- Главная
- Пресс-центр
- Новости
Hurmatli konchilik va metallurgiya sanoati fidoyilari!
Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!
Mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyoti, sanoat salohiyati va xalq farovonligini yuksaltirish yo‘lida olib borayotgan mashaqqatli va sharafli mehnatingiz tahsinga loyiq. Sizlarning fidokorona faoliyatingiz, yurt ravnaqi va sanoat rivojiga qo‘shayotgan munosib hissangiz yuksak e’tirofga sazovordir.
Bugungi kunda konchilik va metallurgiya sohasi yurtimiz taraqqiyotining muhim tayanchiga aylanib, yangi loyihalar, zamonaviy texnologiyalar hamda ulkan bunyodkorlik ishlariga mustahkam zamin yaratmoqda. Bu yutuqlarda har bir soha xodimining zahmatli mehnati mujassam.
Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar va yangi zafarlar tilaymiz.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
