1. Asosiy
  2. Matbuot markazi
  3. Yangiliklar

11-noyabr - O‘zbekistonda Kasaba uyushmalari kuni!

107

Bugun kasaba uyushmalari jamiyatimiz taraqqiyoti, inson qadri va mehnat sha’nini ulug‘lash yo‘lida fidokorona xizmat qilmoqda. 

Kasaba uyushmalari jamiyatimizda mehnatkash insonlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ijtimoiy adolat tamoyillarini hayotga tatbiq etishda beqiyos o‘rin tutadi. Sizlarning harakatlaringiz tufayli mehnatkashlar o‘z fikrini erkin bildirish va xavfsiz mehnat muhitida faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Bayram munosabati bilan sizlarga sog‘lik-salomatlik, oilaviy farovonlik, mehnat faoliyatingizda yangi zafarlar tilaymiz.
Kasaba uyushmalari harakati doimo xalq ishonchini, mehnatkashlar manfaatini himoya qilish yo‘lida bardavom bo‘lsin!

“Kasaba uyushmalari" kuni munosabati bilan sohada faoliyat olib borayotgan barcha kasaba uyushmasi xodimlarini bayram bilan samimiy tabriklaymiz! 

Bayramingiz muborak bo'lsin!

Bo‘lishish

Foydali havolalar