«O‘zbek geologiya qidiruv» aksiyadorlik jamiyati

Biz haqimizda
Kuzatuv kengashi tarkibidagi Tayinlov va xaq to‘lash qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 25-sentyabr kuni “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Kuzatuv kengashi tarkibidagi Tayinlov va xaq to‘lash qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni Kuzatuv kengashi-qo‘mita raisi Rustam Yusupov olib bordi hamda kun tartibida belgilangan masala muhokama qilindi. Xususan, bosh muhandis lavozimiga kelib tushgan nomzodlar bilan suhbat o‘tkazilib, baholash yakunlariga ko‘ra tanlangan nomzod qaror qabul qilish uchun kuzatuv kengashiga kiritildi.

Qizilqum markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida "Yong'indan ogohlik" oyligi doirasida o'quv mashg'ulotlari o'tkazildi
Respublikamiz hududida 2025-yil 15-sentabr – 15-oktabr kunlari "Yong'indan ogohlik" umummilliy kampaniyasi oyligi e'lon qilinganligi munosabati bilan  tarkibiy bo'linmalarida yong'in xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Zarafshon shahar Favqulodda vaziyatlar bo'limi xodimlari ishtirokida xodimlar o'rtasida havo-gaz aralashmasining chaqnashi va is gazidan zaharlanish hodisalarining oldini olish bo'yicha tushuntirish ishlari olib borildi va o'quv-amaliy mashg'ulotlari tashkil etildi. Mashg'ulotlarda xodimlarga yong'in xavfsizligi qoidalari, yong'in sodir bo'lganda harakatlanish tartibi, yong'in o'chirish vositalaridan foydalanish bo'yicha ko'nikmalar berildi.

