«O‘zbek geologiya qidiruv» aksiyadorlik jamiyati

Biz haqimizda
Hududlarda bayram shukuhi
Samarqand markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. "Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz" shiori asosida oʻtkazilgan bayram tadbirida Samarqand markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi rahbariyati  ishchi- xodimlarni qutlugʻ bayram bilan muborakbod etdilar.  Vatanimiz taraqqiyoti geologiya sohasini yuksaltirish yoʻlidagi fidokorona mehnati, oʻz kasbiga boʻlgan sadoqati bilan oʻrnak boʻlayotgan, mamlakatimiz ravnaqi yoʻlida mehnat qilayotgan bir guruh xodimlar eʼtirof etildi.

Мамлакатимиз мактаблари ўқувчилари ва устоз-мураббийларига
Азиз фарзандларим! Қадрли устоз ва мураббийлар! Ҳурматли ота-оналар! Барчангизни Ватанимиз мустақиллигининг 35 йиллик қутлуғ байрамига уйғун ва ҳамоҳанг ҳолда ўтаётган Билимлар куни билан чин дилдан самимий муборакбод этаман. Ушбу қувончли айёмда беғубор нигоҳларида ҳайрат ва ҳаяжон учқунлари порлаб, катта орзу-интилишлар билан мактаб остонасига қадам қўяётган 800 минг нафарга яқин ўғил-қизларимизга, ота-оналар ва педагоглар жамоатчилигига ўзимнинг эзгу тилакларимни билдираман. Янги ўқув йили мамлакатимизнинг бутун таълим тизимида, мактаб, лицей, техникум ва олийгоҳларимиз ҳаётида янги маърифий юксалиш йили бўлсин! Ҳурматли байрам иштирокчилари! Кейинги йилларда таълим-тарбия соҳасида амалга ошираётган кенг кўламли ислоҳотларимиз туфайли Янги Ўзбекистон мактаблари бутунлай янгича қиёфа касб этиб, таълим сифати такомиллашиб бораётганини барчамиз кўриб турибмиз. Ана шундай муҳитда улғайиб, камолга етаётган, ўқиш, касбий таълим, “Ай-ти”, ижодий изланишлар, спорт, жамоат ишларида дастлабки ютуқлари билан ота-оналар ва устозларни хурсанд қилаётган ўғил-қизларимиз – бизнинг нурли келажагимиз, олтин фондимиздир. Бундай билимли, зукко, тиришқоқ ва интилувчан, сафлари йил сайин кенгайиб бораётган фарзандларимиз тимсолида биз Учинчи Ренессанс ниҳолларини кўрамиз. Уларнинг ҳар бирини гуркираб ўсадиган азим дарахт, ёруғ истиқболимиз устунлари этиб тарбиялаш – муқаддас вазифамиздир. Ҳеч шубҳасиз, бундай улуғ мақсадларга етишда мустаҳкам пойдевор бўлиб хизмат қиладиган таълим-тарбия соҳасини ривожлантиришга биз бундан буён ҳам устувор аҳамият қаратамиз. Мактаб бағридан катта ҳаётга йўлланма оладиган фарзандларимиз пухта билим билан бирга, албатта камида битта замонавий касб-ҳунарни эгаллаб чиқиши учун барча шароитларни яратамиз. Бунинг учун ҳудудларда “Касблар шаҳарчалари”ни яратиб, замонавий тажриба ҳамда илғор мутахассисларни жалб этамиз. Азиз фарзандларим, сизларга бахтли ва саодатли ҳаёт эшикларини очадиган калит ҳам, умр йўлларингизда пайдо бўладиган мураккаб саволларнинг ечими, синов ва машаққатларни енгиб ўтишнинг кафолати ҳам фақат билим, билим ва билимдир. Гўзал ёшликнинг ҳар бир дақиқасини қадрлаб, янги илм, ғоя ва инновацияларни, касб ва ҳунарларни, она тилимиз, бой тарихимиз ва маданиятимиз асосларини пухта эгалланг. Жаҳон тарихи ва хорижий тилларни ҳам астойдил ўрганинг. Изланиш ва ҳаракатдан ҳеч қачон тўхтаманг. Аждодларимиздан мерос бўлган табаррук заминимизни бутун қалбингиз, юрагингиз билан севинг, халқимиз ва Ватанимизга чексиз садоқат туйғулари билан яшанг! Шу йўлда меҳрибон устозларингиз, ота-оналарингизни энг яқин дўст ва маслаҳатчи деб билинг! Сизларга янги ўқув йилини аъло баҳолар билан бошлаб, ҳар бир ўқув чорагини муваффақиятли якунлашни, сиҳат-саломатлик, омад ва зафар ёр бўлишини тилайман. Билимлар байрами барчангизга муборак бўлсин, азиз фарзандларим!

