- Asosiy
- Matbuot markazi
- Yangiliklar
Rahbar va yosh xodimlar muloqoti — tashabbusli yoshlarga ishonch va ilhom baxsh etdi
Qizilqum markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasida "Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
.jpg)

Uchrashuvning asosiy maqsadi — yosh mutaxassislar bilan ochiq muloqot o‘tkazish, ularning tashabbus va takliflarini eshitish, ishlab chiqarishdagi faol ishtirokini rag‘batlantirish, shuningdek, kelgusi rejalarda ularning o‘rni va ahamiyatini belgilab berishdan iborat bo‘ldi.
Uchrashuvda ekspeditsiyada ish boshlagan yosh kadrlar ishtirok etdi. Muloqot jarayonida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, muammolar va takliflarini bevosita rahbariyatga yetkazish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Taqdim etilgan taklif va fikrlar yuzasidan rahbar tomonidan javoblar berildi va ayrim masalalar joyida hal etildi.
Uchrashuvda yana O‘zbek geologiya qidiruv AJda yaratilgan sharoitlar, malaka oshirish, xorijiy tajribani o‘rganish imkoniyatlari, innovatsion loyihalarda ishtirok etish kabi masalalar haqida ham ma’lumot berildi.
