"O‘ZBEK GEOLOGIYA QIDIRUV" AJ
  1. Главная
  2. Пресс-центр
  3. СМИ о нас

СМИ о нас

Jurnalistlar geologiya-qidiruv sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi
— Ekspeditsiya jarayonlari qaysi mablag‘lar hisobiga yo‘lga qo‘yiladi? — Texnikalar yetarlimi, ish unumdorligi qanday?   —Yaqinda qabul qilingan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida  geologiya-qidiruv sohasi bo‘yicha qanday vazifalar qo‘yildi?   “O‘zbek geologiya qidiruv” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Toshkent markaziy geologiya-qidiruv ekspeditsiyasiga press-tur tashkil etildi. Geologiya-qidiruv sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish maqsadida tashkil etilgan press-tur davomida mazkur savollarga javob oldik.   Ma’lumki, davlatimiz rahbarining tegishli  qaroriga muvofiq, 2021 yil avgust oyida geologiya-qidiruv ishlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha “O‘zbek geologiya qidiruv” aksiyadorlik jamiyati tashkil etilgan. Bugungi kunda jamiyat tomonidan zamonaviy va yuqori samarali uskunalar, ilg‘or texnika va innovatsion texnologiyalar orqali hududlarda geologiya-qidiruv ishlari jadal amalga oshirilib, respublika mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirishga katta hissa qo‘shib kelinmoqda.   Ayni damda sohada 3 ming 500 dan ziyod xodim faoliyat olib bormoqda.  Ular geolog, muhandis, quruvchi, iqtisodchi va boshqa soha mutaxassislaridir.   Press-tur davomida jurnalistlar dastlab geologiya-qidiruv ishlariga xizmat ko‘rsatuvchi texnikalar,burg‘ulash uskunalari bilan tanishtirildi.   —  Geologiya sohasida olib borayotgan islohotlarimizni, eng avvalo texnikalarni yangilash hamda ko‘paytirishdan boshladik, — deydi Toshkent markaziy geologiya-qidiruv ekspeditsiya rahbari Bektosh Eshmirzayev.— Hozirgi kunda jamiyatda 78 dona zamonaviy yuqori texnologik va 12 dona boshqa turdagi burg‘ulash uskunalari, 41 dona maxsus texnika, 62 dona suv tashuvchi maxsus avtotransport, 59 dona yo‘l qurilish texnikalari mavjud. Ushbu texnikalar dalada ish olib borayotgan geologiya-qidiruv ishlariga xizmat ko‘rsatadi. Bunday texnikalar albatta ish unumdorligi va belgilangan rejalarni o‘z vaqtida bajarishga xizmat qiladi.     Aksiyadorlik jamiyati tarkibida respublikamiz hududida geologik qidiruv ishlarini olib borish uchun 4 ta ekspeditsiya mavjud. Xususan, Qizilqum, Hisor, Samarqand va Toshkent markaziy geologiya-qidiruv ekspeditsiyalari hamda Markaziy laboratoriya, Markaziy ishlab chiqarish bazasi va Kompleks geologik geofizika partiyasi, shuningdek, “Geoburxizmat” uchastkalari mavjud.   Bu tashkilotlar geologiya-qidiruv sohasidagi ishlar samaradorligini va natijadorligini oshirishga xizmat qilib kelmoqda.     Markaziy laboratoriyada asosan olib kelingan namunalarning tahlil ishlari olib boriladi. Ya’ni, olib kelingan elementlarning tarkibida qancha oltin, kumush, mis, rux, qo‘rg‘oshin kabi elementlar borligi aniqlanadi.   —Geologiya, eng avvalo izlashdan boshlanadi, — deydi Toshkent markaziy geologiya-qidiruv ekspeditsiyasining bosh geologi Mahmud Jumaqulov. — Keyin baholash va qidiruv ishlariga o‘tamiz. O‘sha jarayonda biz namunalar olib, ular laboratoriyaga topshiriladi. Laboratoriyada mavjud metall va elementlarning miqdorini aniqlaymiz. Asosan oltin, kumush, rangli metallar va noyob yer elementlarini qidiramiz.   Toshkent markaziy geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi ikkita dala ekspeditsiyasidan iborat. Birinchisi, “Sharqiy-Qurama” dala ekspeditsiyasi. Bugungi kunga qadar Qizil olma va Chodak ma’dan maydonlarida nodir va rangli metallarni geologik izlash va baholash ishlari 13 ta loyiha asosida olib borilayapti.  Bulardan 6 ta loyiha davlat byudjeti va 7 ta loyiha maxsus mablag‘lar hisobidan amalga oshirildi. Ikkinchisi, Olmaliq dala ekspeditsiyasi bo‘lib, unda joylashgan Qalmoqqir koni o‘zining ko‘lami va olinadigan foydali qazilma boyliklari turfaligi tufayli dunyodagi barcha geologik darsliklarga kiritilgan.     Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, bugungi kunda geologiya sohasida respublika mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirishda “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarning o‘rni ahamiyatlidir.     “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida kelgusida respublikaning 60 ming kvadrat kilometr maydonida geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish vazifasi qo‘yildi.   Nigora Rahmonova,   Abror Sodiqov(Video) O‘zA

