1. Asosiy
  2. Ijro apparati
  3. Laboratoriya va tahlil ishlari boʻlimi

Laboratoriya va tahlil ishlari boʻlimi

Laboratoriya va tahlil ishlari boʻlimi boshlig'i: Axmedov Kobiljon Abdukazimovich

Laboratoriya va tahlil ishlari boʻlimining asosiy vazifa va funksiyalari

Bo‘lim faoliyati geologik namunalarni tahlil ishlarini o‘tkazish uchun tayorlash hamda Laboratoriya tahlillarini o‘tkazishni rejalashtirish;

“O‘zbek geologiya qidiruv” aksiyadorlik jamiyatining tizimida mavjud namuna maydalash sexlari va Laboratoriyalarni nazorat qilish;

Jamiyat nomiga kelib tushgann hujjatlar bilan sifatli va samarali ishlashni ta’minlash;

Boshqaruv raisi nomidan jamiyat hodimlari, ekspeditsiyalardan har xil turdagi ma‘lumotlarni yig‘ish;

Jamiyat tizimidagi ekspeditsiyalarning taklifiga binoan Toshkent shaxriga kelgan xorijlik mutaxassislarning uchrashuvlarini tashkil etish;

Jamiyatning maydalash sexlari hamda laboratoriyalar faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini nazorat qilish sohasida:

Geologiya bo‘limi tomonidan olinadigan geologik namunalarni maydalash, yanchish va laboratoriya tahlil ishlarini hisobini yuritish;

Namunalarni maydalash sexlarida namunalar yig‘ilib qolishini oldini olish, maydalash ishlarni, sexning ishlab chiqarish quvvatidan kelib chiqqan holda tog‘ri rejalashtirish;

Laboratoriya majmualarida tahlil ishlari kechikishlarsiz o‘z vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilish;

Maydalash sexlarida hamda laboratoriya majmualarida ishlar uzluksiz davom etishi uchun asbob uskunalar holatini doimiy nazoratini yuritish;

Buyruqlarni (xodimalarga uchun buyruqlar bundan mustasno), ko‘rsatmalarni Jamiyat boshqaruv raisi va uning o‘rinbosarlari bilan o‘tkazilgan yig‘ilish bayonnomalarini rasmiylashtirish, ushbu hujjatlarni ko‘paytirish va tarqatishni tashkil etish;

Boshqaruv apparati qarorlarini, o‘z qarorlarini bajarish maqsadida jamiyat tomonidan qabul qilingan hujjatlarning sifatli tayyorlanishini, jamiyatning buyruqlari, ko‘rsatmalari va boshqa hujjatlarini jamiyat maydalash sexlariga hamda laboratoriya majmualariga yetkazishni ta‘minlash;

Ish yuritish bo‘yicha qoidalar, ko‘rsatmalar va yo‘riqnomalar loyixalarini ishlab chiqish, jamiyat hodimlariga ko‘rsatma va uslubiy yordam berish, ish yuritishni nazorat qilish va tekshirish, ish yuritishda ishlarning saqlanishi va to‘g‘ri shakllanishini nazorat qilish.

Foydali havolalar