«O‘zbek geologiya qidiruv» aksiyadorlik jamiyati

Biz haqimizda
Rahbar va yoshlar ish jarayonida uchrashdi
Markaziy geologiya geofizika ekspeditsiyasida olib borilayotgan dala ishlari bilan hamohang tarzda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi Sugrali maydonida tashkil etildi. Tadbir davomida 2025-yil yakunlari sarhisob qilinib, 2026-yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar va ish rejalari muhokama qilindi. Uchrashuvda yosh mutaxassislarning fikr-mulohazalari, takliflari va dolzarb savollari tinglandi. Rahbariyat tomonidan bildirilgan masalalar yuzasidan atroflicha izohlar berilib, ilgari surilgan takliflarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi. Mazkur dala sharoitida tashkil qilingan uchrashuv yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni faoliyatga yanada keng jalb etish hamda kelgusidagi ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qildi.

Bayram tabrigi
Aziz hamkasblar va qadrli yurtdoshlar! Kirib kеlayotgan 2026-yil bilan samimiy muborakbod etaman! Siz va oila a'zolaringizga yangi yilda shodu xurramlik, sihat-salomatlik, baxt saodat, yangi omadlar yor bo‘lishini, orzu-niyatlaringiz ushalishini tilayman.  Jamoamizning barcha aʼzolariga yil davomida qilgan fidokorona mehnati, qo‘lga kiritilgan yutuqlarga qo‘shgan munosib hissasi uchun o‘z tashakkurimni bildiraman. Shu fursatdan foydalanib ko‘p ming kishilik ahil jamoamizni Vatan ravnaqi va xalq farovonligi yo‘lida olib borayotgan sermazmun va fidokorona mehnatlarida omad va zafarlar doimo yor bo‘lishini tilayman! Yangi 2026-yil barchangizga muborak bo‘lsin! Hurmat bilan, “O‘zbek geologiya qidiruv” AJBoshqaruv raisi Shamsiddin Alimov

Kasaba uyushmalarining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv seminr tashkil etildi
2026-yil 16-yanvar  kuni O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya  xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi mutaxassislari  “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ binosida “Kasaba uyushmalarining ustuvor vazifalari” mavzusida seminar tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tizimidagi geologiya korxona, tashkilot va muassasalarida faoliyat yuritayotgan boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitalari raislari hamda hisobchilari ishtirok etdi. Seminarning asosiy maqsadi boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotlari faoliyatini kuchaytirish, ularning moliyaviy va ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishdagi ishlarini yana-da samarali tashkil etishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotining faoliyati bilan tanishtirildi, kasaba uyushmasi mablag‘larini belgilangan maqsadlarga yo‘naltirish, yo‘llanmalar olish tartibi, ijtimoiy sug‘urta mablag‘lari hamda ish haqi fondi hisobidan amalga oshiriladigan xarajatlar bo‘yicha tushunchalar berildi. Shuningdek, ishchi-xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishda ish beruvchi bilan ijtimoiy sheriklikni yo‘lga qo‘yish, jamoa shartnomalarini qabul qilish va ularning bajarilishi yuzasidan mehnat jamoalarida muhokama qilish tartibi, 1-TI va 1-JSH statistik hisobot shakllarini to‘ldirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi. Seminar yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi. Tadbir kasaba uyushmalari faoliyatini yana-da takomillashtirish, tajriba almashish va hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.              

Qizilqumda seminar bo‘lib o‘tdi
Qizilqum markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida boshqaruv xodimlari va dala ekspeditsiya xodimlari uchun seminar tashkil etildi. Unda Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish Nizomi va manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi arizalarni to‘ldirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Seminar davomida Nizomning asosiy talablari, maqsadi va xodimlarning majburiyatlari shuningdek xodimlar o‘rtasida Korrupsiyaga qarshi menejment tizimining ishonchliligi va bu yo‘lda ularning huquqlari daxlsizligi haqida batafsil ma’lumotlar yetkazildi. Xodimlarning ariza to‘ldirish bo‘yicha berilgan savollariga to‘liq Nizom doirasida tushuntirishlar berildi.