113

Пресс-тур в Ташкентскую центральную геологоразведочную экспедицию
12 октября текущего года информационной службой акционерного общества «Узбекгеологоразведка» был организован пресс-тур в Ташкентскую центральную геологоразведочную экспедицию Министерства горнодобывающей промышленности и геологии Республики Узбекистан. Целью пресс-тура стало ознакомление с деятельностью АО «Узбекгеологоразведка» и ходом выполнения задач, направленных на обеспечение развития минерально-сырьевой базы республики. Сперва участникам пресс-тура была представлена подробная информация о деятельности АО «Узбекгеологоразведка» по направлению составления и оцифровки геологических карт, эффективного использования транспортной техники. Также в рамках пресс-тура представители СМИ ознакомились с деятельностью Ташкентской центральной геологоразведочной экспедиции, в частности, с основным транспортным оборудованием экспедиции, буровыми работами на участке «Унгурликон», техническими процессами на кернохранилище и с лабораторным комплексом «Восточно-Кураминской полевой геологоразведочной экспедиции» Ташкентского ЦГЭ. На основании Указа Президента Республики Узбекистан от 28 февраля текущего года УП-27 «О государственной программе по реализации стратегии развития Нового Узбекистана на 2022-2026 годы в «Год заботы о человеке и качественного образования» в Ташкентской центральной геологоразведочной экспедиции осуществлён ряд проектов. Ташкентская ЦГЭ состоит из двух полевых экспедиций, первая из которых – «Восточно-Кураминская полевая геологоразведочная экспедиция». Работниками данной экспедиции на сегодняшний день по 13 проектам ведутся геологоразведочные и оценочные работы редких и цветных металлов на месторождениях «Кызыл Олма» и «Чодак». Из них 6 проектов реализуются за счет средств, выделенных из государственного бюджета, и 7 проектов – за счет специальных средств. Вторая – «Алмалыкская полевая экспедиция», в которой месторождение «Кальмакыр» благодаря своим масштабам и разнообразию добываемых на нем полезных ископаемых (более 10 цветных и редких элементов периодической системы Менделеева). Следует отметить, что рудник «Кальмакыр» является одним из крупнейших в мире открытых медно-порфировых месторождений. В соответствии с Постановлением Президента Республики Узбекистан «О дополнительных мерах по расширению производства цветных и драгоценных металлов на базе месторождений АО «Алмалыкский ГМК» на сегодняшний день ведется масштабная работа по освоению месторождения «Ёшлик I». В результате реализации крупных инвестпроектов планируется увеличить производственные мощности АГМК в 4 раза. Для выполнения этих работ в настоящее время интенсивно ведется строительство медной обогатительной фабрики-3. - В кернохранилище имеется 22 500 ящиков для кернов, в которых находится 135 000 погонных метров данных образцов породы, - рассказал главный геолог Алмалыкской полевой экспедиции Даврон Эрматов. - В настоящее время наша экспедиция работает над проектами поисково-разведочных и оценочных работ по 2 полиметаллическим и 6 медным рудам, а также 5 редких металлов. В последние годы благодаря вниманию главы нашего государства, уделяемого к геологоразведочной сфере, кардинально обновлена материально-техническая база отрасли, введена в эксплуатацию новая специальная техника и буровое оборудование, изготовленных на основе передовых зарубежных технологий. В результате этого производительность труда возросла в разы.  Раньше геологические работы проводились на глубине до 600 метров. Теперь же геологические исследования ведутся на глубине до 1 200 метров. Это, безусловно, повышает эффективность проводимых работ, направленных на расширение минерально-сырьевой базы. Ярким примером работ, проводимых в этой области, является открытие на территории Алмалыка крупного медно-порфирового месторождения «Мискон». Также за счет дополнительных разведочных работ глубоких горизонтов и флангов месторождений «Карабулак» и «Ёшлик II» увеличиваются запасы медно-молибденовых и золотых руд. Расширению свинцово-цинковой минерально-сырьевой базы способствуют месторождения «Кульчулак» и центральных участков, а приросту запасов золота – участки «Куйикенжасай», «Жанубий I» и Тогап. Представители СМИ в ходе пресс-тура подробно ознакомились с проводимыми реформами в области геологии на примере Ташкентской центральной геологоразведочной экспедиции. Информационная служба АГМК