Bilim, zakovat va jamoaviy ruh bir maydonda
Toshkent markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi bo‘limlari o‘rtasida xodimlarning intellektual salohiyati, mantiqiy fikrlashi va jamoaviy hamjihatligini yanada mustahkamlash maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda ishtirok etgan jamoalar turli mavzularga oid mantiqiy, tarixiy, ilmiy va umumiy bilimlarni talab qiluvchi savollarga javob berish orqali o‘z bilim va zukkoliklarini namoyon etdilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra, yuqori o‘rinlarni egallagan jamoalar munosib taqdirlandi. G‘olib va sovrindor jamoalarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Bunday intellektual bellashuvlar jamoada sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ular o‘rtasida do‘stona muhit va hamjihatlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. “Zakovat” — nafaqat bilim musobaqasi, balki birdamlik, zukkolik va yangi g‘oyalar maydonidir.

Zomin milliy bog‘iga sayohat tashkil etildi
Analitik laboratoriyalar majmuasi xodimlarining dam olish kunlarini mazmunli tashkil etish, jamoada sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhitni mustahkamlash hamda xodimlar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni yanada rivojlantirish maqsadida Zomin milliy tabiat bog‘iga sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida xodimlar Zominning betakror tabiati, musaffo tog‘ havosi va go‘zal manzaralaridan bahramand bo‘ldilar. Tabiat qo‘ynida o‘tkazilgan maroqli dam olish xodimlarga yaxshi kayfiyat va ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. Mazkur sayohat xodimlarning ish faoliyatidan tashqari vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, tabiatni asrash va undan zavqlanish, shuningdek, jamoada birdamlik muhitini oshirishga xizmat qiladi. Zominning go‘zal tabiati bag‘rida o‘tkazilgan ushbu sayohat barcha ishtirokchilarda unutilmas taassurotlar qoldirdi.

O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasida tog‘-kon sanoatida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
2026-yil 7-sentabr kuni Serbiyaning Belgrad shahrida O‘zbekiston–Serbiya Hukumatlararo komissiyasining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi o‘rinbosari F. Xamidova ishtirok etdi. Yigʻilish doirasida vazirlik vakillari Serbiya Togʻ-kon sanoati va energetika vazirligi davlat kotibi, shuningdek, togʻ-kon, metallurgiya va energetika tarmoqlari uchun uskunalar hamda mashinalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan GOSA FOM kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdilar. Muzokaralarda maxsus texnikalar ishlab chiqarishni kengaytirish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish hamda konchilik tarmog‘ining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Jamiyat xodimlari “Tashkent International Marathon” xalqaro marafonida qatnashdi
“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ xodimlari poytaxtimizda o‘tkazilgan nufuzli “Tashkent International Marathon” xalqaro marafonida faol ishtirok etishdi.Minglab professional sportchilar va havaskorlarni birlashtirgan ushbu yirik marafonda jamoamiz a’zolari o‘zlarining nafaqat kasbda, balki sportda ham qat’iyatli, chidamli ekanliklarini namoyish etib, belgilangan masofalarni muvaffaqiyatli bosib o‘tishdi. Bu kabi ommaviy sportni rivojlantirish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishga qaratilgan tadbirlarda “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ xodimlari faol ishtirok etishda davom etadi.