Miskonda xalqaro standartlar asosida geologiya qidiruv ishlari olib borilmoqda
Toshkent markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi tarkibidagi Olmaliq dala ekspeditsiyasi tomonidan Olmaliq ma’danli maydonida joylashgan Miskon mis-porfir konida geologiya qidiruv ishlari jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda. Jumladan, Miskon va Yoshlik–II uchastkalarida xalqaro JORC (2012) standart  talablari asosida zahiralarni hisoblash hamda investorlarni jalb qilish uchun keng ko‘lamli burg‘ilash va geologiya qidiruv ishlari tashkil etilgan. Loyiha “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ va “O‘zbekiston TMK” AJ bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Qidiruv ishlarida zamonaviy texnologiyalar qo‘llanilib, olingan ma’lumotlar xalqaro talablar asosida tahlil qilinmoqda. Ushbu ishlar mamlakatimizning mineral-xomashyo bazasini mustahkamlash, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish va konchilik sohasini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Vatan himoyasi — muqaddas burch va sharaf
Vatanni himoya qilish, uni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash yurtimizning har bir farzandi uchun muqaddas burchdir. Vatan himoyachilari kuni nafaqat bugun harbiy xizmatni o‘tayotgan mard va jasur askarlar, balki armiyada munosib xizmat qilib qaytgan vatandoshlarimiz hamda kelajakda Vatan oldidagi muqaddas burchini ado etishga hozirlanayotgan navqiron yigitlarimizning ham bayramidir. Ona yurtimiz azaldan o‘zining mard, jasur va fidoyi o‘g‘lonlari bilan faxrlanib kelgan. Yigitlarimiz ota-onasi, oilasi va yashab turgan yurt tuprog‘ini muqaddas deb bilib, Vatan himoyasi yo‘lida doimo shay turishni o‘zlarining sharafli burchi deb hisoblaydi. 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Samarqand markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirga Samarqand viloyati Ma’naviyat va ma’rifat markazi targ‘ibotchisi, O‘zbekiston Jurnalistlar hamda Xalqaro yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir va jurnalist Ibragimov Zubaydullo Ibodovich taklif etilib, ijodiy uchrashuv o‘tkazildi. Shoir va jurnalist Z. Ibragimov tadbir ishtirokchilarini bayram bilan samimiy muborakbod etib, Vatan, do‘stlik, fidoyilik hamda mehr-oqibat mavzularidagi ijod namunalaridan o‘qib berdi. Shuningdek, Zubaydullo Ibodovich o‘zining nashrdan chiqqan kitoblar to‘plamini Samarqand markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi kutubxonasiga hadya qildi.

Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan sport maydonida birdamlik
Joriy yilning 14-yanvar kuni Milliy gvardiyaning Ma’naviyat va ma’rifat markazida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan sportning futbol turi bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvi tashkil etildi. Mazkur tadbir “O‘zbek geologiya qidiruv” aksiyadorlik jamiyati hamda Qurolli Kuchlar faxriylar kengashi hamkorligida o‘tkazildi. Tadbirda “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ, Qurolli Kuchlar faxriylar kengashi, O‘zbekiston “VETERAN” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi hamda O‘FA Faxriylar kengashi rahbarlari ishtirok etib, ushbu sport musobaqasiga alohida fayz bag‘ishladilar. Mazkur o‘rtoqlik uchrashuvi Vatan himoyachilariga bo‘lgan chuqur hurmat va ehtiromni ifoda etish, jamiyatda harbiy-vatanparvarlik ruhini yuksaltirish, shuningdek, turli soha vakillari o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlik munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qildi. Futbol uchrashuvi davomida jamoalar sog‘lom raqobat, o‘zaro hurmat va jamoaviylik tamoyillariga asoslangan holda bellashdilar. Sport tadbiri faxriylarning hayotiy va xizmat tajribasini qadrlash, yosh avlodni Vatanga sadoqat, fidoyilik va mas’uliyat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etdi. Shu bilan birga, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jismoniy faollikni oshirish orqali ijtimoiy faollik va jamoatchilik birdamligini mustahkamlashga xizmat qildi. Ushbu o‘rtoqlik o‘yini tinchlik va osoyishtalikni asrab-avaylash yo‘lida xizmat qilgan harbiylar va mehnat jamoalari o‘rtasidagi uzviy aloqalarni yanada mustahkamlab, mamlakatimizda harbiy-vatanparvarlik g‘oyalarini keng targ‘ib etishda muhim ijtimoiy ahamiyatga ega tadbir sifatida e’tirof etildi.