112

Toshkent Markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasiga tashkil etilgan press-tur tafsiloti
Joriy yilning 12- oktabr kuni “O‘zbek geologiya qidiruv” aksiyadorlik jamiyati faoliyati bilan yaqindan tanishish va geologiya qidiruv sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, respublika mineral-xom ashyo bazasi rivojlantirilishini taʼminlashga qaratilgan vazifalar ijrosi bilan yaqindan tanishish maqsadida aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi Toshkent Markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasiga press-tur tashkil etildi. Unda ommaviy axborot vositalari vakillari va jurnalistlar ishtirok etdilar.Maʼlumki, 2021 yil 21 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5083-son Qaroriga muvofiq, 2021 yil avgust oyida geologiya qidiruv ishlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha “O‘zbek geologiya qidiruv” aksiyadorlik jamiyati tashkil etilgan. Bugungi kunda jamiyat tomonidan zamonaviy va yuqori samarali uskunalar, ilg‘or texnika va innovatsion texnologiyalar orqali hududlarda geologiya-qidiruv ishlarini jadal amalga oshirib, respublika mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirishga katta hissa qo‘shib kelmoqda. Aksiyadorlik jamiyati tarkibida respublikamiz hududida geologik qidiruv ishlarini olib borish uchun 4 ta ekspeditsiya mavjud bo‘lib, bular Qizilqum, Hisor, Samarqand va Toshkent Markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyalari hamda Markaziy laboratoriya, Markziy ishlab chiqarish bazasi va Kompleks geologik geofizika partiyasi, shuningdek, Geoburxizmat uchastkalari mavjud bo‘lib, bu tashkilotlar geologiya-qidiruv sohasidagi ishlarni samaradorligini va natijadorligini oshirishga xizmat qilib kelmoqda. Hozirgi kunda jamiyatda 78 dona zamonaviy yuqori -texnologik va 12 dona boshqa turdagi burg‘ulash uskunalari, 41 dona maxsus texnika, 62 dona suv tashuvchi maxsus avtotransport, 59 dona yo‘l qurilish texnikalari mavjud bo‘lib bu esa albatta ish unumdorligi va belgilangan rejalarni o‘z vaqtida bajarishga xizmat qiladi. Maʼlumot uchun bugungi kunda sohada 3500 dan ziyod xodim faoliyat olib bormoqda. Jumladan, bular geologlar, muhandislar, quruvchilar, iqtisodchilar va boshqa soha mutaxassislaridan iborat. Press-tur davomida aksiyadorlik jamiyat tarkibidagi Toshkent Markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 28 fevral sanasidagi PF-27 farmoniga asosan “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yilida amalga oshirish” ga oid Davlat dasturi doirasida Toshkent Markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida bir qator loyihalar amalga oshirildi. Toshkent MGQE ikkita dala ekspeditsiyasidan iborat. Birinchisi “Sharqiy-Qurama” dala ekspeditsiyasidir. Bugungi kunga qadar Qizil olma va Chodak maʼdan maydonlarida nodir va rangli metallarni geologik izlash va baholash ishlarini 13 ta loyiha asosida olib borilayapti. Bulardan 6 ta loyiha davlat byudjeti va 7 ta loyiha maxsus hisobidan ajratilgan mablag‘lari hisobiga amalga oshirildi. Ikkinchisi Olmaliq dala ekspeditsiyasisi bo‘lib, unda joylashgan Qalmoqqir koni o‘zining ko‘lami va olinadigan foydali qazilma boyliklari turfaligi tufayli (Mendeleyev sistemasining 10-dan ortiq rangli, nodir va noyob elementlari), dunyodagi barcha geologik darsliklarga kiritilgan. Shuningdek, dunyo miqyosidagi yirik konlar qatoridan o‘rin olgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Olmaliq KMK” AJ konlari negizida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq bugungi kunda “Yoshlik-1” konini o‘zlashtirish ishlari olib borilmoqda. Bunga ko‘ra “Olmaliq KMK”ning ishlab chiqarish quvvati 4 barobarga ko‘payishi kutilmoqda. Bu ishlarni amalga oshirish uchun hozirda 3chi-mis boyitish fabrikasining qurilish ishlari jadal olib borilmoqda. Belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida hozirda Olmaliq dala ekspeditsiyasi rangli va qimmatbaho metallarni izlash va qidirish maqsadida, 2 ta polimetal maʼdanlariga, 6 ta mis maʼdanlariga va 5 ta oltinga izlash va baholash ishlari loyihalari ustida ish olib bormoqda. So‘ngi yillarda Davlatimiz rahbari tomonidan geologiya qidiruv soxasiga qaratilayotgan eʼtibor tufayli sohaning moddiy texnik bazasi tubdan yangilandi, yangi maxsus texnikalar va chet el ilg‘or texnologiyalariga asoslangan burg‘ilash uskunalari olib kelindi va natijada ish unumdorligi bir necha barobarga oshdi. Xususan, bir oyda zamonaviy burg‘ilash uskunasi orqali 1 000 p.metrdan yuqori burg‘ilash ishlari bajarishga erishilmoqda. Avval olib borilgan geologiya qidiruv ishlarida 600 metr chuqurlikgacha o‘rganilgan bo‘lsa, hozirda esa 1 200 metr chuqurlikgacha burg‘ilash orqali geologik o‘rganish imkoniyatlarini yaratmoqda. Bu esa albatta, foydali qazilmalar zaxira va resurslarining mineral xom ashyo bazasini kengaytirishda keng imkoniyatlar yaratib bermoqda. Sohada amalga oshirilayotgan ishlarga Olmaliq xududida ochilgan mineral xom ashyo bazasini o‘sishiga xizmat qiluvchi yirik mis-porfirli Miskon konini yaqqol misol qilib keltirsak bo‘ladi. Bundan tashqari Qorabuloq va Yoshlik-2 konlarining chuqur gorizontlarini va qanotlarini qo‘shimcha qidirish hisobiga mis-molibden, oltin zaxiralari oshirilmoqda. Qo‘rg‘oshin-rux mineral xom ashyo bazasini kengayishi Kulchulak koni va Markaziy uchastkalari hisobidan, oltin zaxiralarining kengayishi esa Quyikenjasoy, Janubiy-1 va Togap uchastkalari hisobiga to‘g‘ri keladi.Barchamizga maʼlumki bugungi kunda sohada sifat va samaradorlikni oshirish maqsadida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish katta ahamiyatga ega. Shu sababli, “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ geologik maʼlumotlarni qayta ishlash yaʼni geologik maʼlumotlarni kuzatib borish, maʼlumotlarni to‘plash, geologik axborotni nazorat qilish va boshqarishda samaradorlikni oshiradigan xavfsiz, zamonaviy va to‘liq moslashtirilgan zamonaviy dasturlardan foydalanib kelmoqda.Shuni alohida taʼkidlab o‘tish kerakki, bugungi kunda geologiya sohasi tizimida respublika mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirishda “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarning o‘rni ahamiyatlidir. 2023 yil 11 sentyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston - 2030» strategiyasi to‘g‘risidagi 158-son Farmonida belgilangan 48-maqsadda kelgusida respublikaning60 ming kvadrat kilometr maydonida geologiya qidiruv ishlarini amalga oshirish vazifasi qo‘yildi, bu albatta Aksiyadorlik jamiyati oldidagi masʼuliyatini yana-da oshiradi.Bugungi press-turda davomida Aksiyadorlik jamiyati faoliyati haqida ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilikni geologiya qidiruv sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirildi.“O‘zbek geologiya qidiruv” AJAxborot xizmati.