Markaziy laboratoriyada “Mas’uliyatli ota-onalik” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
2026-yil 3-sentabr kuni Markaziy laboratoriyada xodimlar ishtirokida “Mas’uliyatli ota-onalik” platformasidan samarali foydalanishga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.Tadbir davomida “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan ishlab chiqilgan “Mas’uliyatli ota-onalik” platformasining imkoniyatlari, undan foydalanish tartibi hamda platformada ota-onalar uchun taqdim etilgan ta’limiy va tarbiyaviy materiallar, psixologik tavsiyalar, mutaxassislar maslahatlari va farzandlar bilan samarali muloqot qilishga oid foydali ma’lumotlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, platformadan ro‘yxatdan o‘tish va undan foydalanish jarayoni amaliy misollar asosida namoyish etildi. Tadbir ishtirokchilari bilan oilada sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, farzand tarbiyasida ota-onalarning mas’uliyatini oshirish hamda yoshlarni vatanparvarlik, mehnatsevarlik va yuksak ma’naviyat ruhida tarbiyalash masalalari yuzasidan fikr almashildi. Tadbir yakunida xodimlarga “Mas’uliyatli ota-onalik” platformasi imkoniyatlaridan faol foydalanish, undagi foydali tavsiyalarni kundalik hayotda qo‘llash hamda sog‘lom va mustahkam oilaviy muhitni rivojlantirishga hissa qo‘shish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Mazkur tadbir xodimlarning huquqiy va ma’naviy savodxonligini oshirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash hamda jamiyatda mas’uliyatli ota-onalik madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.

BIZ KORRUPSIYAGA QARSHIMIZ!
Korrupsiyaga qarshi kurash — har birimizning burchimiz.Befarqlik muammoni kuchaytiradi, faol fuqarolik esa uni yengadi.Korrupsiya holatlari haqida xabar bering — adolatni birgalikda himoya qilaylik! Korrupsiyaga duch kelsangiz quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingizni so‘raymiz:Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi: ☎️ Call-markaz – 1253. “O'zbek geologiya qidiruv” AJ korrupsiya haqida xabar berishga mo'ljallangan aloqa kanallari: 📱 Telegram – @ichkinazoratbot;☎️ Ishonch telefoni: (+998 95) 505 99 00;📨 Elektron pochta manzili: anticor@uzgeo.uz

Sog‘lom xodim — faol jamoa
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Markaziy geologiya geofizika ekspeditsiyasi xodimlari o‘rtasida futbol, stol tennisi va shashka bo‘yicha sport musobaqalari tashkil etildi. Mazkur sport tadbirini o‘tkazishdan asosiy maqsad xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishdan iborat.Musobaqalar davomida ishtirokchilar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi, sport mahorati va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini namoyon etdilar. Sport bellashuvlari ko‘tarinki kayfiyat, do‘stona muhit va sog‘lom raqobat ruhida qizg‘in tarzda o‘tdi. Xususan, futbol bahslarida jamoalar g‘alaba uchun murosasiz kurash olib borgan bo‘lsa, stol tennisi va shashka musobaqalarida ishtirokchilar o‘zlarining tezkorligi, aniqligi va strategik fikrlash qobiliyatlarini namoyish etdilar. Musobaqalar yakunida yuqori natijalarni qayd etgan g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, munosib taqdirlandilar. Ta’kidlash joizki, bunday sport tadbirlarining muntazam tashkil etilishi xodimlarning jismoniy salomatligini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish hamda jamoada o‘zaro hamjihatlik va do‘stona munosabatlarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Hududlarda bayram shukuhi
Samarqand markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. "Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz" shiori asosida oʻtkazilgan bayram tadbirida Samarqand markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi rahbariyati  ishchi- xodimlarni qutlugʻ bayram bilan muborakbod etdilar.  Vatanimiz taraqqiyoti geologiya sohasini yuksaltirish yoʻlidagi fidokorona mehnati, oʻz kasbiga boʻlgan sadoqati bilan oʻrnak boʻlayotgan, mamlakatimiz ravnaqi yoʻlida mehnat qilayotgan bir guruh xodimlar eʼtirof etildi.

