- Главная
- Пресс-центр
- Новости
Mustaqillik bayrami munosabati bilan sport musobaqasi o‘tkazildi
5
“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Regional Markaziy geologik tasvirlash ekspeditsiyasi xodimlari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan sport musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqadan ko‘zlangan asosiy maqsad xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash hamda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishdan iborat.
Bellashuvlar ko‘tarinki ruhda va do‘stona muhitda o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘zlarining chaqqonligi, epchilligi va sport mahoratini namoyish etdilar.