182

O‘zbekiston tog‘laridagi bir tonna tuproqda qancha oltin bor?
O‘zbekiston hududidagi tog‘-konlarda olib borilgan geologik qidiruvlar natijasida 1 tonna tuproqda 1 grammdan 4,22 grammgacha oltin borligi aniqlandi. Bu haqda UzA xabar bermoqda.  Taʼkidlanishicha, «O‘zbek geologiya qidiruv» kompaniyasi tarkibidagi 10 ta ekspeditsiya, bitta markaziy laboratoriya va markaziy ishlab chiqarish bazasida bir qancha loyihalar amalga oshirilib kelinmoqda.  Xususan, “Hisor” dala geologiya qidiruv ekspeditsiyasi O‘zbekiston tog‘-kon va Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hududlarini o‘z ichiga olgan hududlarda qattiq noruda foydali qazilmalarini va qora metallarga kompleks geologiya qidiruv ishlarini olib borilmoqda.  Qayd etilishicha, ekspeditsiya faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida “Hisor” dala geologiya qidiruv ekspeditsiyasi bosh geologi Mahmadiyor Shodiqulov boshchiligida “Yaxton” uchastkasi faoliyati o‘rganilgan.  “Yaxton” konining chuqur gorizontlarida 2019 yil geologik qazish ishlari boshlangan. Hozirda 10 dan ziyod maxsus texnikalar yordamida 40 dan ortiq mutaxassislar belgilangan rejaga muvofiq yerosti tog‘ lahm o‘tish ishlarini olib bormoqda, — deydi Mahmadiyor Shodiqulov.    “Yaxton” konining chuqur gorizontlarida magmatik tog‘ jinslari bilan bog‘liq minerallashgan zonalarda oltin va volfram qidiruv ishlari olib borilmoqda.    Olib borilgan geologik qidiruv ishlari natijasida 1 tonna tuproqda 1 grammdan 4,22 grammgacha oltin, qalinligi 11 metrgacha bo‘lgan 20 dan ortiq oltin maʼdan tanalari aniqlandi. Hozirgi kunda ularning davomiyligi o‘rganilmoqda. Manbaa: https://daryo.uz/k/2022/11/27/ozbekiston-toglaridagi-bir-tonna-tuproqda-qancha-oltin-bor/

107

O‘zbekiston tog‘laridagi 1 tonna tuproqda qancha oltin borligi maʼlum qilindi
O‘zbekiston hududagi tog‘-konlarda amalga oshirilgan geologik qidiruv natijasida 1 tonna tuproqda 1 grammdan 4,22 grammgacha oltin borligi maʼlum bo‘ldi. Shuningdek, qalinligi 11 metrgacha bo‘lgan 20 dan ortiq oltin maʼdan tanalari aniqlandi.  O‘zbekiston hududagi tog‘-konlarda amalga oshirilgan geologik qidiruv natijasida 1 tonna tuproqda 1 grammdan 4,22 grammgacha oltin borligi aniqlandi, deb xabar beradi O‘zA. Qayd etilishicha, «O‘zbek geologiya qidiruv» AJ tomonidan hududlarda geologiya-qidiruv ishlarini jadal amalga oshirish, respublika mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirish borasida istiqbolli loyihalar amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, “Hisor” dala geologiya qidiruv ekspeditsiyasi O‘zbekiston tog‘-kon hamda Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hududlarini o‘z ichiga olgan hududlarda qattiq noruda foydali qazilmalarini va qora metallarga kompleks geologiya qidiruv ishlarini olib borilyapti.Maʼlumotlarga ko‘ra, “Yaxton” konining chuqur gorizontlarida 2019 yil geologik qazish ishlari boshlangan. Hozirda 10 dan ziyod maxsus texnika yordamida 40 dan ortiq malakali mutaxassislar belgilangan rejaga muvofiq yer osti tog‘ lahm o‘tish ishlarini olib bormoqda. Hozirgi kunda “Yaxton” konining chuqur gorizontlarida magmatik tog‘ jinslari bilan bog‘liq minerallashgan zonalarda oltin va volfram qidiruv ishlari olib borilmoqda. Olib borilgan geologik qidiruv ishlari natijasida 1 tonna tuproqdan 1 grammdan 4,22 grammgacha oltin, qalinligi 11 metrgacha bo‘lgan 20 dan ortiq oltin maʼdan tanalari aniqlangan.

