1. Home
  2. Press center
  3. Announcement

Announcement

Diqqat, e’lon!
“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ burg‘ilash texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha ekspert-konsultant xizmatlarini ko‘rsatish uchun tanlov e’lon qiladiFuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma asosida geologiya-qidiruv quduqlarini burg‘ilash texnologiyalarini diagnostika qilish, xavflarni baholash, texnik tavsiyalar, reglamentlar va texnologik kartalarni ishlab chiqish hamda tanlangan obyektlarda tajriba-sinov tariqasida joriy etishni ekspert-konsultatsion kuzatib borish xizmatlari. Xizmatlarning asosiy yo‘nalishlari burg‘ilash xodimlarining malaka darajasini ekspert baholash; amaldagi dala ishlarini tashkil etish holatini tahlil qilish; amaldagi burg‘ilash texnologiyasini texnik ekspertizadan o‘tkazish; chuqur quduqlarni burg‘ilashda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar va xavflar matritsasini ishlab chiqish; aniqlangan xavflarni hisobga olgan holda quduq konstruksiyasi bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash; samarali burg‘ilash texnologiyasi, ish rejimlari va nazorat ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish; burg‘ilash unumdorligini oshirish bo‘yicha reglament tayyorlash hamda tajriba-sinov joriy etilishini kuzatib borish; burg‘ilash asbob-uskunalari va instrumentlari resursini oshirish bo‘yicha reglament ishlab chiqish; qiya va yo‘naltirilgan burg‘ilash, ko‘p stvolli burg‘ilash, sun’iy zaboy o‘rnatish, og‘diruvchi klinlarni o‘rnatish va yo‘naltirish, vintli zaboy dvigateli (VZD/PDM), Casing Advancer tizimi hamda kernni orientatsiyalash texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha texnologik kartalar va protokollar tayyorlash. Kutilayotgan natijalar diagnostika hisobotlari; xodimlar malakasi bo‘yicha baholash varaqalari va kompetensiyalar matritsasi; xavflar reyestri va texnik tavsiyalar; burg‘ilash reglamentlari va texnologik kartalari; tajriba-sinov joriy etish bo‘yicha protokollar; burg‘ilash samaradorligi bo‘yicha “reja/fakt” tahlili; yakuniy hisobot va keyingi bosqichlar bo‘yicha tavsiyalar. Nomzodlarga qo‘yiladigan minimal talablar geologiya-qidiruv, konchilik yoki burg‘ilash yo‘nalishida oliy ma’lumot yoxud ushbu sohada tenglashtirilgan amaliy tajriba; chuqur geologiya-qidiruv quduqlari, kolonkali, qiya va yo‘naltirilgan burg‘ilash bo‘yicha kamida 10 yillik amaliy tajriba; burg‘ilash asoratlari, quduq konstruksiyasi, burg‘ilash rejimlari, burg‘ilash suyuqliklari, burg‘ilash instrumentlari resursi va avariyalarning oldini olish bo‘yicha amaliy bilim; VZD/PDM, Casing Advancer, kernni orientatsiyalash, og‘diruvchi klinlar, sun’iy zaboy (paker-probka) texnologiyalari bilan ishlash tajribasi; reglamentlar, texnologik kartalar, texnik hisobotlar va joriy etish dasturlarini tayyorlash tajribasi; sanoat xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish va dala ishlarida xavfsizlik talablariga rioya qilish majburiyati; rus tilida texnik hujjatlar tayyorlash ko‘nikmasi. O‘zbek va/yoki ingliz tillarini bilish qo‘shimcha ustunlik hisoblanadi. Taqdim etiladigan hujjatlar rezyume (CV); malaka, ta’lim va tajribani tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari; ilgari amalga oshirilgan o‘xshash loyihalar ro‘yxati yoki portfolio; xizmatlarni bajarish bo‘yicha qisqa texnik taklif; xizmatlar qiymati va bajarish muddatlari bo‘yicha tijorat taklifi; pasport nusxasi yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjat; xorijiy nomzodlar uchun — O‘zbekiston Respublikasi hududida xizmat ko‘rsatish imkoniyatini baholash uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumotlar va hujjatlar.Bog‘lanish uchun telefon: +998 93 724 85 85

