+998 55 503 14 03
"O‘ZBEK GEOLOGIYA QIDIRUV" AJ

Акционерное общество «УЗБЕКГЕОЛОГОРАЗВЕДКА»

Подробнее
Qizilqumda sport musobaqalari o‘tkazildi
Qizilqum markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan xodimlar o‘rtasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida sport musobaqalari tashkil etildi. Musobaqalarda mini futbol, stol tennisi, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha xodimlar o‘zaro kuch sinashdilar. Bellashuvlar davomida ishtirokchilar sportga bo‘lgan qiziqishi, jamoaviy hamjihatligi va g‘alabaga bo‘lgan intilishini namoyon etdilar. Mazkur sport tadbiri xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviy birdamlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

O‘zbekiston va Xitoy to‘g‘-kon sanoatida “yashil” hamkorlikni kengaytirmoqda
Xitoy Xalq Respublikasida “O‘zbekistonda tog‘-kon sanoatini barqaror rivojlantirish” mavzusida xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli tadbir ikki davlat o‘rtasida mineral resurslardan oqilona foydalanish va sohaga zamonaviy innovatsiyalarni joriy etish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.Joriy yilning 5-18-avgust kunlari Xitoy Xalq Respublikasida tashkil etilgan ushbu seminarda O‘zbekiston tog‘-kon sohasi mutaxassislaridan iborat delegatsiya ishtirok etdi. Tadbir Xitoyning Pekin va Sian kabi yirik shaharlarida yuqori saviyada o‘tkazildi.Seminar davomida Xitoyning geologiya va tog‘-kon sanoatini rivojlantirish, mineral resurslardan oqilona foydalanish, ESG tamoyillarini joriy etish, ekologik monitoring hamda geologik jarayonlarni raqamlashtirish bo‘yicha ilg‘or tajribasi o‘rganildi. Shuningdek, “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Geomonitoring bo‘limi boshlig‘i – Elbek Pulatov O'zbekiston Respublikasining mineral-xom ashyo salohiyati va “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ faoliyati, maqsadi va vazifalari haqida seminar ishtirokchilariga ma’lumot berdi. Tadbir ishtirokchilari Sian shahrida geologik qidiruv jarayonlarini raqamlashtirishga qaratilgan “Geosite” tizimi hamda yirik sanoat korxonalarining barqaror rivojlanish tajribasi bilan tanishdilar.Mazkur seminar ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy va ilmiy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish va olingan bilim va ilg‘or xorijiy tajribalarni sohada qo‘llash orqali ekologik xavfsizlikni ta’minlash, resurslarni tejash va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

“Kitob – ma’rifat manbai” dasturi doirasida kitobxonlik targ‘ib qilindi
“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Regional Markaziy geologik tasvirlash ekspeditsiyasi hamda Samarqand Markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi xodimlari o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaaga bo‘lgan qiziqishni oshirish, shuningdek, kitobning inson ma’naviyati va dunyoqarashini boyitishdagi muhim o‘rnini targ‘ib qilish maqsadida “Kitob – ma’rifat manbai” dasturi doirasida tadbir tashkil etildi.Tadbir davomida kitobxonlikning inson hayotidagi ahamiyati, mutolaaning ma’naviy va intellektual rivojlanishdagi o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi. 📚Kitob — bilim va ma’rifat manbai, tafakkur va ma’naviyatning mustahkam poydevoridir!

Mustaqillik bayrami munosabati bilan sport musobaqasi o‘tkazildi
“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Regional Markaziy geologik tasvirlash ekspeditsiyasi xodimlari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan sport musobaqasi tashkil etildi.Musobaqadan ko‘zlangan asosiy maqsad xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash hamda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishdan iborat.Bellashuvlar ko‘tarinki ruhda va do‘stona muhitda o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘zlarining chaqqonligi, epchilligi va sport mahoratini namoyish etdilar.

Analitik laboratoriyalar majmuasida xodimlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaaga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda kitobning inson ma’naviyati va dunyoqarashini boyitishdagi ahamiyatini targ‘ib qilish maqsadida “Kitob – ma’rifat manbai” dasturi doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.Tadbir davomida kitob mutolaasining inson hayotidagi o‘rni, bilim va tafakkurni rivojlantirishdagi ahamiyati haqida fikr almashildi. Xodimlarga badiiy, ilmiy-ommabop hamda ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlarni muntazam mutolaa qilish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish yuzasidan tavsiyalar berildi.Shuningdek, xodimlar va yoshlar o‘rtasida kitobxonlik muhitini shakllantirish, kitobga mehr va hurmatni oshirish hamda mutolaa madaniyatini keng targ‘ib qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. “Kitob – ma’rifat manbai” dasturi doirasidagi bunday tadbirlar xodimlarning ma’naviy dunyosini boyitish, bilim va dunyoqarashini kengaytirish hamda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Mustaqillik bayrami munosabati bilan rasmlar chelenji
Hisor markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan bosh g‘oya ostida rasmlar chelenji tashkil etildi. Chelenjda xodimlar tomonidan Mustaqillik bayrami, Vatanga muhabbat va yurtimiz kelajagiga bo‘lgan ishonchni aks ettiruvchi ijodiy rasmlar namoyish etildi.

Sog‘lom xodim — faol jamoa!
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Toshkent markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi xodimlari o‘rtasida futbol, stol tennisi va shashka bo‘yicha sport musobaqalari o‘tkazildi.Musobaqalardan ko‘zlangan maqsad — xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash va sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish.Bellashuvlar ko‘tarinki kayfiyat va do‘stona muhitda o‘tdi. Ishtirokchilar o‘z mahorat va qobiliyatlarini namoyon etdilar.Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.