106

O‘zbekiston tog‘laridagi 1 tn tuproqda qancha oltin borligi maʼlum qilindi
O‘zbekiston hududagi tog‘-konlarda amalga oshirilgan geologik qidiruv natijasida 1 tonna tuproqda 1 grammdan 4,22 grammgacha oltin borligi aniqlandi, deb xabar beradi O‘zA. Qayd etilishicha, «O‘zbek geologiya qidiruv» AJ tomonidan hududlarda geologiya-qidiruv ishlarini jadal amalga oshirish, respublika mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirish borasida istiqbolli loyihalar amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, “Hisor” dala geologiya qidiruv ekspeditsiyasi O‘zbekiston tog‘-kon hamda Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hududlarini o‘z ichiga olgan hududlarda qattiq noruda foydali qazilmalarini va qora metallarga kompleks geologiya qidiruv ishlarini olib borilyapti. Maʼlumotlarga ko‘ra, “Yaxton” konining chuqur gorizontlarida 2019 yil geologik qazish ishlari boshlangan. Hozirda 10 dan ziyod maxsus texnika yordamida 40 dan ortiq malakali mutaxassislar belgilangan rejaga muvofiq yer osti tog‘ lahm o‘tish ishlarini olib bormoqda. Hozirgi kunda “Yaxton” konining chuqur gorizontlarida magmatik tog‘ jinslari bilan bog‘liq minerallashgan zonalarda oltin va volfram qidiruv ishlari olib borilmoqda. Olib borilgan geologik qidiruv ishlari natijasida 1 tonna tuproqdan 1 grammdan 4,22 grammgacha oltin, qalinligi 11 metrgacha bo‘lgan 20 dan ortiq oltin maʼdan tanalari aniqlangan.Manbaa: https://bugun.uz/2022/11/26/ozbekiston-toglaridagi-1-tn-tuproqda-qancha-oltin-borligi-malum-qilindi/

