1. Home
  2. Press center
  3. Announcement

Diqqat, e’lon!

25

“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ burg‘ilash texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha ekspert-konsultant xizmatlarini ko‘rsatish uchun tanlov e’lon qiladi

Fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma asosida geologiya-qidiruv quduqlarini burg‘ilash texnologiyalarini diagnostika qilish, xavflarni baholash, texnik tavsiyalar, reglamentlar va texnologik kartalarni ishlab chiqish hamda tanlangan obyektlarda tajriba-sinov tariqasida joriy etishni ekspert-konsultatsion kuzatib borish xizmatlari.

Xizmatlarning asosiy yo‘nalishlari

  • burg‘ilash xodimlarining malaka darajasini ekspert baholash;
  • amaldagi dala ishlarini tashkil etish holatini tahlil qilish;
  • amaldagi burg‘ilash texnologiyasini texnik ekspertizadan o‘tkazish;
  • chuqur quduqlarni burg‘ilashda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar va xavflar matritsasini ishlab chiqish;
  • aniqlangan xavflarni hisobga olgan holda quduq konstruksiyasi bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash;
  • samarali burg‘ilash texnologiyasi, ish rejimlari va nazorat ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish;
  • burg‘ilash unumdorligini oshirish bo‘yicha reglament tayyorlash hamda tajriba-sinov joriy etilishini kuzatib borish;
  • burg‘ilash asbob-uskunalari va instrumentlari resursini oshirish bo‘yicha reglament ishlab chiqish;
  • qiya va yo‘naltirilgan burg‘ilash, ko‘p stvolli burg‘ilash, sun’iy zaboy o‘rnatish, og‘diruvchi klinlarni o‘rnatish va yo‘naltirish, vintli zaboy dvigateli (VZD/PDM), Casing Advancer tizimi hamda kernni orientatsiyalash texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha texnologik kartalar va protokollar tayyorlash.


Kutilayotgan natijalar

  • diagnostika hisobotlari;
  • xodimlar malakasi bo‘yicha baholash varaqalari va kompetensiyalar matritsasi;
  • xavflar reyestri va texnik tavsiyalar;
  • burg‘ilash reglamentlari va texnologik kartalari;
  • tajriba-sinov joriy etish bo‘yicha protokollar;
  • burg‘ilash samaradorligi bo‘yicha “reja/fakt” tahlili;
  • yakuniy hisobot va keyingi bosqichlar bo‘yicha tavsiyalar.


Nomzodlarga qo‘yiladigan minimal talablar

  • geologiya-qidiruv, konchilik yoki burg‘ilash yo‘nalishida oliy ma’lumot yoxud ushbu sohada tenglashtirilgan amaliy tajriba;
  • chuqur geologiya-qidiruv quduqlari, kolonkali, qiya va yo‘naltirilgan burg‘ilash bo‘yicha kamida 10 yillik amaliy tajriba;
  • burg‘ilash asoratlari, quduq konstruksiyasi, burg‘ilash rejimlari, burg‘ilash suyuqliklari, burg‘ilash instrumentlari resursi va avariyalarning oldini olish bo‘yicha amaliy bilim;
  • VZD/PDM, Casing Advancer, kernni orientatsiyalash, og‘diruvchi klinlar, sun’iy zaboy (paker-probka) texnologiyalari bilan ishlash tajribasi;
  • reglamentlar, texnologik kartalar, texnik hisobotlar va joriy etish dasturlarini tayyorlash tajribasi;
  • sanoat xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish va dala ishlarida xavfsizlik talablariga rioya qilish majburiyati;
  • rus tilida texnik hujjatlar tayyorlash ko‘nikmasi. O‘zbek va/yoki ingliz tillarini bilish qo‘shimcha ustunlik hisoblanadi.


Taqdim etiladigan hujjatlar

  • rezyume (CV);
  • malaka, ta’lim va tajribani tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari;
  • ilgari amalga oshirilgan o‘xshash loyihalar ro‘yxati yoki portfolio;
  • xizmatlarni bajarish bo‘yicha qisqa texnik taklif;
  • xizmatlar qiymati va bajarish muddatlari bo‘yicha tijorat taklifi;
  • pasport nusxasi yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
  • xorijiy nomzodlar uchun — O‘zbekiston Respublikasi hududida xizmat ko‘rsatish imkoniyatini baholash uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumotlar va hujjatlar.

    Bog‘lanish uchun telefon: +998 93 724 85 85
Share in social media

Useful links