1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Aksiyadorlik jamiyatida umumxalq xayriya hashari keng tashkil qilinmoqda

111

Xabaringiz bor, “Navro‘z” umumxalq bayramini munosib nishonlash hamda muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish, mahallalar va aholi turar joylarini obodonlashtirish maqsadida joriy yilning 16-18-mart kunlari Respublika bo‘ylab umumxalq xayriya hashari o‘tkazilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan bugun erta tongdan, “O‘zbek geologiya qidiruv” AJda umumxalq xayriya hashari keng ko‘lamda boshlab yuborildi. Hashar aksiyadorlik jamiyatining barcha tarkibiy bo‘linmalarda tashkil qilinib atrof muhit obodonlashtirilmoqda.

Xususan, Hisor Markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari davom ettirish maqsadida «Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki» shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi. Hasharda barcha ishchi xodimlar faol ishtirok etishdi.

 

 

 

Bo‘lishish

Foydali havolalar