Kasbim faxrim
Har bir inson hayot yo‘lida qalbiga yaqin bo‘lgan kasbni tanlab, unga butun vujudi bilan mehr qo‘yadi. Kasbga shunchaki ega bo‘lish emas, balki uning mazmun-mohiyatini chuqur anglab, o‘z sohasida yetuklikka erishishgina insonni chinakam yutuqlarga eltadi. Aynan shunday fidoyilik va sadoqatni hayot mezoniga aylantirgan insonlardan biri — Abduazimova Irina Musayevnadir.  Abduazimova Irina Musayevna 1959-yildan buyon geologiya sohasida samarali mehnat qilib kelmoqda. U hozirgi kunda “O‘zbek geologiya qidiruv” aksiyadorlik jamiyati Regional markaziy geologik tasvirlash ekspeditsiyasining Stratigrafiya partiyasida yetakchi geolog lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. O‘zining 66 yillik sermazmun mehnat faoliyati davomida u geologiya sohasining turli bosqichlarida samarali xizmat qilgan. Mehnat faoliyatini O‘zbekiston Geologiya boshqarmasining paleontologiya partiyasida kollektor sifatida boshlagan Irina Musayevna keyinchalik texnik geolog, otryad boshlig‘i kabi mas’uliyatli lavozimlarda ishladi. Har bir bosqichda u o‘z bilim va tajribasini yanada boyitib, yosh mutaxassislarga o‘rnak bo‘lib kelmoqda. Irina Musayevna o‘zining chuqur bilimlari va ilmiy salohiyati bilan geologiya faniga munosib hissa qo‘shgan mutaxassisdir. U 10 dan ortiq yirik loyiha va hisobotlar ustida ishlagan, 30 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi, 2 ta monografiya hammuallifi hisoblanadi. Shuningdek, O‘zbekiston hududidagi mezokaynozoy davri yotqiziqlari bo‘yicha yaratilgan Atlasning yetakchi mualliflaridan biri bo‘lishi uning yuksak ilmiy saviyasidan dalolat beradi. Eng e’tiborlisi, Irina Musayevna bugungi kunda ham ilmiy izlanishlardan to‘xtab qolmagan holda, bir qator loyihalar va hisobotlar ustida faol ish olib bormoqda. Jamoa orasida u o‘zining kamtarligi, mas’uliyatliligi va fidoyiligi bilan katta hurmat qozongan. Shubhasiz, Abduazimova Irina Musayevna kabi o‘z kasbiga sadoqat bilan xizmat qilayotgan insonlar yosh avlod uchun ibrat maktabidir. Uning sermazmun hayot yo‘li va samarali mehnati “Kasbim -faxrim” degan yuksak tushunchaning yorqin ifodasidir.

Energiya resurslaridan oqilona foydalanish – barqaror rivojlanish omili
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-aprelda qabul qilingan “Yoqilgʻi-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-133-son qarori ijrosini sifatli va oʻz vaqtida taʼminlash maqsadida “Oʻzbek geologiya qidiruv” AJda tizimli ishlar olib borilmoqda. Mazkur qaror ijrosini ta’minlash doirasida aksiyadorlik jamiyati Energetika bo‘limi tashabbusi bilan energiya samaradorligiga erishish usullari mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi. Seminar energiya resurslaridan oqilona foydalanish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish masalalariga bag‘ishlandi. Tadbir davomida ishtirokchilarga elektr va yoqilg‘i-energiya resurslarini tejashning zamonaviy usullari, bino va inshootlarda energiya auditini o‘tkazishning ahamiyati, audit jarayonida aniqlanadigan kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish orqali erishiladigan iqtisodiy va texnik samaradorlik bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, energiya auditining asosiy maqsadi – energiya yo‘qotishlarini aniqlash, iste’molni optimallashtirish va xarajatlarni qisqartirishdan iborat ekani alohida ta’kidlandi. Seminarda energiya samaradorligini oshirish orqali ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, ekologik barqarorlikni ta’minlash, energiya resurslaridan noqonuniy va samarasiz foydalanish holatlarining oldini olish muhim vazifa ekanligi qayd etildi. Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar oldilar. Mazkur seminar Jamiyatda energiya tejamkorlik madaniyatini shakllantirish, xodimlarning bu boradagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Rahbar va yoshlar ish jarayonida uchrashdi
Markaziy geologiya geofizika ekspeditsiyasida olib borilayotgan dala ishlari bilan hamohang tarzda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi Sugrali maydonida tashkil etildi. Tadbir davomida 2025-yil yakunlari sarhisob qilinib, 2026-yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar va ish rejalari muhokama qilindi. Uchrashuvda yosh mutaxassislarning fikr-mulohazalari, takliflari va dolzarb savollari tinglandi. Rahbariyat tomonidan bildirilgan masalalar yuzasidan atroflicha izohlar berilib, ilgari surilgan takliflarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi. Mazkur dala sharoitida tashkil qilingan uchrashuv yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni faoliyatga yanada keng jalb etish hamda kelgusidagi ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qildi.

