- Главная
- Пресс-центр
- Новости
Xodimlarning bilim va jismoniy holati sinovdan o‘tkazildi
Toshkent markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasining 2025-yil 7- avgustdagi 251-sonli buyrug‘ini ta’minlash maqsadida Sharqiy-Qurama dala ekspeditsiyasi va Olmaliq dala ekspeditsiyasining Ma’muriy xo‘jalik bo‘limida xizmat qilayotgan xodimlardan navbatdagi bilim sinovi o‘tkazildi.
Tadbir davomida xodimlarning kasbiy bilimlari, mehnat intizomiga munosabati, shuningdek, jismoniy holati baholandi. Bunday sinovlar nafaqat xodimlarning xizmat sifatini oshirishga, balki ularning kasbiy tayyorgarligini kuchaytirishga ham xizmat qiladi.
Sinov jarayonida xodimlar o‘z faoliyatida zarur bo‘lgan bilimlarini amalda namoyish etishdi. Shu bilan birga, ularning mehnat faoliyati samaradorligini oshirish, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish va ish jarayonida mas’uliyatni yanada kuchaytirish borasida tegishli tavsiyalar berildi.