25

DIQQAT, TANLOV!
Analitik laboratoriyalar majmuasi quyidagi vakant lavozim uchun tanlov e’lon qiladi: Metrologiya bo‘yicha yetakchi muhandis (10-razryad) Asosiy vazifalar: O‘lchash asboblari (tarozi, termometr, manometr, laboratoriya uskunalari va boshqalar)ning to‘g‘ri ishlashini nazorat qilish; O‘lchash vositalarini qiyoslash (poverka) va kalibrlash ishlarini tashkil etish; O‘lchash natijalarining aniqligi va ishonchliligini ta’minlash; Metrologik hujjatlarni yuritish va hisobini olib borish; Korxonada metrologik nazorat va ta’minot ishlarini tashkil qilish; O‘lchash usullarini ishlab chiqish va takomillashtirish; Davlat standartlari hamda metrologiya sohasidagi me’yoriy hujjatlarga rioya etilishini ta’minlash; Yangi o‘lchash vositalarining metrologik xususiyatlarini baholash; O‘lchash vositalarining qiyoslash muddatlarini nazorat qilish va o‘z vaqtida qiyoslashdan o‘tkazilishini ta’minlash. Nomzodga qo‘yiladigan talablar: Soha bo‘yicha kamida 3 yillik ish tajribasi; O‘z vazifalarini vijdonan va mas’uliyat bilan bajarish; Mehnat intizomi va ichki tartib-qoidalarga rioya qilish; Xavfsizlik texnikasi hamda mehnat muhofazasi talablarini bajarish; Jamoa bilan samarali ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish; O‘z sohasiga oid bilim va malakaga ega bo‘lish; Ish joyidagi jihoz va mulklardan oqilona foydalanish; Rahbariyatning qonuniy topshiriqlarini o‘z vaqtida bajarish; Xushmuomala va odob-axloq qoidalariga rioya qilish; Kasbiy mahoratini muntazam oshirib borish. Shaxsiy sifatlar: Tizimli va tahliliy fikrlash; Mustaqil qaror qabul qilish; Mas’uliyat va natijaga yo‘naltirilganlik; Turli darajadagi rahbarlar bilan samarali ishlash; O‘zgarishlarga moslashuvchanlik. Ish tartibi: To‘liq ish kuni; Haftasiga 5 kun; Ish vaqti: 09:00–18:00. 📅 Hujjatlar 2026-yil 22-iyundan 26-iyungacha qabul qilinadi. 📞 Murojaat uchun telefon: +998 93 955-45-59  

43

Diqqat, e’lon!
Tashkilot: “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ.Ish joyi: Samarqand analitik laboratoriyalar majmuasi. Eritish pechlarini ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mutaxassis lavozimiga 4 nafar fuqarolar joriy yilning 31- dekabriga qadar fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma asosida ishga taklif qilinadi. Asosiy xizmat vazifalari: Jamiyatga tegishli laboratoriya bo‘linmalarida 1100 °C gacha haroratda ishlovchi eritish pechlarini ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish; Nosoz boshqaruv bloklarini diagnostika qilish, ta’mirlash va soz holatga keltirish; Elektr va avtomatika elementlaridagi nosozliklarni aniqlash, tiklash yoki almashtirish; Kontaktor, rele, yoqish transformatori, harorat regulyatori hamda ulanish zanjirlarini sinovdan o‘tkazish; Pnevmatik eshik mexanizmlariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash; Xavfsizlik bloklari va himoya tizimlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash; Elektr, pnevmatik va issiqlik izolyatsiyasi tizimlarini belgilangan me’yorlarga muvofiq holatga keltirish; Uskunalarning ishlab chiqaruvchi talablariga muvofiq ishlashini nazorat qilish; Zarur hollarda eskirgan yoki ishdan chiqqan qismlarni tozalash yoki almashtirish; Olovbardosh materiallar (g‘isht, kaowool, keramik qoplama va boshqalar)ni yangilash; Pechning ichki kamerasi, eshiklari va tutun yo‘llarini texnik jihatdan yaroqli holatda saqlash. Ariza topshirish tartibi: Hujjatlar qabul qilish muddati: 5 (besh) ish kuni. Bog‘lanish uchun telefon: +998 93 612 30 89.

221

Useful links