O‘zbekiston Prezidenti MDH doirasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini ta’kidladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-oktyabr kuni Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi. Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon raisligida o‘tgan sammit ishida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan hamda MDH bosh kotibi Sergey Lebedev ishtirok etdi. Kun tartibiga muvofiq, Hamdo‘stlik doirasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Davlatimiz rahbari nutqining avvalida global siyosat va iqtisodiyotdagi oldindan bashorat qilib bo‘lmaydigan jarayonlar hamda xalqaro institutlarning roli zaiflashib borayotganiga qaramasdan, MDH o‘zining barqarorligi, samaradorligi va zarurligini namoyish etishda davom etayotganini ta’kidladi. O‘n yillar davomida yo‘lga qo‘yilgan mexanizmlar va aloqalar tufayli iqtisodiy, ijtimoiy va gumanitar masalalarning barcha yo‘nalishlarida yaqindan hamkorlik qilinmoqda. - Biz MDH doirasida hamkorlikni yanada mustahkamlash, shuningdek, tabiiy sheriklarimiz bo‘lgan mamlakatlar bilan amaliy hamkorlikning samaradorligini oshirishdan manfaatdormiz, - dedi O‘zbekiston Prezidenti. So‘ng mamlakatimiz yetakchisi Hamdo‘stlik doirasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha qator taklif va tashabbuslarni ilgari surdi. Jahon iqtisodiyotidagi vaziyatning keskinlashishi, proteksionizmning kuchayishi va barqaror rivojlanish yo‘lida yangi xavf-xatarlar yuzaga kelayotganini hisobga olgan holda iqtisodiy sheriklikni kengaytirish tashkilotning so‘zsiz ustuvor yo‘nalishi ekani ko‘rsatib o‘tildi. O‘zbekistonning MDHdagi sheriklari bilan tovar ayirboshlash hajmi o‘tgan yili 11 foizga oshgani va bu ko‘rsatkich joriy yilda ham o‘sishda davom etayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Bunday ko‘rsatkichlar tarmoqlararo kooperatsiya chuqurlashayotgani va o‘zaro investitsiyalar oqimi ko‘payib borayotgani tufaylidir. Mavjud imkoniyatlarni yanada to‘liq ishga solish, hamkorlikning bugungi sur’atini saqlab qolish maqsadida O‘zbekiston Prezidenti birgalikdagi sa’y-harakatlarni quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga qaratishni taklif etdi. Birinchidan, tovar ayirboshlashni ko‘paytirish uchun yanada qulay sharoitlarni shakllantirish. Alohida tovarlarni, birinchi navbatda, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish jarayonida tartib-taomil va talablarni soddalashtirish va milliy bozorlarga kirish, jumladan, davlat xaridlarida ishtirok etish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek MDH Iqtisodiy kengashi doirasida tashqi kon’yunktura o‘zgarishlariga tezkor javob berish va savdo oqimlari yo‘nalishini o‘zgartirish bo‘yicha mexanizmlarni ishga tushirish, texnik to‘siqlar va muvofiqlikni baholashga oid hujjatlarni tan olish to‘g‘risidagi bitimlar loyihalarini kelishish borasidagi ishlarni faollashtirish maqsadga muvofiq ekaniga e’tibor qaratildi. Ikkinchidan, transport sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish. MDH makonidagi transport tarmog‘ida mavjud yo‘laklar samaradorligini pasaytirayotgan muammoli holatlar hamon saqlanib qolayotgani qayd etildi. Bu barcha turdagi transportlar bilan integratsiyalashgan axborot-logistika markazlarini tashkil etishni taqozo etmoqda. Yuk tashish infratuzilmasini modernizatsiya qilish uchun xususiy investitsiyalarni jalb qilish muhimligini hisobga olib, O‘zbekistonda transport sohasida davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish masalalari bo‘yicha konferensiya o‘tkazish tashabbusi ilgari surildi. Uchinchidan, o‘zaro investitsiyalar o‘sishini rag‘batlantirish va kooperatsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash. Bu borada maxsus iqtisodiy va sanoat zonalarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi"ni tayyorlash, kooperatsiyani chuqurlashtirish va biznesni jalb qilgan holda innovatsion startaplarni ilgari surish uchun MDHning Venchur platformasini yaratish, kelgusi yilda Toshkentdagi "INNOPROM" ko‘rgazmasi negizida Innovatsion sanoat forumini o‘tkazish taklif qilindi. To‘rtinchidan, energetika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish. O‘zbekiston rahbari ta’kidlaganidek, bugungi kunda MDHdagi sheriklar bilan an’anaviy va muqobil energiya manbalaridan foydalanish, jumladan, atom elektr stansiyalari qurilishi sohasida qator yirik strategik loyihalar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbari MDH mamlakatlarida energetika sektorini innovatsion rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli dastur ishlab chiqish va amalga oshirishni taklif etdi. Beshinchidan, raqamlashtirish sohasidagi hamkorlik. Davlatimiz rahbari joriy yil avgust oyida Samarqandda o‘tgan "MDHda sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish" mavzusidagi xalqaro forum bu sohadagi kooperatsiya borasida o‘zaro qiziqish va imkoniyatlar ortib borayotganini ko‘rsatganini ta’kidladi. Shu munosabat bilan ushbu sohada Amaliy hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha ko‘p tomonlama harakatlar rejasini ishlab chiqishni taklif etdi. Davlatimiz rahbari fan, ta’lim, madaniyat va san’at sohalarida qo‘shma loyiha va dasturlarni kengaytirish muhimligiga alohida e’tibor qaratdi. - Mamlakatlarimizda ta’lim sektori va mehnat bozori jadal rivojlanayotganini hisobga olib, Diplomlar, malaka va akademik dasturlarni o‘zaro tan olish to‘g‘risida yangi davlatlararo kelishuvni tayyorlash, Professional standartlar va malaka talablarini uyg‘unlashtirish mexanizmini joriy etish lozim, deb hisoblaymiz, - dedi Prezident. Kelgusi yilda kun tartibiga innovatsion ekotizimlarni shakllantirish, yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash uchun Yoshlar laboratoriyasini yaratish masalasini kiritgan holda, MDH Yoshlar forumini Xivada o‘tkazishga tayyorlik bildirildi.  Mintaqaviy xavfsizlik masalalariga to‘xtalar ekan, Prezidentimiz tashqi siyosiy idoralar va maxsus xizmatlar o‘rtasidagi tizimli va yaqin aloqalarni davom ettirish muhimligiga e’tibor qaratdi. Afg‘onistondagi vaziyat alohida e’tiborni talab qiladi. - O‘zbekiston Afg‘onistonda uzoq muddatli tinchlik, osoyishtalik va barqaror taraqqiyotni ta’minlashning qat’iy tarafdori ekanini ta’kidlayman. Shu munosabat bilan ushbu mamlakatda yirik investitsiya va infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda birgalikda ishtirok etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishni taklif etamiz, - dedi mamlakatimiz yetakchisi. So‘zining yakunida Shavkat Mirziyoyev Sergey Lebedevning MDH Bosh kotibi lavozimiga qayta tayinlanishini qo‘llab-quvvatladi hamda Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovga tashkilotga raislikni qabul qilib olgani munosabati bilan muvaffaqiyatlar tiladi. Yig‘ilishda Hamdo‘stlikka a’zo boshqa mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlari ham so‘zga chiqdi. Sammit yakunida MDH doirasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha kelishuv va qarorlar to‘plami imzolandi.

Rahbar va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi
Yoshlar —  jamiyatning ertasi. Barchamizga ma’lumki, mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab quvvatlash, qiziqish va takliflarini tinglash maqsadida uchrashuvlar o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan. Ayni shu maqsadda joriy yilning 8-oktyabr kuni “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ ijro apparatida jamiyat boshqaruv raisi Shamsiddin Alimov tizimdagi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.  Ushbu uchrashuvning asosiy maqsadi – yoshlar bilan tizimli ishlash, ularning muammolarini eshitish, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lib, yurtimizda amalga oshirilayotgan yoshlar borasidagi islohotlarning amaliy ifodasi hisoblanadi. Uchrashuv ochiq muloqot shaklida bo‘lib o‘tdi. Tizimda faoliyat olib borayotgan yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan taklif va tashabbuslarini bildirishdi. Shuningdek, rahbar tomonidan kelib tushgan taklif va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlab, amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha mas’ul rahbarlarga topshiriq berildi.  Tadbir so‘ngida, bu kabi uchrashuvlar sohaning yo‘nalish rahbarlari ishtirokida tizim osti tashkilotlarda ham muntazam o‘tkazilishi belgilab olindi.