Bayram tabrigi
Aziz hamkasblar va qadrli yurtdoshlar! Kirib kеlayotgan 2026-yil bilan samimiy muborakbod etaman! Siz va oila a'zolaringizga yangi yilda shodu xurramlik, sihat-salomatlik, baxt saodat, yangi omadlar yor bo‘lishini, orzu-niyatlaringiz ushalishini tilayman.  Jamoamizning barcha aʼzolariga yil davomida qilgan fidokorona mehnati, qo‘lga kiritilgan yutuqlarga qo‘shgan munosib hissasi uchun o‘z tashakkurimni bildiraman. Shu fursatdan foydalanib ko‘p ming kishilik ahil jamoamizni Vatan ravnaqi va xalq farovonligi yo‘lida olib borayotgan sermazmun va fidokorona mehnatlarida omad va zafarlar doimo yor bo‘lishini tilayman! Yangi 2026-yil barchangizga muborak bo‘lsin! Hurmat bilan, “O‘zbek geologiya qidiruv” AJBoshqaruv raisi Shamsiddin Alimov

Kasaba uyushmalarining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv seminr tashkil etildi
2026-yil 16-yanvar  kuni O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya  xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi mutaxassislari  “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ binosida “Kasaba uyushmalarining ustuvor vazifalari” mavzusida seminar tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tizimidagi geologiya korxona, tashkilot va muassasalarida faoliyat yuritayotgan boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitalari raislari hamda hisobchilari ishtirok etdi. Seminarning asosiy maqsadi boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotlari faoliyatini kuchaytirish, ularning moliyaviy va ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishdagi ishlarini yana-da samarali tashkil etishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotining faoliyati bilan tanishtirildi, kasaba uyushmasi mablag‘larini belgilangan maqsadlarga yo‘naltirish, yo‘llanmalar olish tartibi, ijtimoiy sug‘urta mablag‘lari hamda ish haqi fondi hisobidan amalga oshiriladigan xarajatlar bo‘yicha tushunchalar berildi. Shuningdek, ishchi-xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishda ish beruvchi bilan ijtimoiy sheriklikni yo‘lga qo‘yish, jamoa shartnomalarini qabul qilish va ularning bajarilishi yuzasidan mehnat jamoalarida muhokama qilish tartibi, 1-TI va 1-JSH statistik hisobot shakllarini to‘ldirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi. Seminar yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi. Tadbir kasaba uyushmalari faoliyatini yana-da takomillashtirish, tajriba almashish va hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.              

Qizilqumda seminar bo‘lib o‘tdi
Qizilqum markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida boshqaruv xodimlari va dala ekspeditsiya xodimlari uchun seminar tashkil etildi. Unda Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish Nizomi va manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi arizalarni to‘ldirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Seminar davomida Nizomning asosiy talablari, maqsadi va xodimlarning majburiyatlari shuningdek xodimlar o‘rtasida Korrupsiyaga qarshi menejment tizimining ishonchliligi va bu yo‘lda ularning huquqlari daxlsizligi haqida batafsil ma’lumotlar yetkazildi. Xodimlarning ariza to‘ldirish bo‘yicha berilgan savollariga to‘liq Nizom doirasida tushuntirishlar berildi.

Biz haqimizda

Batafsil

Geologiya sohasidagi ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga joriy etish, o‘qitishning zamonaviy uslublaridan keng foydalanish, geologiya sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, shuningdek, ta’lim jarayonining moddiy-texnika bazasini ilg‘or xorijiy texnologiyalar asosida mustahkamlaydi

Markaziy ekspeditsiyalar
Ishchilar
Laboratoriya
Burg'ilash uskunalari
Texnikalar

Ish faoliyatimiz

Birinchi ish

Birinchi ish

Istiqbolli maydonlarni o‘rganish va loyihalashtirish ishlari asosida dala ishlarini amalga oshirish

Ikkinchi ish

Ikkinchi ish

Yer usti geologik-geofizik o‘rganish ishlari, burg‘ilash, yer usti yer osti tog‘-kon o‘tish ishlarini amalga oshirish

Uchinchi ish

Uchinchi ish

Olingan dala materiallari asosida laboratoriya tahlilarini olib borish, laboratoriya tahlilar va dala kuzatuv materiallarini qayta ishlash jarayoni, barcha to‘plangan maʼlumotlar asosida maydonning geologik xususiyatlarini yoritib berish va shu asosida zaxira yoki bashorat resurslari haqida yakuniy geologik hisobot tuzish

Interaktiv xizmatlar

Foydali havolalar

Hamkorlarimiz