- Asosiy
- Interaktiv xizmatlar
- Boʻsh ish o'rinlari
- Markaziy laboratoriya bo'sh ish o'rinlari
Markaziy laboratoriya bo'sh ish o'rinlari
Ish o‘rni uchun talablar
DIQQAT TANLOV!
“O‘ZBEK GEOLOGIYA QIDIRUV” AJ Markaziy laboratoriyasi
Kimyoviy analitika tahlil bo‘limining bo‘lim boshlig‘i lavozimiga tanlov e’lon qiladi
ASOSIY VAZIFALAR
• Kimyoviy analitika tahlil bo‘limining ishlab chiqarish va tahliliy-tadqiqot ishlarini boshqarish;
• Mineral xomashyo tahlilining zamonaviy usullarini joriy etish va sifat nazoratini ta’minlash;
• O‘z DSt ISO 17025:2019 standarti talablariga muvofiq xodimlarni o‘qitish va ularning faoliyatini nazorat qilish;
• Portlovchi, zaharli va yonuvchan materiallarni xavfsiz saqlash va ulardan to‘g‘ri foydalanishni tashkil etish;
• Bo‘limda mehnat muhofazasi, xavfsizlik va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishini ta’minlash;
• Sifat nazoratini boshqarish uchun barcha analitik tekshiruvlar va hisob-kitoblarni yuritish;
• Yangi tahlil usullarini ishlab chiqish va tatbiq etish.
NOMZODGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
• Kimyo, geologiya yoki analitik yo‘nalish bo‘yicha oliy maxsus ma’lumot;
• Bo‘lim ishlarida katta tajribaga ega bo‘lishi hamda mineral xomashyo tahlillarini mukammal bilishi;
• Texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya, ISO 17025 va mehnat qonunchiligini bilishi;
• Yuksak boshqaruvchilik va tashkilotchilik qobiliyati;
• Mas’uliyatlilik, halollik va korrupsiyaga qarshi kurashish tamoyillariga qat’iy amal qilish.
SHAXSIY SIFATLAR VA JAVOBGARLIK
• Tashkilotchilik va boshqaruv qobiliyati;
• Mas’uliyatlilik va mehnat intizomi;
• Tahliliy fikrlash va halollik;
• Moddiy boyliklar xavfsizligiga javobgarlik.
TAQDIM ETILADIGAN HUJJATLAR VA MUDDAT
• Rezyume (CV) va pasport nusxasi;
• Diplom va ilova nusxasi;
• Mavjud bo‘lsa, mehnat daftarchasi yoki ish tajribasini tasdiqlovchi hujjat;
• Markaziy laboratoriya hisob-kitob bo‘limiga murojaat qilish.
Hujjatlar qabul qilish muddati: 12.10.2026 dan 16.10.2026 gacha
Telefon: +99833 332-10-17
Elektron pochta: lab@uzgeo.uz