O‘zbekiston Prezidenti Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini takidladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-oktyabr kuni Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining Gabala shahrida o‘tgan navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi. Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev raisligida o‘tgan tadbirda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an, Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov, Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban, Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev va boshqa rasmiy shaxslar ham qatnashdi. Kun tartibiga muvofiq, tashkilot doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi, amaliy sheriklikning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Davlatimiz rahbari so‘zining avvalida Ozarbayjon Prezidentiga qadimdan Buyuk ipak yo‘lidagi muhim savdo va madaniyat markazlaridan biri bo‘lgan Gabala shahrida sammit yuksak darajada tashkil etilgani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. - Sizning bevosita tashabbusingiz bilan biz oxirgi yillarda zamonaviy Ozarbayjonning ko‘plab hududlariga tashrif buyurdik. Go‘zal Qorabog‘ kun sayin obod bo‘layotganiga, Shusha, Xonkendi, Ag‘dam shaharlaridagi ulkan bunyodkorlik ishlariga guvoh bo‘ldik. Albatta, yaqin do‘stlaringiz sifatida bu ijobiy jarayonlar bizlarni juda quvontiradi, - dedi davlatimiz rahbari. Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida imzolangan Tinchlik deklaratsiyasi tashkilot mamlakatlariga savdo, iqtisodiyot, transport va gumanitar sohalarda hamkorlik qilish uchun keng imkoniyatlar ochayotgani alohida ta’kidlandi. Davlatimiz rahbari, shuningdek, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovga TDTga samarali raislik qilgani va hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qo‘shgan munosib hissasi uchun minnatdorlik bildirdi. Sammit kun tartibiga o‘tar ekan, O‘zbekiston yetakchisi bugungi xalqaro vaziyatga qisqacha tavsif berdi. Bu galgi yig‘ilish murakkab geosiyosiy o‘zgarishlar, dunyoda va mintaqada xavfsizlikka tahdidlar kuchayib borayotgan sharoitda o‘tayotgani ta’kidlandi. - Yaqinda Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining yubiley sessiyasidagi jahon yetakchilarining chiqish va yondashuvlari ham zamonaviy dunyoning siyosiy va xavfsizlik arxitekturasi bo‘yicha yakdil pozitsiya yo‘qligini yana bir bor namoyon etdi, - dedi davlatimiz rahbari. Shu nuqtayi nazardan, global boshqaruv tizimini chuqur isloh qilish va takomillashtirish, BMT va Xavfsizlik Kengashining rolini oshirish, shuningdek, xalqaro ishlarda rivojlanayotgan mamlakatlarning ovozini kuchaytirish zarurligi yana bir bor ta’kidlandi. Yevroosiyo qit’asida tobora avj olayotgan, oxiri ko‘rinmayotgan mojaro va urushlar Tashkilot davlatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani qayd etildi. G‘azo sektoridagi fojia, Ukraina atrofidagi vaziyat, Eronning yadro dasturi muammosi, Afg‘onistondagi barqarorlik masalalari jiddiy xavotir uyg‘otmoqda. O‘zbekiston rahbari jahonning qudratli davlatlarining adolatli dunyo tartibotini shakllantirish, o‘zaro ishonch va xavfsizlikni ta’minlash borasidagi intilishlari va yangi rejalarini olqishladi. Global vaziyatni chuqur tahlil qilish va zarur qarorlar qabul qilish maqsadida TDT mamlakatlari tashqi siyosiy idoralari va maxsus xizmatlari rahbarlarining qo‘shma uchrashuvlarini o‘tkazish va bunday formatdagi birinchi yig‘ilishni kelgusi yilda Samarqand shahrida tashkil etish taklif qilindi. O‘zbekiston yetakchisi qisqa muddatda jadal rivojlanib borayotgan nufuzli xalqaro tuzilmalar qatoriga kirgan Turkiy davlatlar tashkilotining o‘rni va ahamiyati tobora ortib borayotganini ta’kidladi. Oliy darajadagi siyosiy muloqot kengayib, o‘zaro ishonch mustahkamlanib borayotgani, qo‘shma loyihalar va gumanitar dasturlar faol amalga oshirilayotgani bundan dalolat beradi. Bugungi kunda TDT doirasida 35 dan ortiq yo‘nalishda amaliy hamkorlik qilinmoqda. O‘zaro savdo hajmi barqaror oshib bormoqda va 2030 yilga borib ikki barobar ko‘payishi kutilmoqda. Davlatimiz rahbari o‘z nutqining asosiy qismida amaliy hamkorlikni yanada kengaytirishning aniq masalalariga to‘xtaldi. Tashkilotning nufuzi va salohiyatini oshirish, yaqin istiqbolda uning samarali hamkorlik maydoni sifatidagi rolini kuchaytirish ustuvor vazifa ekani ta’kidlandi. - Bu borada Turkiy davlatlar o‘rtasida strategik sheriklik, abadiy do‘stlik va qardoshlik to‘g‘risidagi bitimni tezroq kelishib, qabul qilish tarafdorimiz. Albatta, bu muhim bitim hamkorligimizni rivojlantirish yo‘lida asosiy siyosiy hujjat sifatida qardosh xalqlarimizni yanada yaqinlashtirish, amaliy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishda mustahkam zamin bo‘lib xizmat qiladi, - dedi mamlakatimiz yetakchisi. Ko‘p qirrali sheriklikni kengaytirish va jadallashtirish maqsadida Turkiy davlatlar tashkilotini 2030 yilgacha rivojlantirish strategiyasi va uni amalga oshirish bo‘yicha alohida "yo‘l xaritasi"ni ishlab chiqish taklif qilindi. Ushbu hujjatlarda quyidagi aniq yo‘nalish va chora-tadbirlarni aks ettirish zarurligi qayd etildi. Birinchidan, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish. O‘zbekiston Prezidenti yaqin istiqbolda TDT doirasida savdo, biznes va o‘zaro investitsiyalar uchun eng qulay sharoitlar, huquqiy asos va infratuzilma yaratishni nazarda tutadigan Yangi iqtisodiy imkoniyatlar makonini shakllantirish muhimligini yana bir bor ta’kidladi. Amaliy hamkorlikni izchil rivojlantirish va aniq loyihalarni ishlab chiqish, xususan, Turkiy investitsiya jamg‘armasi doirasidagi rejalarni kelishish maqsadida Turkiy davlatlarning iqtisodiy sheriklik bo‘yicha doimiy kengashini ta’sis etish muhimligi qayd etildi. Doimiy asosda faoliyat yuritadigan ushbu tuzilmaga Tashkilot mamlakatlari Bosh vazirlarining o‘rinbosarlari rahbarlik qilishi mumkin. Kengashning Loyiha ofisini Toshkent shahrida joylashtirish taklif etildi. O‘zbekiston rahbari ta’kidlaganidek, quyidagi masalalar Kengashning doimiy e’tiborida bo‘lishi kerak: - Turkiy davlatlar Sanoat alyansini