- Asosiy
- Interaktiv xizmatlar
- Boʻsh ish o'rinlari
- “O‘zbek geologiya qidiruv” AJda mavjud bo'sh ish o'rinlari
“O‘zbek geologiya qidiruv” AJda mavjud bo'sh ish o'rinlari
Ish o‘rni uchun talablar
Ichki audit xodimi
Vazifalari:
• Korxonaning moliyaviy va boshqaruv hisobotlarini tekshirish, soliq hisobotini audit qilish, uning ishonchliligini tahlil qilish, tuzish va taqdim etish muddatlarini baholash.
• Ichki audit xizmatining yillik ish rejalari va xarajatlar smetasini ishlab chiqishda ishtirok etish, tayyor materiallarni ichki audit xizmati rahbariga o‘z vaqtida taqdim etish.
• Har chorakda tarkibiy bo‘linmalarda ichki auditni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan birlamchi ma’lumotlarni to‘plash.
• Hisob jarayonlarini unifikatsiya va standartlashtirishni tashkil etish.
• Audit ishlarining rejasini, audit ishlarining byudjetini tayyorlash va korxona rahbariyatiga tasdiqlash uchun taqdim etish.
• Shartnomalar loyihalariga ekspert bahosini berish, amalga oshirilayotgan bitimlar (tuzilgan shartnomalar) va ularning natijalarini hisob hujjatlarida o‘z vaqtida va to‘liq aks ettirilishini nazorat qilish.
• Korxonaning ichki rezervlarini aniqlash va ulardan samarali foydalanish yo‘llarini belgilash.
• Turli loyihalar yoki dasturlar bo‘yicha jamg‘armalar sarflanishini monitoring qilish, korxona daromadlari va xarajatlarini tahlil qilish, soliqlarni optimallashtirish va rejalashtirish.
• Ichki audit xizmati rahbari va AJ Kuzatuv kengashining boshqa ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarish.
• O‘zbekiston Respublikasi hududlariga chiqish bilan AJning tarkibiy korxonalarida rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan audit tekshiruvlarida ishtirok etish.
• Debitorlik va kreditorlik qarzdorliklarini tahlil qilish, qarzdorlikni kamaytirish bo‘yicha tezkor ko‘rsatmalar berish, qarzdorlik va kamomadlarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida tanlov asosida tekshiruvlar o‘tkazish, korxona va uning kontragentlari o‘z majburiyatlarini bajarishini nazorat qilish.
• Rejalardan aniqlangan chetlanishlarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar va harakatlar rejasini ishlab chiqish; ayrim operatsiyalarning xavf darajasini pasaytirish yoki mumkin bo‘lgan yo‘qotishlarni minimallashtirish imkonini beruvchi tavsiyalar.
• Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarni yuritishda tarkibiy bo‘linmalarga uslubiy yordam ko‘rsatish, ularni moliyaviy, soliq, bank va boshqa qonunchilik masalalari bo‘yicha maslahat berish.
• Raqobatga qarshi kurashish tizimini joriy etish, raqobatga qarshi kurashish tizimining yuritilishi va monitoringini ta’minlash.
• Korxonada yangi loyihalarni ishlab chiqish va joriy etishda mumkin bo‘lgan tashqi va ichki xavflarni aniqlash va tahlil qilish.
• Korxonani tashqi auditga tayyorlashni amalga oshirish.
• Audit masalalari bo‘yicha korxona rahbariyatiga maslahat berish.
Talablar:
• So‘nggi o‘n yillikdan kamida uch yillik buxgalteriya hisobi, audit, moliyaviy yoki soliq nazorati sohasida amaliy ish staji (shu jumladan qo‘shimcha ish o‘rni bo‘yicha).
• Tillar bilimi: o‘zbek tili, rus tili (ingliz tili afzal).
• Qonunlar va ularni tartibga soluvchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni bilish.
• Aksiyadorlik jamiyatida ishlash tajribasi.
• Ichki auditor sertifikati mavjudligi.
• Buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BHMS) va Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) bo‘yicha sertifikatlari va ishlash tajribasi mavjudligi.
• Kompyuterda erkin ishlash.
• Excel, 1C dasturlarini bilish.
• Yilning istalgan vaqtida xizmat safariga tayyor bo‘lish.
Shartlar:
• Rasmiy ishga joylashish.
• Ish tartibi: 5/2 (09:00 dan 18:00 gacha).
• Ish haqi suhbat davomida muhokama qilinadi.
• Karyera o‘sishi.