1. Asosiy
  2. Ijro apparati
  3. Bosh mexanik bo‘limi

Bosh mexanik bo‘limi

Bosh mexanik bo‘limi boshlig'i: Teadorovich Aleksandr Igorevich

Bosh mexanik bo‘limi vazifalari va funksiyalari

Barcha  uskunalarining va maxsus texnikalarning uzliksiz ishlashini va doimiy ravishda texnik soz holatda bo‘lishini ta’minlaydi;

Mavjud texnikalarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarining yagona tizimi qoidalariga muvofiq uskunani tekshirish, sinovdan o‘tkazish va rejali ogohlantiruvchi ta’mirlash  jadvallarini (ROT) ishlab chiqishni tashkil qiladi, ushbu rejalarni tasdiqlatadi va ularning bajarilishini nazorat qiladi;

Uskunalarni ta’mirlash bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish, ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish ehtiyojlari uchun materiallar sarfi, ta’mirlash uchun smeta hujjatlarini tuzish, asbob-uskunalarni ishlatish uchun zarur bo‘lgan materiallar va ehtiyot qismlarni xarid qilish bo‘yicha arizalarning bajarilishini nazorat qiladi;

Kapital ta’mirlashni, asbob-uskunalarni o‘z vaqtida va sifatli ta’mirlash va modernizatsiya qilishni, ularning ishonchliligi va chidamliligini oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi, texnik xizmat ko‘rsatilishini, ta’mirlanishini texnik nazorat qiladi, ta’mirlash ishlari uchun materiallardan oqilona foydalanishni ta’minlaydi;

Yangi olingan avtotransport vositalari, yo‘l qurilish texnikalari, tog‘-kon va burg‘ilash uskunalarini ishlab chiqarishga tadbiq etish, ularni sinovdan o‘tkazish ishlarini tashkillashtiradi;

Samarasiz uskunalarni yuqori unumdorlariga almashtirish, rejadan tashqari ta’mirlash va jihozlarning ishlamay qolish vaqtlarini qisqartirish, qismlarni, agregatlarni va mexanizmlarni ta’mirlash va tiklashning yangi progressiv usullarini qo‘llash orqali ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlarini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qiladi;

Tog‘-kon va burg‘ilash uskunalarini sifatli montaj qilish ishlarini doimiy nazoratga oladi;

Ishlab chiqarish asosiy fondlarini inventarizatsiya qilishni tashkil qiladi, eskirgan asbob-uskunalarni, kapital ta’mirlashni talab qiladigan ob’ektlarni aniqlaydi va ta’mirlash ishlarining ketma-ketligini belgilaydi;

Geologiya qidiruv ishlarini bajarishda foydalanilayotgan texnikalardagi avariya holatlari bo‘yicha surishtiruv ishlarini olib boradi va avariya holatlarini bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqadi;

Yangi uskunalar olishga va mavjud texnikalarga kerakli bo‘lgan ehtiyot qismlarga yillik buyurtmalar berish ishlarini amalga oshiradi;

Texnikalarni ta’mirlash ishlarini amalga oshirishda mexnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi qoidalariga to‘liq amal qilinishini ta’minlaydi;

Ma’nan va jismoniy eskirgan, o‘z xizmat muddatini to‘liq o‘tab bo‘lgan avtotransport vositalarini, yo‘l qurilish texnikalarini, tog‘-kon, burg‘ilash uskunalarini, na’munalarni maydalash va laboratoriya uskunalarini, hamda boshqa asosiy vositalarni hisobdan chiqarish bo‘yicha barcha hujjatlarni rasmiylashtirish va maxsus komissiyaga taqdim etishni amalga oshiradi;

Bosh mexanik bo‘limi xodimlarining faoliyatini takomillashtirish maqsadida aniq rejalar ishlab chiqadi va aniq belgilangan topshiriqlarni o‘z vaqtida sifatli bajarilishida ularga amaliy yordam ko‘rsatadi;

Rejaga asosan belgilangan qora va rangli metall chiqindilarini yig‘ish, topshirish reja jadvalini ishlab chiqishni tashkillashtirish va ushbu yo‘nalishdagi ishlarni o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qiladi;

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda aksiyadorlik jamiyati  ko‘rsatmalari va farmoyishlari bo‘yicha boshqa vazifalarni bajaradi;

Bosh mexanik bo‘limi boshlig‘i va xodimlarining funksional majburiyatlari ushbu Nizom bilan belgilanadi va “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ boshqaruv raisi tomonidan tasdiqlanadigan lavozim yo‘riqnomalarida aniqlashtiriladi.

Foydali havolalar