tuzish va shu orqali mashinasozlik, tog‘-kon sanoati, elektrotexnika, neft-kimyo, farmatsevtika, yengil, oziq-ovqat sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish sohalarida yetakchi kompaniyalarning kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga ko‘maklashish; - o‘zaro savdo hajmini yanada oshirish va texnik reglamentlarni yaqinlashtirish maqsadida "Turkiy yashil yo‘laklar" elektron tizimini joriy etish; - "yashil" energetika, "yashil" vodorod va ammiak bo‘yicha loyihalarni birgalikda amalga oshirish, ilg‘or texnologiyalar, standartlar va vakolatlarni jalb qilish, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini keng joriy etish uchun "Yashil transformatsiya" konsorsiumini tashkil etish; - strategik minerallar xomashyo bazasini rivojlantirish asosida qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish. Shu bilan birga, "xomashyo - qayta ishlash - ilm va texnologiyalar - tayyor mahsulot" tamoyili asosida amaliy hamkorlik dasturini qabul qilish muhimligi ta’kidlandi. Ikkinchidan, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash. Mavjud salohiyatni hisobga olgan holda, TDT mamlakatlari organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va yetkazib berish bo‘yicha jahon yetakchilariga aylanishi mumkin. FAO tahliliga ko‘ra, bugungi kunda jahon organik mahsulotlar bozori hajmi 225 milliard dollardan oshadi va kelajakda bu ko‘rsatkich har yili 10 foizga o‘sishi kutilmoqda. Sifatli va xaridorgir organik mahsulotlar ishlab chiqarish uchun ilmiy-tadqiqot va seleksiya, sanoat kooperatsiyasi va logistika aloqalarini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. - Kelajakda organik mahsulotlarimiz jahon bozoriga yagona brend bilan chiqishi mumkin. Bu borada qishloq xo‘jaligi vazirlarimiz nazoratida Ekspert ishchi guruhini tashkil etib, dastlabki “pilot” loyihalarni saralash va mamlakatlarimizda amalga oshirishni taklif etamiz, - dedi O‘zbekiston yetakchisi. Uchinchidan, transport jihatidan o‘zaro bog‘liqlikni kuchaytirish va xalqaro tranzit yo‘laklarini rivojlantirish sohasida muvofiqlashtirilgan siyosatni amalga oshirish. Mamlakatimiz yetakchisi O‘rta koridorni izchil rivojlantirish borasidagi rejalarni qo‘llab-quvvatlab, ushbu yo‘nalishning raqobatbardoshligini ta’minlash va biznes hamjamiyati uchun eng qulay sharoitlar yaratish muhim ekanini ta’kidladi. Shu ma’noda, maqbul tranzit tariflarini qo‘llash, zamonaviy transport infratuzilmasini rivojlantirish va raqamli bojxona tartib-taomillarini joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘rta koridor qurilayotgan Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston temir yo‘li va istiqbolli Transafg‘on yo‘lagi bilan bog‘lansa, ulkan mintaqada ko‘p tarmoqli, strategik magistral yo‘llar tizimi yaratiladi. Transport sohasiga oid bu tashabbuslarning barchasi 12-noyabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Multimodal tashuvlar bo‘yicha xalqaro forum doirasida atroflicha muhokama qilinishi rejalashtirilgan. To‘rtinchidan, keng ko‘lamli sanoat va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish uchun samarali moliyaviy vositalarni joriy etish. O‘zbekiston Prezidenti Turkiy investitsiya jamg‘armasi faoliyatini kengaytirish, ITB, ETTB va boshqa xalqaro hamda milliy moliya institutlari bilan Strategik hamkorlik dasturini qabul qilish tashabbusini ilgari surdi. Beshinchidan, barqaror rivojlanishning muhim drayverlariga aylanayotgan sun’iy intellekt, raqamlashtirish va kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish. Ushbu yo‘nalishlardagi sa’y-harakatlarni birlashtirish maqsadida sun’iy intellekt va kreativ iqtisodiyot sohalaridagi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi"ni qabul qilish taklif etildi. Davlatimiz rahbari O‘zbekistonda Turkiy dunyo xalqaro ko‘rgazmasini o‘tkazish tashabbusini ilgari surdi. Oltinchidan, "Jaholatga qarshi – ma’rifat" tamoyili asosida ilm-fan va ta’lim sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish. 2025-2026-yillarda mamlakatimiz 100 dan ortiq ta’lim muassasalarini birlashtirgan Turkiy universitetlar ittifoqiga raislik qilishi ta’kidlandi. Kelgusi hafta Toshkentda ittifoqning Bosh assambleyasi bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston raislik davrida "Turkiy ilm-fan va innovatsiyalar kunlari"ni o‘tkazish niyatida. O‘zbekiston Prezidenti ilm-fan va ta’lim sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlash, iqtidorli olimlarning tadqiqotlarini rag‘batlantirish maqsadida mamlakatimizda Turkiy davlatlar xalqaro universiteti o‘z faoliyatini boshlayotganini ma’lum qildi. Davlatimiz rahbari uning negizida Qo‘shma tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash dasturini ishlab chiqishni taklif etdi. Yettinchidan, yoshlar orasida yot va buzg‘unchi g‘oyalar tarqalishining oldini olish. Shu munosabat bilan Turkiy davlatlar makonida ekstremistik va radikal mafkuraga qarshi kurashish bo‘yicha Harakatlar rejasini qabul qilish taklif etildi. O‘zbekiston, shuningdek, islomofobiyaning barcha ko‘rinishlariga qarshi kurashishga qaratilgan yaqin muloqotni davom ettiradi. Bundan tashqari, Tashkilot doirasida yoshlar o‘rtasida ekologik bilimlar bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni ishlab chiqish muhim ekani ta’kidlandi. O‘zbekiston yetakchisi yana bir muhim masalaga e’tibor qaratdi. - Biz kelgusi yilda buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning 585 yilligi hamda ulug‘ ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviy tavalludining 885 yilligini keng nishonlaymiz. Ana shu mumtoz siymolarning insonparvarlik, o‘zaro do‘stlik va birdamlik haqidagi g‘oyalari, bebaho adabiy merosini keng targ‘ib etish maqsadida “Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy ijodi – Turkiy dunyo ma’naviy hayotida” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazishni taklif etamiz, - dedi davlatimiz rahbari. Yig‘ilishda xorijiy davlatlar delegatsiyalari rahbarlari ham so‘zga chiqdi. Sammit yakunida Tashkilotga a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan qo‘shma qaror va hujjatlar to‘plami qabul qilindi.

