- Главная
- Пресс-центр
- Новости
Mahalla yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazildi
Angren shahri Yangi Goʻshsoy mahalla fuqarolar yigʻinida ishsizlikni kamaytirish va yoshlarni bandligini ta’minlashga qaratilgan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda ishsizlik dasturiga kiritilgan yoshlar hamda Toshkent markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi mas'ul xodimlari ishtirok etdi.

.jpg)
.jpg)
Uchrashuv davomida yoshlarga korxona tizimidagi bo‘sh ish o‘rinlari, ishga qabul qilish tartibi va mehnat sharoitlari haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, geologiya sohasida faoliyat yuritish imkoniyatlari, mutaxassislik yo‘nalishlari hamda ish jarayonidagi talablar bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Muloqot davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi va ishga joylashish imkoniyatlari bo‘yicha fikr hamda takliflarini bildirdilar.