97

Geologik qidiruv natijasida 1 tonna tuproqda 1 grammdan 4,22 grammgacha oltin borligi aniqlangan
So‘nggi yillarda mamlakatimiz geologiya sohasining ham ilmiy, ham texnologik jihatdan mustahkamlanishi natijasida geologiya-qidiruv ishlari ko‘lami kengaydi. Yangi konlar ochildi. “O‘zbek geologiya qidiruv” aksiyadorlik jamiyati geologiya sohasi tizimida va respublika mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirish hamda qayta tiklash davlat dasturlari doirasida geologiya-qidiruv ishlariga xizmat ko‘rsatadi.   Bugungi kunda “O‘zbek geologiya qidiruv” aksiyadorlik jamiyati tarkibida 10 ta ekspeditsiya, bitta markaziy laboratoriya va markaziy ishlab chiqarish bazasi mavjud. Jamiyat tomonidan hududlarda geologiya-qidiruv ishlarini jadal amalga oshirish, respublika mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirish borasida istiqbolli loyihalar amalga oshirilib kelinmoqda.  Xususan, “Hisor” dala geologiya qidiruv ekspeditsiyasi O‘zbekiston tog‘-kon va Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hududlarini o‘z ichiga olgan hududlarda qattiq noruda foydali qazilmalarini va qora metallarga kompleks geologiya qidiruv ishlarini olib borilmoqda.  Qolaversa, chuqurlik bo‘yicha yirik va o‘rta miqyosda xaritalash, maydonlarni geologik mufassal o‘rganish, regional ko‘lamli bashoratli izlanishlar va geologik tasvirlash, maxsus ildamlovchi qidiruv ishlarini olib borish, belgilangan geologik topshiriqlarni bajarilishini taʼminlash kabi bir qator muhim vazifalarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan.  Ekspeditsiya faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida “Hisor” dala geologiya qidiruv ekspeditsiyasi bosh geologi Mahmadiyor Shodiqulov boshchiligida “Yaxton” uchastkasi faoliyati o‘rganildi.  – Ekspeditsiya ko‘p yillik faoliyati davomida bir necha o‘nlab har xil turdagi maʼdanli va nomaʼdan foydali qazilma konlarini topib, respublikamiz xom ashyo bazasini rivojlantirishda o‘zining ulkan hissasini qo‘shib kelmoqda, – deydi Mahmadiyor Shodiqulov. – “Yaxton” konining chuqur gorizontlarida 2019 yil geologik qazish ishlari boshlangan. Hozirda 10 dan ziyod maxsus texnikalar yordamida 40 dan ortiq malakali mutaxassislar belgilangan rejaga muvofiq yer osti tog‘ lahm o‘tish ishlarini olib borishmoqda.   Hozirgi kunda “Yaxton” konining chuqur gorizontlarida magmatik tog‘ jinslari bilan bog‘liq minerallashgan zonalarda oltin va volfram qidiruv ishlari olib borilmoqda. Olib borilgan geologik qidiruv ishlari natijasida 1 tonna tuproqdan 1 grammdan 4,22 grammgacha oltin, qalinligi 11 metrgacha bo‘lgan 20 dan ortiq oltin maʼdan tanalari aniqlandi. Hozirgi kunda ularning davomiyligi o‘rganilmoqda.   Shuni alohida taʼkidlash kerakki, ekspeditsiya foydali qazilma konlarini izlash va qidirib chamalash uslubiyotini hamda geologiya qidiruv ishlarini olib borish texnikasi va texnologiyasini takomillashtirishga doir takliflarni tayyorlash, belgilangan tartibda burg‘ilash, konchilik, laboratoriyaga oid, topografik, geodezik, marksheyderlik, xaritalash hamda foydali qazilmalarni qazib olish kabi ishlar bilan shug‘ullanadi.   Ayni vaqtda “O‘zbek geologiya qidiruv” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi barcha ekspeditsiyalar tomonidan qimmatbaho, rangli, nodir va radioaktiv metallar va boshqa turdagi rudali foydali mahsulotlarni va konlarni topish maqsadida geologik qidiruv ishlari keng ko‘lamda olib borilmoqda.  Sh.Mamaturopova, O‘zA

116

Ярмаркада “Ўзбек геология қидирув” АЖ 96 турдан зиёд маҳаллий маҳсулотлар намойиш этди
Хабарингиз бор, куни кеча “Ўзэкспомарказ” миллий кўргазмалар марказида Республика тармоқлараро саноат ярмаркаси очилди. Хабарингиз бор, куни кеча “Ўзэкспомарказ” миллий кўргазмалар марказида Республика тармоқлараро саноат ярмаркаси очилди. Бўлиб ўтаётган ярмаркада мамлакатимиздаги юзга яқин корхона, ташкилотлар томонидан ишлаб чиқарилган маҳсулотлар ҳамда импорт бўйича йирик тармоқ корхоналари томонидан харид қилинган импорт ўрнини босувчи маҳсулотлар намойиш қилинмоқда. Шунингдек, ярмаркада “Ўзбек геология қидирув” АЖ ҳам фаол иштирок этмоқда. Кўргазмада жамият таркибидаги Марказий ишлаб чиқариш базасида ишлаб чиқарилган асосан геологик-қидирув жараёнида ишлатиладиган буюмлар, бурғилаш ишларида махсус техникалар учун керак бўладиган эҳтиёт қисмлари каби 96 турдан ортиқ маҳсулотлар ўрин олган. Бу эса албатта маҳаллий саноат корхоналари учун импорт ўрнини босувчи маҳсулотлар ишлаб чиқариш ҳисобига ўз фаолият соҳасини янада кенгайтиришга, рақобатбардош саноат маҳсулотларни ишлаб чиқаришга замин яратади. Ярмаркадан кўзланган асосий мақсад маҳаллий ишлаб чиқарувчи корхоналарни битта платформада жамлаш, ўзаро тажриба алмашиш ҳамда келишувлар асосида шартномалар тузилишдан иборат, деб хабар беради, “Ўзбек геология қидирув” АЖ Матбуот хизмати.Манбаа: yuz.uz

125

Полезные ссылки