1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

Yosh geologlar uchun paleontologiya bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi

91

Regional markaziy geologiya tasvirlash ekspeditsiya Stratigrafiya partiyasining malakali paleontologlari yosh geologlar uchun mahorat darsi o‘tkazdilar.

Tadbir davomida Stratigrafiya partiyasi geologlari Hisor tog‘larida olib borilgan izlanishlar natijasida dalada to‘plangan paleontologik topilmalarini ustozlar yordamida tematik tahlil qildilar. Xususan, topilgan ammonitlar va ikki tabaqali mollyuskalar sinflariga qarab bo‘r yotqiziqlarining biostratigrafik yoshi aniq ko‘rsatib berildi.

Ushbu mahorat darsi yosh mutaxassislarning paleontologik materiallar bilan ishlash va geologik yoshni aniqlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qildi.

Bo‘lishish

Foydali havolalar