- Главная
- Пресс-центр
- Новости
Geologiya muzeyida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi
61
18-may — Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan Geologiya muzeyi davlat muassasasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.
Tadbir doirasida O‘zbek geologiya qidiruv AJ xodimlari muzeyga tashrif buyurib, yurtimizning geologik boyliklari, noyob mineral namunalari hamda soha tarixiga oid eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar. Muzey bo‘ylab tashkil etilgan ekskursiya davomida ishtirokchilarga geologiya sohasining rivojlanish bosqichlari, olib borilgan ilmiy tadqiqotlar va mamlakatimiz mineral-xomashyo salohiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.


Bunday ma’rifiy tadbirlar soha xodimlarining kasbiy bilim va dunyoqarashini kengaytirish, geologiya sohasining tarixiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qiladi.
