"O‘ZBEK GEOLOGIYA QIDIRUV" AJ
  1. Главная
  2. Пресс-центр
  3. Новости

Markaziy geologiya geofizika ekspeditsiyasida “Salomatlik kuni” tadbirlari tashkil etildi

61

Markaziy geologiya geofizika ekspeditsiyasida ishchi-xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning salomatligini mustahkamlash hamda mehnat samaradorligini oshirish maqsadida “Salomatlik kuni” tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbir doirasida shashka va stol tennis bo‘yicha sport musobaqalari tashkil etilib, xodimlarning jismoniy faolligini oshirish va sog‘lom hayot tarzini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, ushbu tashabbus doirasida ekspeditsiya binosida sport zali tashkil qilinib, ishchi-xodimlar uchun sport bilan muntazam shug‘ullanish imkoniyati yaratildi.

Tadbir davomida sog‘lom turmush tarzi va jismoniy faollik har bir xodimning ish unumdorligi hamda salomatligini mustahkamlashda muhim omil ekani ta’kidlandi.

Поделиться

Полезные ссылки