“Yer qa’rini qidirish, foydalanish va muhofaza qilish” bo‘yicha
MDH davlatlarining “Yer qa’rini qidirish, foydalanish va muhofaza qilish” bo‘yicha Hukumatlararo kengashining XXVIII sessiyasidagi ishtirok xususida Tog‘-kon sanoati geologiya vazirligi va tizimosti tashkilotlari mas’ul xodimlaridan iborat delegatsiya 2025-yil 25-26-sentabr kunlari Qozog‘iston Respublikasi, Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan MDH davlatlarining “Yer qa’rini qidirish, foydalanish va muhofaza qilish” bo‘yicha Hukumatlararo kengashining XXVIII sessiyasida ishtirok etishdi.  Sessiya yig‘ilishida 2024-yilning ikkinchi yarmi va 2025-yilning birinchi yarim yilligida Hukumatlararo kengashning Istiqbolli rejasida ko‘zda tutilgan loyihalar doirasida vazirlik tashkilotlari tomondan amalga oshirilgan ishlar va ularning natijalari bo‘yicha hisobot berildi.  Shuningdek, delegatsiya a’zolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasiga joriy etilayotgan zamonaviy innovatsion texnologiya, uslublar va erishilayotgan natijalar to‘g‘risida ma’ruzalar qilindi. Sessiya yig‘ilishida Hukumatlararo kengash faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirishida munosib xizmatlari bilan o‘z hissasini qo‘shgan bir qator faxriylar, xususan “Geologiya muzeyi” DM direktori A. Axmedshayev Kengashning ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Ekspeditsiyada xodimlar sharoiti o‘rganildi
“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari  I.Raximov Regional markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi tarkibidagi Qoraqalpoq dala ekspeditsiyasida faoliyat olib borayotgan xodimlarning ijtimoiy ahvoli, mehnat sharoitlari bilan yaqindan tanishdi. O‘rganishlar jarayonida xodimlar bilan ochiq muloqot tashkil qilindi. Unda mehnat kodeksi va yangi qabul qilingan jamoa shartnomasi bo‘yicha maʼlumotlar berilib, xodimlarni qiziqtirgan savollariga tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ekspeditsiyada ishlayotgan kam taʼminlangan xodimlar holidan xabar olindi.