Мамлакатимиз мактаблари ўқувчилари ва устоз-мураббийларига
Азиз фарзандларим! Қадрли устоз ва мураббийлар! Ҳурматли ота-оналар! Барчангизни Ватанимиз мустақиллигининг 35 йиллик қутлуғ байрамига уйғун ва ҳамоҳанг ҳолда ўтаётган Билимлар куни билан чин дилдан самимий муборакбод этаман. Ушбу қувончли айёмда беғубор нигоҳларида ҳайрат ва ҳаяжон учқунлари порлаб, катта орзу-интилишлар билан мактаб остонасига қадам қўяётган 800 минг нафарга яқин ўғил-қизларимизга, ота-оналар ва педагоглар жамоатчилигига ўзимнинг эзгу тилакларимни билдираман. Янги ўқув йили мамлакатимизнинг бутун таълим тизимида, мактаб, лицей, техникум ва олийгоҳларимиз ҳаётида янги маърифий юксалиш йили бўлсин! Ҳурматли байрам иштирокчилари! Кейинги йилларда таълим-тарбия соҳасида амалга ошираётган кенг кўламли ислоҳотларимиз туфайли Янги Ўзбекистон мактаблари бутунлай янгича қиёфа касб этиб, таълим сифати такомиллашиб бораётганини барчамиз кўриб турибмиз. Ана шундай муҳитда улғайиб, камолга етаётган, ўқиш, касбий таълим, “Ай-ти”, ижодий изланишлар, спорт, жамоат ишларида дастлабки ютуқлари билан ота-оналар ва устозларни хурсанд қилаётган ўғил-қизларимиз – бизнинг нурли келажагимиз, олтин фондимиздир. Бундай билимли, зукко, тиришқоқ ва интилувчан, сафлари йил сайин кенгайиб бораётган фарзандларимиз тимсолида биз Учинчи Ренессанс ниҳолларини кўрамиз. Уларнинг ҳар бирини гуркираб ўсадиган азим дарахт, ёруғ истиқболимиз устунлари этиб тарбиялаш – муқаддас вазифамиздир. Ҳеч шубҳасиз, бундай улуғ мақсадларга етишда мустаҳкам пойдевор бўлиб хизмат қиладиган таълим-тарбия соҳасини ривожлантиришга биз бундан буён ҳам устувор аҳамият қаратамиз. Мактаб бағридан катта ҳаётга йўлланма оладиган фарзандларимиз пухта билим билан бирга, албатта камида битта замонавий касб-ҳунарни эгаллаб чиқиши учун барча шароитларни яратамиз. Бунинг учун ҳудудларда “Касблар шаҳарчалари”ни яратиб, замонавий тажриба ҳамда илғор мутахассисларни жалб этамиз. Азиз фарзандларим, сизларга бахтли ва саодатли ҳаёт эшикларини очадиган калит ҳам, умр йўлларингизда пайдо бўладиган мураккаб саволларнинг ечими, синов ва машаққатларни енгиб ўтишнинг кафолати ҳам фақат билим, билим ва билимдир. Гўзал ёшликнинг ҳар бир дақиқасини қадрлаб, янги илм, ғоя ва инновацияларни, касб ва ҳунарларни, она тилимиз, бой тарихимиз ва маданиятимиз асосларини пухта эгалланг. Жаҳон тарихи ва хорижий тилларни ҳам астойдил ўрганинг. Изланиш ва ҳаракатдан ҳеч қачон тўхтаманг. Аждодларимиздан мерос бўлган табаррук заминимизни бутун қалбингиз, юрагингиз билан севинг, халқимиз ва Ватанимизга чексиз садоқат туйғулари билан яшанг! Шу йўлда меҳрибон устозларингиз, ота-оналарингизни энг яқин дўст ва маслаҳатчи деб билинг! Сизларга янги ўқув йилини аъло баҳолар билан бошлаб, ҳар бир ўқув чорагини муваффақиятли якунлашни, сиҳат-саломатлик, омад ва зафар ёр бўлишини тилайман. Билимлар байрами барчангизга муборак бўлсин, азиз фарзандларим!