Ertaga respublikada navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi
Ertaga, 25-avgust kuni respublikaning barcha hududlarida navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi.

Davlat mukofoti muborak bo‘lsin
“O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida” Prezident Farmoniga asosan bir qator vatandoshlarimizga yuksak davlat mukofotlari berildi.“O‘zbek geologiya qidiruv” aksiyadorlik jamiyatining “Qizilqum” markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi “Dovg‘iztov” dala ekspeditsiyasi mashinisti – Ergashev Uktam Salimovich  “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi. Aksiydorlik jamiyati jamoasi nomidan yuksak mukofot bilan tabriklaymiz.

Qizilqumda sport musobaqalari o‘tkazildi
Qizilqum markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan xodimlar o‘rtasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida sport musobaqalari tashkil etildi. Musobaqalarda mini futbol, stol tennisi, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha xodimlar o‘zaro kuch sinashdilar. Bellashuvlar davomida ishtirokchilar sportga bo‘lgan qiziqishi, jamoaviy hamjihatligi va g‘alabaga bo‘lgan intilishini namoyon etdilar. Mazkur sport tadbiri xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviy birdamlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

O‘zbekiston va Xitoy to‘g‘-kon sanoatida “yashil” hamkorlikni kengaytirmoqda
Xitoy Xalq Respublikasida “O‘zbekistonda tog‘-kon sanoatini barqaror rivojlantirish” mavzusida xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli tadbir ikki davlat o‘rtasida mineral resurslardan oqilona foydalanish va sohaga zamonaviy innovatsiyalarni joriy etish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.Joriy yilning 5-18-avgust kunlari Xitoy Xalq Respublikasida tashkil etilgan ushbu seminarda O‘zbekiston tog‘-kon sohasi mutaxassislaridan iborat delegatsiya ishtirok etdi. Tadbir Xitoyning Pekin va Sian kabi yirik shaharlarida yuqori saviyada o‘tkazildi.Seminar davomida Xitoyning geologiya va tog‘-kon sanoatini rivojlantirish, mineral resurslardan oqilona foydalanish, ESG tamoyillarini joriy etish, ekologik monitoring hamda geologik jarayonlarni raqamlashtirish bo‘yicha ilg‘or tajribasi o‘rganildi. Shuningdek, “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Geomonitoring bo‘limi boshlig‘i – Elbek Pulatov O'zbekiston Respublikasining mineral-xom ashyo salohiyati va “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ faoliyati, maqsadi va vazifalari haqida seminar ishtirokchilariga ma’lumot berdi. Tadbir ishtirokchilari Sian shahrida geologik qidiruv jarayonlarini raqamlashtirishga qaratilgan “Geosite” tizimi hamda yirik sanoat korxonalarining barqaror rivojlanish tajribasi bilan tanishdilar.Mazkur seminar ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy va ilmiy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish va olingan bilim va ilg‘or xorijiy tajribalarni sohada qo‘llash orqali ekologik xavfsizlikni ta’minlash, resurslarni tejash va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

“Kitob – ma’rifat manbai” dasturi doirasida kitobxonlik targ‘ib qilindi
“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Regional Markaziy geologik tasvirlash ekspeditsiyasi hamda Samarqand Markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi xodimlari o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaaga bo‘lgan qiziqishni oshirish, shuningdek, kitobning inson ma’naviyati va dunyoqarashini boyitishdagi muhim o‘rnini targ‘ib qilish maqsadida “Kitob – ma’rifat manbai” dasturi doirasida tadbir tashkil etildi.Tadbir davomida kitobxonlikning inson hayotidagi ahamiyati, mutolaaning ma’naviy va intellektual rivojlanishdagi o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi. 📚Kitob — bilim va ma’rifat manbai, tafakkur va ma’naviyatning mustahkam poydevoridir!

Mustaqillik bayrami munosabati bilan sport musobaqasi o‘tkazildi
“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Regional Markaziy geologik tasvirlash ekspeditsiyasi xodimlari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan sport musobaqasi tashkil etildi.Musobaqadan ko‘zlangan asosiy maqsad xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash hamda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishdan iborat.Bellashuvlar ko‘tarinki ruhda va do‘stona muhitda o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘zlarining chaqqonligi, epchilligi va sport mahoratini namoyish etdilar.

Внедрение в практику результатов научных исследований в области геологии, широкое использование современных методов обучения, коренное совершенствование системы подготовки высококвалифицированных кадров в области геологии, а также укрепление материально-технической базы образовательного процесса на основе передовых зарубежных технологий

0
Центральная экспедиции
0
Рабочие
0
Лаборатория
0
Буровое оборудование
0
Техники

Наша работа

Первая работа

Первая работа

Проведение полевых работ на основе изучения и проектирования перспективных площадей.

Вторая работа

Вторая работа

Проведение наземных геолого-геофизических исследований, бурения, работ по переходу открытых и подземных горных работ

Третий работа

Третий работа

Проведение лабораторных анализов на основе полученных полевых материалов, процесс обработки лабораторных анализов и материалов полевых наблюдений, выяснение геологической характеристики территории на основе всех собранных данных и составление на их основе итогового геологического отчета о запасах или прогнозных ресурсах

Интерактивные услуги

Полезные ссылки

Наши партнеры