olib borayotgan 3400 ga yaqin xodim belgilangan dasturlar asosida muntazam malaka oshirib kelmoqdalar. Xususan o‘tgan yil davomida 800 dan ortiq xodim Geologiya tarmog‘i xodimlari malakasini oshirish institutida, 40 ta xodim Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasida, 25 ta xodim “CERT academy International training company”da va boshqa bir qator o‘quv kurslarida kasb malakalarini oshirishdi. Yana shuni alohida taʼkidlab o‘tish kerakki, 211 nafar xodim oliy taʼlim muassasalarida va 60 nafar xodim texnikumda tahsil oldi.

2023-yilda aksiyadorlik jamiyatida xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida “Sport –salomatlik garovi”, “Kasaba uyushmasi kubogi”, “Balli qizlar” ko‘rik-tanlovi musobaqalari o‘tkazildi shuningdek, 400 dan ortiq xodimlar sog‘lomlashtirish markazlariga jo‘natildi.

Shuningdek, Respublika bo‘ylab mahalliy sayohatlarni tashkil qilish maqsadida xodimlar ishtirokida “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qiling” shiori ostida ichki turizm tadbirlari tashkil etildi. Bunda 700 ga yaqin xodim yurtimizning tarixiy shaharlariga sayohat qilishdi.

Aksiyadorlik jamiyati korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimini ishlab chiqish, joriy etish, tahlil qilish va takomillashtirish maqsadida 2023 yil yakunida korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimining xalqaro ISO 37001:2016 sertifikatini qo‘lga kiritdi. Xalqaro standart asosida korrupsiya holatlarining oldini olish, aniqlash va bartaraf qilish uchun zarur bo‘lgan barcha choralarni amalga oshirmoqda.

Boshqaruv raisi o‘rinbosari Sh.Sirajov 2024-yilda “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi asosida geologiya qidiruv ishlarini yana-da rivojlantirish va xorijiy davlatlarda ham geologiya qidiruv ishlarini tashkil etish rejalashtirilgan bo‘lib, xususan, burg‘ilash ishlari va texnologiyalari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish turlarini kengaytirish, geofizik tadqiqotlarni rivojlantirish, modellashtirish, yer va havo geofizikasi ishlarini bajarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va kuchaytirish, shuningdek ishlab chiqarish jarayonlariga ilg‘or tajriba va uslublarni joriy etish ko‘zda tutilish haqida batafsil ma’lumot berdi.

Matbuot anjumani yakunida jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga mas’ullar tomonidan atroflicha javob berib o'tdi.

 

 

“O‘zbek geologiya qidiruv”

Axborot xizmati

 

Bo‘lishish

Foydali havolalar