Namuna tayyorlash jarayoni raqamlashtirilmoqda
Zarafshon dala ekspeditsiyasining namuna tayyorlash sexida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishga qaratilgan pilot loyiha ishga tushirildi. Loyiha doirasida ishlar sifatini real vaqt rejimida onlayn hisobga olish va nazorat qilish imkoniyati yaratildi. Dasturiy taʼminotni ishlab chiqish va joriy etish ishlari "O‘zbek geologiya qidiruv" AJning Raqamli geologiya boshqarmasi tomonidan amalga oshirildi. Ushbu loyiha geologiya-qidiruv ishlari samaradorligini oshirish, maʼlumotlarning shaffofligi va ishonchliligini taʼminlashga xizmat qiladi.

Xodimlarning bilim va jismoniy holati sinovdan o‘tkazildi
Toshkent markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasining 2025-yil 7- avgustdagi 251-sonli buyrug‘ini ta’minlash maqsadida Sharqiy-Qurama dala ekspeditsiyasi va Olmaliq dala ekspeditsiyasining Ma’muriy xo‘jalik bo‘limida xizmat qilayotgan xodimlardan navbatdagi bilim sinovi o‘tkazildi. Tadbir davomida xodimlarning kasbiy bilimlari, mehnat intizomiga munosabati, shuningdek, jismoniy holati baholandi. Bunday sinovlar nafaqat xodimlarning xizmat sifatini oshirishga, balki ularning kasbiy tayyorgarligini kuchaytirishga ham xizmat qiladi. Sinov jarayonida xodimlar o‘z faoliyatida zarur bo‘lgan bilimlarini amalda namoyish etishdi. Shu bilan birga, ularning mehnat faoliyati samaradorligini oshirish, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish va ish jarayonida mas’uliyatni yanada kuchaytirish borasida tegishli tavsiyalar berildi.

Kuzatuv kengashi tarkibidagi Tayinlov va xaq to‘lash qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 25-sentyabr kuni “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Kuzatuv kengashi tarkibidagi Tayinlov va xaq to‘lash qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni Kuzatuv kengashi-qo‘mita raisi Rustam Yusupov olib bordi hamda kun tartibida belgilangan masala muhokama qilindi. Xususan, bosh muhandis lavozimiga kelib tushgan nomzodlar bilan suhbat o‘tkazilib, baholash yakunlariga ko‘ra tanlangan nomzod qaror qabul qilish uchun kuzatuv kengashiga kiritildi.

Qizilqum markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida "Yong'indan ogohlik" oyligi doirasida o'quv mashg'ulotlari o'tkazildi
Respublikamiz hududida 2025-yil 15-sentabr – 15-oktabr kunlari "Yong'indan ogohlik" umummilliy kampaniyasi oyligi e'lon qilinganligi munosabati bilan  tarkibiy bo'linmalarida yong'in xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Zarafshon shahar Favqulodda vaziyatlar bo'limi xodimlari ishtirokida xodimlar o'rtasida havo-gaz aralashmasining chaqnashi va is gazidan zaharlanish hodisalarining oldini olish bo'yicha tushuntirish ishlari olib borildi va o'quv-amaliy mashg'ulotlari tashkil etildi. Mashg'ulotlarda xodimlarga yong'in xavfsizligi qoidalari, yong'in sodir bo'lganda harakatlanish tartibi, yong'in o'chirish vositalaridan foydalanish bo'yicha ko'nikmalar berildi.

