"O‘ZBEK GEOLOGIYA QIDIRUV" AJ
  1. Главная
  2. Пресс-центр
  3. Новости

“Kitob – ma’rifat manbai” dasturi doirasida kitobxonlik targ‘ib qilindi

4

Analitik laboratoriyalar majmuasida xodimlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaaga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda kitobning inson ma’naviyati va dunyoqarashini boyitishdagi ahamiyatini targ‘ib qilish maqsadida “Kitob – ma’rifat manbai” dasturi doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida kitob mutolaasining inson hayotidagi o‘rni, bilim va tafakkurni rivojlantirishdagi ahamiyati haqida fikr almashildi. Xodimlarga badiiy, ilmiy-ommabop hamda ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlarni muntazam mutolaa qilish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Shuningdek, xodimlar va yoshlar o‘rtasida kitobxonlik muhitini shakllantirish, kitobga mehr va hurmatni oshirish hamda mutolaa madaniyatini keng targ‘ib qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

“Kitob – ma’rifat manbai” dasturi doirasidagi bunday tadbirlar xodimlarning ma’naviy dunyosini boyitish, bilim va dunyoqarashini kengaytirish hamda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Поделиться

Полезные ссылки