Bilim, zakovat va jamoaviy ruh bir maydonda
Toshkent markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi bo‘limlari o‘rtasida xodimlarning intellektual salohiyati, mantiqiy fikrlashi va jamoaviy hamjihatligini yanada mustahkamlash maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda ishtirok etgan jamoalar turli mavzularga oid mantiqiy, tarixiy, ilmiy va umumiy bilimlarni talab qiluvchi savollarga javob berish orqali o‘z bilim va zukkoliklarini namoyon etdilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra, yuqori o‘rinlarni egallagan jamoalar munosib taqdirlandi. G‘olib va sovrindor jamoalarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Bunday intellektual bellashuvlar jamoada sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ular o‘rtasida do‘stona muhit va hamjihatlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. “Zakovat” — nafaqat bilim musobaqasi, balki birdamlik, zukkolik va yangi g‘oyalar maydonidir.

Zomin milliy bog‘iga sayohat tashkil etildi
Analitik laboratoriyalar majmuasi xodimlarining dam olish kunlarini mazmunli tashkil etish, jamoada sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhitni mustahkamlash hamda xodimlar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni yanada rivojlantirish maqsadida Zomin milliy tabiat bog‘iga sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida xodimlar Zominning betakror tabiati, musaffo tog‘ havosi va go‘zal manzaralaridan bahramand bo‘ldilar. Tabiat qo‘ynida o‘tkazilgan maroqli dam olish xodimlarga yaxshi kayfiyat va ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. Mazkur sayohat xodimlarning ish faoliyatidan tashqari vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, tabiatni asrash va undan zavqlanish, shuningdek, jamoada birdamlik muhitini oshirishga xizmat qiladi. Zominning go‘zal tabiati bag‘rida o‘tkazilgan ushbu sayohat barcha ishtirokchilarda unutilmas taassurotlar qoldirdi.

Biz haqimizda

Batafsil

Geologiya sohasidagi ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga joriy etish, o‘qitishning zamonaviy uslublaridan keng foydalanish, geologiya sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, shuningdek, ta’lim jarayonining moddiy-texnika bazasini ilg‘or xorijiy texnologiyalar asosida mustahkamlaydi

0
Markaziy ekspeditsiyalar
0
Ishchilar
0
Laboratoriya
0
Burg'ilash uskunalari
0
Texnikalar

Ish faoliyatimiz

Birinchi ish

Birinchi ish

Istiqbolli maydonlarni o‘rganish va loyihalashtirish ishlari asosida dala ishlarini amalga oshirish

Ikkinchi ish

Ikkinchi ish

Yer usti geologik-geofizik o‘rganish ishlari, burg‘ilash, yer usti yer osti tog‘-kon o‘tish ishlarini amalga oshirish

Uchinchi ish

Uchinchi ish

Olingan dala materiallari asosida laboratoriya tahlilarini olib borish, laboratoriya tahlilar va dala kuzatuv materiallarini qayta ishlash jarayoni, barcha to‘plangan maʼlumotlar asosida maydonning geologik xususiyatlarini yoritib berish va shu asosida zaxira yoki bashorat resurslari haqida yakuniy geologik hisobot tuzish

Interaktiv xizmatlar

Foydali havolalar

Hamkorlarimiz