O‘zbekiston Prezidenti MDH doirasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini ta’kidladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-oktyabr kuni Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi. Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon raisligida o‘tgan sammit ishida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan hamda MDH bosh kotibi Sergey Lebedev ishtirok etdi. Kun tartibiga muvofiq, Hamdo‘stlik doirasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Davlatimiz rahbari nutqining avvalida global siyosat va iqtisodiyotdagi oldindan bashorat qilib bo‘lmaydigan jarayonlar hamda xalqaro institutlarning roli zaiflashib borayotganiga qaramasdan, MDH o‘zining barqarorligi, samaradorligi va zarurligini namoyish etishda davom etayotganini ta’kidladi. O‘n yillar davomida yo‘lga qo‘yilgan mexanizmlar va aloqalar tufayli iqtisodiy, ijtimoiy va gumanitar masalalarning barcha yo‘nalishlarida yaqindan hamkorlik qilinmoqda. - Biz MDH doirasida hamkorlikni yanada mustahkamlash, shuningdek, tabiiy sheriklarimiz bo‘lgan mamlakatlar bilan amaliy hamkorlikning samaradorligini oshirishdan manfaatdormiz, - dedi O‘zbekiston Prezidenti. So‘ng mamlakatimiz yetakchisi Hamdo‘stlik doirasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha qator taklif va tashabbuslarni ilgari surdi. Jahon iqtisodiyotidagi vaziyatning keskinlashishi, proteksionizmning kuchayishi va barqaror rivojlanish yo‘lida yangi xavf-xatarlar yuzaga kelayotganini hisobga olgan holda iqtisodiy sheriklikni kengaytirish tashkilotning so‘zsiz ustuvor yo‘nalishi ekani ko‘rsatib o‘tildi. O‘zbekistonning MDHdagi sheriklari bilan tovar ayirboshlash hajmi o‘tgan yili 11 foizga oshgani va bu ko‘rsatkich joriy yilda ham o‘sishda davom etayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Bunday ko‘rsatkichlar tarmoqlararo kooperatsiya chuqurlashayotgani va o‘zaro investitsiyalar oqimi ko‘payib borayotgani tufaylidir. Mavjud imkoniyatlarni yanada to‘liq ishga solish, hamkorlikning bugungi sur’atini saqlab qolish maqsadida O‘zbekiston Prezidenti birgalikdagi sa’y-harakatlarni quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga qaratishni taklif etdi. Birinchidan, tovar ayirboshlashni ko‘paytirish uchun yanada qulay sharoitlarni shakllantirish. Alohida tovarlarni, birinchi navbatda, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish jarayonida tartib-taomil va talablarni soddalashtirish va milliy bozorlarga kirish, jumladan, davlat xaridlarida ishtirok etish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek MDH Iqtisodiy kengashi doirasida tashqi kon’yunktura o‘zgarishlariga tezkor javob berish va savdo oqimlari yo‘nalishini o‘zgartirish bo‘yicha mexanizmlarni ishga tushirish, texnik to‘siqlar va muvofiqlikni baholashga oid hujjatlarni tan olish to‘g‘risidagi bitimlar loyihalarini kelishish borasidagi ishlarni faollashtirish maqsadga muvofiq ekaniga e’tibor qaratildi. Ikkinchidan, transport sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish. MDH makonidagi transport tarmog‘ida mavjud yo‘laklar samaradorligini pasaytirayotgan muammoli holatlar hamon saqlanib qolayotgani qayd etildi. Bu barcha turdagi transportlar bilan integratsiyalashgan axborot-logistika markazlarini tashkil etishni taqozo etmoqda. Yuk tashish infratuzilmasini modernizatsiya qilish uchun xususiy investitsiyalarni jalb qilish muhimligini hisobga olib, O‘zbekistonda transport sohasida davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish masalalari bo‘yicha konferensiya o‘tkazish tashabbusi ilgari surildi. Uchinchidan, o‘zaro investitsiyalar o‘sishini rag‘batlantirish va kooperatsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash. Bu borada maxsus iqtisodiy va sanoat zonalarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi"ni tayyorlash, kooperatsiyani chuqurlashtirish va biznesni jalb qilgan holda innovatsion startaplarni ilgari surish uchun MDHning Venchur platformasini yaratish, kelgusi yilda Toshkentdagi "INNOPROM" ko‘rgazmasi negizida Innovatsion sanoat forumini o‘tkazish taklif qilindi. To‘rtinchidan, energetika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish. O‘zbekiston rahbari ta’kidlaganidek, bugungi kunda MDHdagi sheriklar bilan an’anaviy va muqobil energiya manbalaridan foydalanish, jumladan, atom elektr stansiyalari qurilishi sohasida qator yirik strategik loyihalar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbari MDH mamlakatlarida energetika sektorini innovatsion rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli dastur ishlab chiqish va amalga oshirishni taklif etdi. Beshinchidan, raqamlashtirish sohasidagi hamkorlik. Davlatimiz rahbari joriy yil avgust oyida Samarqandda o‘tgan "MDHda sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish" mavzusidagi xalqaro forum bu sohadagi kooperatsiya borasida o‘zaro qiziqish va imkoniyatlar ortib borayotganini ko‘rsatganini ta’kidladi. Shu munosabat bilan ushbu sohada Amaliy hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha ko‘p tomonlama harakatlar rejasini ishlab chiqishni taklif etdi. Davlatimiz rahbari fan, ta’lim, madaniyat va san’at sohalarida qo‘shma loyiha va dasturlarni kengaytirish muhimligiga alohida e’tibor qaratdi. - Mamlakatlarimizda ta’lim sektori va mehnat bozori jadal rivojlanayotganini hisobga olib, Diplomlar, malaka va akademik dasturlarni o‘zaro tan olish to‘g‘risida yangi davlatlararo kelishuvni tayyorlash, Professional standartlar va malaka talablarini uyg‘unlashtirish mexanizmini joriy etish lozim, deb hisoblaymiz, - dedi Prezident. Kelgusi yilda kun tartibiga innovatsion ekotizimlarni shakllantirish, yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash uchun Yoshlar laboratoriyasini yaratish masalasini kiritgan holda, MDH Yoshlar forumini Xivada o‘tkazishga tayyorlik bildirildi.  Mintaqaviy xavfsizlik masalalariga to‘xtalar ekan, Prezidentimiz tashqi siyosiy idoralar va maxsus xizmatlar o‘rtasidagi tizimli va yaqin aloqalarni davom ettirish muhimligiga e’tibor qaratdi. Afg‘onistondagi vaziyat alohida e’tiborni talab qiladi. - O‘zbekiston Afg‘onistonda uzoq muddatli tinchlik, osoyishtalik va barqaror taraqqiyotni ta’minlashning qat’iy tarafdori ekanini ta’kidlayman. Shu munosabat bilan ushbu mamlakatda yirik investitsiya va infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda birgalikda ishtirok etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishni taklif etamiz, - dedi mamlakatimiz yetakchisi. So‘zining yakunida Shavkat Mirziyoyev Sergey Lebedevning MDH Bosh kotibi lavozimiga qayta tayinlanishini qo‘llab-quvvatladi hamda Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovga tashkilotga raislikni qabul qilib olgani munosabati bilan muvaffaqiyatlar tiladi. Yig‘ilishda Hamdo‘stlikka a’zo boshqa mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlari ham so‘zga chiqdi. Sammit yakunida MDH doirasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha kelishuv va qarorlar to‘plami imzolandi.

