"O‘ZBEK GEOLOGIYA QIDIRUV" AJ
  1. Главная
  2. Пресс-центр
  3. Объявления

Xodimlarni baholash bo‘yicha menejer lavozimiga tanlov

15

“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ

Kompaniya haqida

“O‘zbekgeologorazvedka” AJ — geologiya-qidiruv ishlarining to‘liq siklini amalga oshiruvchi yirik korxonalardan biri hisoblanadi. Kompaniya hozirda samaradorlikni oshirish, shaffoflikni taʼminlash va zamonaviy boshqaruv amaliyotlarini joriy etishga qaratilgan keng ko‘lamli transformatsiya bosqichida.

Vakansiya haqida

Biz Xodimlarni baholash bo‘yicha menedjer lavozimiga tanlov eʼlon qilamiz.

Ushbu lavozim kompaniyada:

  • lavozimlarni profillash,

  • xodimlarni baholash,

  • tashkiliy tuzilmani takomillashtirish

kabi muhim yo‘nalishlarda ishtirok etishni nazarda tutadi.

Asosiy vazifalar

Sinov muddati davrida va keyinchalik:

  • Asosiy biznes-jarayonlarni tahlil qilish (AS-IS holatini tavsiflash, muammoli nuqtalarni aniqlash, o‘zaro hamkorlikni formallashtirish)

  • Jarayon ishtirokchilarini aniqlash va lavozim profillarini ishlab chiqish (funksiyalar, kompetensiyalar, KPI)

  • Xodimlarni ishlab chiqilgan profillarga muvofiq baholashni tashkil etish va o‘tkazish (kuchli tomonlar, rivojlanish zonalari, muvofiqlik darajasi tahlili)

  • Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tahliliy hisobot va takliflar tayyorlash:

    • funksiyalarni optimallashtirish,

    • samaradorlikni oshirish,

    • xodimlar kompetensiyalarini rivojlantirish

  • Tashkiliy tuzilmani takomillashtirish va vazifalarni taqsimlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish

Nomzodga qo‘yiladigan talablar

Majburiy talablar:

  • Oliy maʼlumot (HR, menejment, iqtisod, sotsiologiya, psixologiya yoki o‘xshash yo‘nalishlar)

  • HR, tashkiliy rivojlanish yoki konsalting sohasida kamida 3 yil tajriba

  • Quyidagi yo‘nalishlarda amaliy tajriba:

    • biznes-jarayonlarni tavsiflash

    • lavozim profillarini ishlab chiqish

    • xodimlarni baholash (assessment, intervyu, 360° va boshqalar)

  • Tahliliy fikrlash va boshqaruv hisobotlarini tayyorlash ko‘nikmalari

  • Excel va PowerPoint dasturlarini yaxshi bilish

Qo‘shimcha ustunliklar:

  • KPI yoki samaradorlikni baholash tizimlarini joriy etish tajribasi

  • Yirik yoki ishlab chiqarish korxonalarida ishlaganlik

  • Loyiha boshqaruvi bo‘yicha bilimlar

  • Transformatsiya loyihalarida ishtirok etganlik

Shaxsiy sifatlar

  • Tizimli va tahliliy fikrlash

  • Qarshiliklar bilan ishlay olish qobiliyati

  • Mustaqillik va masʼuliyat

  • Turli darajadagi rahbarlar bilan samarali muloqot qilish

  • Natijaga yo‘naltirilganlik

Shartlar

  • Yirik transformatsiya loyihasida ishtirok etish imkoniyati

  • Raqobatbardosh ish haqi (tanlov natijalariga ko‘ra)

  • Kasbiy o‘sish va kompaniya o‘zgarishlariga taʼsir ko‘rsatish imkoniyati

  • Loyiha xususiyatidan kelib chiqib, ish vaqti normalashtirilmagan bo‘lishi mumkin

Tanlovda ishtirok etish tartibi

Quyidagilarni yuborishingizni so‘raymiz:

  • rezyume

  • amalga oshirilgan loyihalar haqida qisqacha maʼlumot (agar mavjud bo‘lsa)

Elektron pochta: info@uzgeo.uz

Nega bu lavozim muhim

Bu oddiy HR pozitsiya emas, balki kompaniyada:

  • tashkiliy tuzilma,

  • boshqaruv tizimi,

  • asosiy bo‘linmalar samaradorligiga

bevosita taʼsir ko‘rsatuvchi strategik rol hisoblanadi.

 

Поделиться

Полезные ссылки