Rahbar va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi
Yoshlar —  jamiyatning ertasi. Barchamizga ma’lumki, mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab quvvatlash, qiziqish va takliflarini tinglash maqsadida uchrashuvlar o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan. Ayni shu maqsadda joriy yilning 8-oktyabr kuni “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ ijro apparatida jamiyat boshqaruv raisi Shamsiddin Alimov tizimdagi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.  Ushbu uchrashuvning asosiy maqsadi – yoshlar bilan tizimli ishlash, ularning muammolarini eshitish, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lib, yurtimizda amalga oshirilayotgan yoshlar borasidagi islohotlarning amaliy ifodasi hisoblanadi. Uchrashuv ochiq muloqot shaklida bo‘lib o‘tdi. Tizimda faoliyat olib borayotgan yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan taklif va tashabbuslarini bildirishdi. Shuningdek, rahbar tomonidan kelib tushgan taklif va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlab, amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha mas’ul rahbarlarga topshiriq berildi.  Tadbir so‘ngida, bu kabi uchrashuvlar sohaning yo‘nalish rahbarlari ishtirokida tizim osti tashkilotlarda ham muntazam o‘tkazilishi belgilab olindi.

Biz haqimizda

Batafsil

Geologiya sohasidagi ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga joriy etish, o‘qitishning zamonaviy uslublaridan keng foydalanish, geologiya sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, shuningdek, ta’lim jarayonining moddiy-texnika bazasini ilg‘or xorijiy texnologiyalar asosida mustahkamlaydi

Markaziy ekspeditsiyalar
Ishchilar
Laboratoriya
Burg'ilash uskunalari
Texnikalar

Ish faoliyatimiz

Birinchi ish

Birinchi ish

Istiqbolli maydonlarni o‘rganish va loyihalashtirish ishlari asosida dala ishlarini amalga oshirish

Ikkinchi ish

Ikkinchi ish

Yer usti geologik-geofizik o‘rganish ishlari, burg‘ilash, yer usti yer osti tog‘-kon o‘tish ishlarini amalga oshirish

Uchinchi ish

Uchinchi ish

Olingan dala materiallari asosida laboratoriya tahlilarini olib borish, laboratoriya tahlilar va dala kuzatuv materiallarini qayta ishlash jarayoni, barcha to‘plangan maʼlumotlar asosida maydonning geologik xususiyatlarini yoritib berish va shu asosida zaxira yoki bashorat resurslari haqida yakuniy geologik hisobot tuzish

Interaktiv xizmatlar

Foydali havolalar

Hamkorlarimiz